36
Biologiya 10
II bob. HUJAYRA BIOLOGIYASI
2.1 EUKARIOT HUJAYRA. HUJAYRA QOBIG‘I
Tayanch bilimlarni sinang.
Eukariot va prokariot hujayralarning o’xshashlik va
farqli tomonlari haqida nimalarni bilasiz?
Tirik organizmlarning hujayrasi tuzilishi jihatidan 2 ta katta guruhga prokariotlar
va eukariotlarga bo‘linadi.
Prokariotlar haqiqiy yadroga ega bo‘lmagan organizmlar
bo‘lib, ularga bakteriyalar misol bo‘ladi.
Eukariot hujayra. Eukariotlar
(grekchadan olingan bo‘lib
eu —
haqiqiy,
karion —
yadro degan ma’noni anglatadi) — hujayrasi tarkibida yadrosi bo‘lgan
organizmlar eu-
kariotlar hisoblanadi. Eukariotlarga protistalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlar
kiradi.
37
Biologiya 10
Organizmlar organik olamning qaysi guruhga kirishiga
qarab ularning hujayralari
bir biridan hajmi, shakli, o‘ziga xos tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi. (rasm). Bundan
tashqari bitta organizmning har xil to‘qimalaridagi hujayralar
ham bir biridan farq qila-
di.
Eukariot hujayralar xilma-xil bo‘lishiga qaramay ularning tuzilishida o‘ziga xos
umumiylik bor. (ris. 28, 29).
Hujayralar somatik va jinsiy hujayralarga ham ajratiladi. So-
matik hujayralar tana hujayralari bo‘lib, ularning xromosoma yig‘indisi diploid to‘plam-
ga ega bo‘ladi. Jinsiy hujayralar tuxum va urug‘ hujayralar bo‘lib, ularning xromosoma
yig‘indisi gaploid to‘plamga ega bo‘ladi.
Har bir eukariot hujayra 3 ta asosiy tarkibiy qismdan: hujayra qobig‘i, sitoplazma va
organoidlardan iborat.
Elektron mikroskop orqali olib borilgan tekshirishlar zamburug’lar, o’simliklarning
hujayrasida qalin va hayvonlar hujayrasida yupqa tashqi qobiq borligini aniqlash imkonini
berdi. Bu qobiq, hujayraning tashqi membranasi deb ataladi (lotincha “membrana”-
qobiq, parda). Hujayra qobig’i hujayrani tashqi muhit
va boshqa hujayralar bilan
bog’lab turishni ta’minlaydi.Shuningdek u himoya,to’siq, moddalarni tanlab o’tkazish,
retseptorlik vazifasini ham bajaradi. Hujayra qobig’ining asosiy qismini plazmatik
membrana tashkil etadi. Hayvon hujayralarining qobig’i juda yupqa va elastik bo’ladi.
Shu sababli u tayanch vazifasini bajara olmaydi. Hayvon hujayrasi
membranasini tashqi
yuzasida glikoprotein kompleksi joylashadi va glikokaliks deb ataladi. Glikokaliksda ko’p
miqdorda retseptorlar bo’lgani uchun hujayraning tashqi muhit va boshqa hujayralar
bilan o’zaro munosabatini ta’minlaydi.
38
Biologiya 10
O’simlik hujayrasining qobig’i qalin bo’lib, u asosan sellyulozadan iborat. O’simlik hu-
jayrasining qobig’i tayanch vazifasini bajaradi. Plazmatik membrana barcha hujayralar
uchun universal bo’lgan – biologik membranadir. Hozirgi
vaqtda membrananing suyuq
mozaika modeli qabul qilingan. Bu modelga ko’ra membranalar ikki qavat lipid, ularning
ichki va tashqi tomonidan har xil chuqurlikga botib kirgan oqsil molekulalaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: