Biologiya 1,2,3,5,6,7,8- guruh uchun 13.02.2022yil
46. Qaysi hayvonlarda yon chiziq ontogenezining faqat lichinkalik davrida hosil bo`ladi?
A)forel,oq sla B)qilquyruq,baqa
C)triton,kvaksha D) ilonbosh,zog`ora
47. Ikki belgisi bo'yicha gomozigota bo'lgan organizmlarni ko'rsating. 1) AaBbCcDd; 2) AabbCcDD; 3) AAbbCCdd;
4) AaBbCcdd; 5) AABBCcDd
A) 4, 5 B) 2, 5 С) 1,2 D) 3,5
48.G‘o‘zada tolasining qo‘ng‘ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvot rangda bo‘ladi. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda F2 dagi duragaylar orasidan 580 tasining tolasi novvot rangli bo‘lgan. Duragaylardan nechtasi oq rangli tolaga ega?
A) 1160 B) 290 C) 1740 D) 580
49.Quyidagi keltirilgan organizmlarni ulardan olinadigan gametalar soni kamayib borish tartibida joylashtirligan javobni korsating. 1) AaBbCcDd; 2) AabbCcDD; 3) AAbbCCdd; 4) AaBbCcdd; 5) AABBccDd
A) 3, 5, 2, 4, 1 B) 1, 5, 4, 2, 3 C) 1, 3, 4, 5, 2 D) 1, 4, 2, 5, 3
50. ааВbССDdEe va AaBbCcDDee genotipli organizmlar nechtadan gameta hosil qiladi va bu ikkalasi uchun umumiy bo'lgan gameta(lar)ni ko'rsating.
A) 16 tadan; abCDe va aBCDe
B) 8 tadan; abCDe va aBCDe
C) 8 tadan; AbCDe
D) 16 tadan; aBCDe va abCde
51. Qaysi holatda F
2 da genotip va fenotip bo‘yicha ajralish 1:2:1 nisbatda bo‘ladi?
A) tahliliy chatishtirishda B) to‘liq dominantlikda
C) oraliq irsiylanish D) epistazda
52. AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishtirilishidan olingan avlodda 3 ta retsessiv genli va 1 ta retsessiv genli individlar nisbatini aniqlang. A) 1:1 B) 2:3 C) 3:4 D) 1:3
53. AaBbCC genotipli organizmda birinchi juft allel gen va ikkinchi juft allel genlar oraliq irsiylanadi. Shunday genotipli organizmlar o’zaro chatshtirilganda fenotipik (a), genotipik (b) sinflar sonini (c) aniqlang.
A) a-9; b-9 B) a-12; b-27 C) a-18; b-9 D) a-4; b-9
54. Somatik hujayrasidagi jinsiy xromasomalar gomolog bo’lgan organizmlarni belgilang.
1) urg’ochi kaptar; 2) erkak gatteriya; 3) urg’ochi zarg’aldoq; 4) erkak shimpanze; 5) erkak drozofila;
6) erkak nandu A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 3,1,6 D) 2,4,5
55. Nukleotidlar (a) va aminokislotalar (b) ga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’rsating.
1) yadro tarkibida uchraydi; 2) biomolekulalarning monomeri hisoblanadi; 3) peptid bog’lar orqali birikib polimerlarni hosil qiladi; 4) tarkibida azot saqlaydi; 5) tarkibida azot asoslari, monosaxarid va fosfat kislota uchraydi; 6) replikatsiya jarayonida ishtirok etadi; 7) denaturatsiyaga uchraydi
A) a -1, 3; b - 4, 5, 7 B) a - 3, 4, 6; b - 4, 5, 7
C) a - 1, 2, 4; b - 1, 2, 4 D) a - 2, 4, 7; b - 3, 5, 6
56.
Somatik hujayra mitoz sikli tasvirlangan уuqoridagi rasmda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladigan bosqichlar qaysi raqamlar bilan ko‘rsatilgan?
a) giston oqsili sintezlanadi b) tubulin oqsili sintezlanadi. A) a - 2; b - 3 B) a - 5; b - 3 C) a - 4; b - 2 D) a - 6; b - 3
57. Lansetnik embrionidagi blastomerlar 8 taga yetishi uchun hujayralar necha marta meridianal va ekvatorial bo’linishi kerak?
A) 4 va 2 B) 4 va 3 C) 5 va 3 D) 2 va 1
58. Quyidagi holatlar qaysi jarayonlarga mos keladi? 1. Ikki xromatidali xromosomalarning diploid to’plami; 2. Bitta DNK li xromosomalarning gaploid to’plami; 3.Ikki xromatidali xromosomalarning gaploid to’plami; 4.Xromatidalar tetradasi; 5.Bitta DNK li xromosomalarning diploid to’plami.
A) 1-mitoz telofazasi; 2-telofaza II; 3-metafaza II; 4-profaza II; 5-telofaza I;
B) 1-mitoz anafazasi; 2-telofaza I; 3-telofaza II; 4-profaza II; 5-mitoz telofazasi;
C) 1-mitoz metafazasi; 2-metafaza II; 3-telofaza II; 4-profaza I; 5-mitoz anafazasi.
D) 1-mitoz profazasi; 2-telofaza II; 3-telofaza I; 4-profaza I; 5-mitoz telofazasi;
59. Ko’k yashil suvo’tlar prokariot organizmlar hisoblanadi. Chunki ...
1) yadroga ega emas; 2) sitoplazmaga ega; 3) halqasimon DNKga ega; 4) plazmatik membranaga ega; 5) mitoxondriyaga ega emas; 6) ribosomalarga ega
A) 1, 4, 5 B) 2, 4, 6 С) 1, 3, 5 D) 1, 3, 6
60. Lizosoma uchun xos xususiyatlarni aniqlang.
1) dissimilyatsiyada ishtirok etadi; 2) ikki qavat membranaga ega; 3) monosaxaridlardan polisaxaridlar hosil qilishda ishtirok etadi; 4) oqsillardan aminokislotalar hosil bo’lishida qatnashadi; 5) RNKdan nukleotidlar hosil qiladi; 6) Golji apparatidan shakllanadi
A) 3, 5 B) 2, 4, 6 С) 1, 2, 5 D) 4, 6
61.Qanday birikmalar bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi? 1) riboza va dezoksiriboza; 2) adenin va guanin; 3) timin va uratsil; 4) riboza va timin; 5) uratsil va dezoksiriboza; 6) sitozin va guanin; 7) adenin va timin
A) 4, 5, 6 В) 1, 3, 4, 6 C) 4; 5 D) 1, 3, 7
62.Oqsilning birlamchi (1), ikkilamchi (2), uchlamchi (3), to'rtlamchi (4) strukturalari qaysi oqsillar uchun xos. a)mioglobin; b) gemoglobin; c) keratin; d) kollagen; e) insulin; f)radopsin
A) 1-e; 2-b; 3-a; 4-d B) 1-e; 2-c, d; 3-f; 4-b
C) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a, e D) 1-a, b; 2-c; 3-d; 4-e
63.Bittadan ortiq kodonga ega bo’lmagan aminokislotalarni necha xil triplet kodon kodlaydi?
A) 6 B) 61 C) 59 D) 2
64. Sistin (a) va sitozin (b) ga mos keluvchi belgilarni toping. 1) Halqali aminokislota; 2) Purin asosi; 3) Pirimidin asosi; 4) Asiklik aminokislota; 5) Translyatsiyada ishtirok etadi; 6) DNK da guanin bilan uchta vodorod bog’lari orqali birikadi; 7) Oqsilda peptid bog’i hosil qilib birikadi.
A) a-3,6; b-1,5,7; B) a-1,5; b-2,6,7;
C) a-4,5,7; b-3,5,6; D) a-1,3,7; b-2.6.
65. Qizilto’shda mitozning profaza (a) va silovsinda anafaza (b) davri uchun xos bo'lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlaydi; 2) xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi belbog' uziladi; 3) xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi; 4) xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi; 5) yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi; 6) sitoplazmaning membranali qismidan yadro qobig'i hosil bo'ladi.
A) a-1, 5; b-2, 3 B) a-1, 3; b-1, 6
C) a-4, 5; b-1, 3 D) a-5, 6; b-2, 4
66.Ota va o`g`ilning malum bir xrormosomadagi DNK fragmentlari solishtirilganda fragmentlar uzunligi teng ekanligi malum bo`ldi. Otada maskur fragmentda 412 ta nukleotid bor, va shularda 252 tasi G-S juftligiga tegishli ekanligi aniqlangan. O’glida esa mazkur fragmentda A-T juftligi otasinikidan 1,1 marta ko’pligi ma’lum bo’lsa, o’g’lidagi mazkur fragmentda nechta vodorod bog’ bor.
A) 530 B)620 C)1260 D)420
67. Nazariy jihatdan DNK molekulasining birinchi zanjirida nukleotidlar GCC ACG TAG TGG TGG GGT TCG GAT ketmaketligida joylashgan bo‘lib, uchinchi tripletdagi T nukleotidi С nukleotidga almashsa,
mutatsiyadan so‘ng, shu qo‘sh zanjirdagi har bir nukleotid yig‘indisini aniqlang,
A) T - 5, A - 7, С - 9, G – 3
B) A - 13, C - 11, T - 13, G - 11
C) A - 5, T - 7, С - 3, G - 9
D) A - 8, С - 16, T - 8, G – 16
68. Dengiz cho’chqachalarida yungning kaltaligi A,uzun aa ustidan dominantlik qiladi.Dengiz cho’chqachalarining bir populatsiyasida ushbu genlar mos ravishda 60%,40% ni tashkil etadi. Agar geterozigotali organizmlar o’zaro chatishtirilganda1800ta individ olingan bo’lsa shulardan nechtasini yungi kalta ekanligini aniqlang?A)288 B)450 C)1350 D)1512
69. Oqqurayning bitta hujayrasida nazariy jihatdan bittadan mitoxondriya va xloroplast bo`lsin. Yorug` kunning ma’lum vaqtida aerob sharoitda 36 molekula ATF sintezlangan bo`lsa, shu vaqt oralig`ida anaerob sharoitda sintezlangan ATF lar sonini toping.
A) 1082 B) 2 C) 1080 D) 540
70.Gastrula jarayoni blastula devorining qat-qat joylashuv yo‘li bilan amalga oshadigan issiqqonli organizmlarni aniqlang. 1) iguana; 2) kivi qushi; 3) alligator; 4) tovus; 5) lira qushi; 6) emu; 7) nandu; 8) xameleon.
A) 1, 7 В) 3, 6 C) 4, 8 D) 2, 5
71.Magnoliyasimon, mevasi bir nechta mevabarglardan tashkil topgan o‘simliklarni aniqlang.
A) chuchmoma, mosh B) lola, yeryong‘oq
C) bangidevona, qizil lola D) g‘o‘za, mingdevona
72. Santa gertruda bilan bir turkumga kiruvchi tur (a) va zot (b) larni aniqlang. 1) qulon; 2) laqay; 3) muflon; 4) vladimir;
5) gereford; 6) karkidon; 7) qorabayir; 8) axaltaka.
A) a - 3, 6; b - 4, 8 B) a - 1. 4; b - 5, 7
C) a - 3, 7; b - 2, 8 D) a - 1, 6; b - 2, 7
73. Jadvalning qaysi qatoriarida (№) organizmlar.
ularning xususiyatlari va ular mansub turkumlar muvofiq tarzda berilgan?
№
|
Organizm
|
Organizmlarning
xususiyatlari
|
Turkum
|
1
|
moybaliq
|
skeleti suyakdan
iborat
|
losossimonlar
|
2
|
gavial
|
terisi nafas olishda
ishtirok etmaydi.
|
timsohlar
|
3
|
dorivor
qo‘qio‘t
|
ko‘p yillik o‘t,guli
ikki jinsli
|
qo‘qio‘t
|
4
|
chug‘urchiq
|
erkagi yirik va
rangli, boshida tojga
o‘xshash patlari
bo’ladi
|
chug‘urchiqlar
|
5
|
qoraqurt
|
Og’iz organi ikki juft,
ayrim jinsli, harakat.
organlari 4 juft
|
o‘rgimchaklar
|
6
|
mingdevona
|
Gulkosachabarglari
va gultojibarglari
qo‘shilgan.
|
bangdevona
|
A) 3, 5, 6 B) 2, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 6
74. O‘simliklarning anteridiysi (a) va arxegoniysi (b) uchun mos keluvchi ma’lumotlar berilgan javobni aniqlang.
A) a - archaning urug‘kurtagida hosil bo’ladi: b - qarag‘ayda erkaklik jinsiy a’zosi hisoblanadi
B) a - sharq saurida tuxum hujayra hosil qiladi; b - dala qirqbo‘g‘imining erkaklik o‘simtasida yetiladi
C) a - dala qirqbo‘g‘imida spermatozoid hosil qiladi; b - dala qirqbo‘g‘imining urg‘ochilik o‘simtasida yetiladi
D) a - yo‘sinda tuxum hujayra hosil qiladi; b - zuhrasochning gametofitida rivojlanadi
75. Zuhrasochning gametofiti ... (a), funariyaning gametofiti ... (b), dala qirqbo‘g‘imining gametofiti ... (c).
Nuqtalar o‘rnini to‘g‘ri ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
1) qo‘shimcha ildizga ega; 2) barglari patsimon qirqilgan;
3) sporalardan rivojlanadi; 4) poya-bargli o‘simlik;
5) anteridiy hosil qiladi; 6) sporali ko‘sakchaga ega;
7) zigotadan rivojlanadi; 8) tuxum hujayra hosil qiladi;
9) zigota hosil qiladi; 10) spora hosil qiladi.
A) a - 5, 9; b - 1, 6; с - 5, 10 B) a - 5, 8; b - 7, 10; с - 3, 9
C) a - 3, 9; b - 5, 9; с - 1, 2 D) a - 3, 8; b - 4, 9; с - 5, 8