Biologiya 17 14-04-2022. indd



Download 33,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/143
Sana04.11.2022
Hajmi33,86 Mb.
#860543
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143
Bog'liq
10 sinf

restriksion 
(inglizcha restricting-cheklovchi) 
endonukleazalar 
yoki 
restriktaza
larning 
ochilishi bilan bog’liq. Bakteriyalarda aniqlangan mazkur fermentlar bakteriyaga kirgan 
virus DNKsini qirqib, viruslarning 
bakteriya hujayrasida ko’payishini 
cheklaydi. Har bir bakteriya o‘ziga 
xos restriksion endonukleazalarni 
sintezlaydi. 


131
Biologiya 10
Restriktazalar endonukleazalarning DNKni muayyan maxsus ketma-ketliklari restriksiya 
saytlari (nuqtalari)ni tanib kesadigan, fermentlar guruhi hisoblanadi. Yot DNKni parchalaydigan 
har qanday restriktaza fermenti DNKni o‘ziga xos 6 ta nukleotid ketma-ketligini tanib kesadi
natijada to‘mtoq yoki yopishqoq uchli DNK bo‘laklari hosil bo‘ladi. Ular huddi shu restriktaza 
yordamida qirqilgan DNK molekulasi yopishqoq uchlari bilan vodorod bog’lari hisobiga 
o‘zaro komplementar juftlar hosil qilib, birikish xususiyatiga ega. Olingan DNK bo‘lagini 
plazmida yoki bakteriya virusiga kiritib vektor konstruksiya yaratiladi. Restriktazalarni 
nomlashda ferment ajratib olingan bakteriya turi lotincha nomining bosh harflari va qo‘shimcha 
belgilaridan foydalaniladi. Chunki bir turdagi bakteriyalardan bir necha xil restriktazalar ajratib 
olingan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga qo‘sh zanjir DNK molekulasini «yopishqoq» uchlar 
hosil qilib kesuvchi restriktazalar (EcoRI), «to‘mtoq» uchlar hosil qilib kesuvchi restriktazalar 
(HpaI) ham mavjud. Restriktazalar hosil qilgan «yopishqoq» uchlardan foydalanib, har xil 
DNK bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash soddalashadi. Ana shu xususiyati tufayli bu xil 
restriktazalar gen muhandisligida keng qo‘llaniladi. Restriktaza fermentlarining ochilishi DNK 
molekulasini bo‘laklarga bo‘lib, elektroforez qurilmasida o‘ta aniqlik bilan bir-biridan ajratib 
olish imkonini berdi. Bu usulda ajratib olingan DNK bo‘laklaridan gen muhandisligida 
foydalaniladi. Hozirgi vaqtda turli xil mikroorganizmlardan har xil restriktazalar ajratib 
olingan.
Rekombinatsiya jarayoni DNKni bo‘laklarga ajratish va ularni ulashdan iborat ekanligini 
ko‘rsatdi. Qo‘shni nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog‘larini tiklash orqali DNK bo‘laklarini 
bog‘lash vazifasini bajaruvchi ferment 
DNK ligaza
deb ataladi. Ligaza yordamida DNKning 
har qanday bo‘lagining «yopishqoq uchli» yoki «to‘mtoq uchli» qismlari biriktiriladi. Bu 
eng ko‘p qo‘llaniladigan fermentlardan biridir. Donor DNK sini ajratib olish restriktazadan 
foydalanilgan bo’lsa, plazmid DNK ga ham huddi shu restriktaza bilan ishlov berish lozim. 
DNK restriksion fragmentlari plazmid DNK bilan aralashtiriladi, natijada ular yopishqoq 
uchlari bilan bir-biriga birikadi. Birikish dastlab vodorod bog’lari hisobiga amalga oshadi, 
so’ng DNK-ligaza fermenti qo’shilgach, fosfodiefi r bog’lari hosil bo’ladi. 

Download 33,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish