Biologiya
1. Yong'oq (a) va chinor (b) aylanasining uzunligini ko'rsating?
1) 10-11 m; 2)8-10m; 3)4-6m; 4)5-7m
A) a-2; b-3 B) a-4;b-l C) a-3; b-2 D) a-l; b-4
2. Quyidagilardan qaysi birining hujayrasi tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo'ladi?
A) piyoz po'sti hujayralari
B) barg og'izcha hujayralari
C) ildiz po'sti hujayralari
D) elaksimon naychalarni hosil qiladigan hujayralar
3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub qaysi o'simlikning so'nggi yillarda daryolar suvidan insoniyat noto'g'ri foydalanishi tufayli maydoni tobora qisqarib bormoqda?
A) yantoq B) o'tloq sebargasi C) shirinmiya D) burchoq
4. Quyidagi keltirilgan qaysi turkumlarning O'zbekistonda o'sadigan turlari soni bir xil?
A) lola, boychechak
B) yantoq, mingdevona
C) tugmachagul, bo'ritaroq
D) sebarga, ituzum
5. Spermatozoidning tuxum hujayrasiga kelib qo'shilishi (urug'lanish) quyidagilardan qaysi birida faqat suvda amalga oshadi?
A) funariya yo'sinida B) qirqquloqlarda C) qirqbo'g'imlarda D) barchasida
6. Tanasi bir yil davomida bir nechta yillik halqa hosil qiladigan o'simlik qaysi oilaga mansub?
A) karamdoshlar B) ra'nodoshlar C) sho'radoshlar D) burchoqdoshlar
7. Havoga kasallik tug'diruvchi bakteriyalarni kuchsizlantiruvchi fitonsidlar ajratib turadigan gulli o'simliklarni ko'rsating.
A) zarang, terak, qarag'ay B) gledichiya, yong'oq, archa
C) tikandarxt, terak, yong'oq D) chinor, zarang, akatsiya
8. Mevasi 3 yoki 4 chanoqqa bo'linib ochiladigan ko'sak mevali o'simlik?
A) Qizil lola B) Meksika g'o'zasi
C) Terakbargli liftok D) Misr g'o'zasi
9. Bahor oyining oxiri va yozning boshlarida urg'ochi... 5 tadan 15 tagacha urug'langan tuxumlarini oftob tushib turadigan joyga qo'yadi?
A) timsoh B) yexidna C) kaltakesak D) qurbaqa
10. Qornining oldingi tomonida bir juft o'pka xaltalari joylashgan hayvonni ko'rsating?
A) suvshillig'i B) baqa C) falanga D) qirg'ovul
11. Boshida bir juft ko'zi joylashgan, kechasi ovga chiqadi, zaharli emas, turli hasharotlar va mayda sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi, umurtqa pog'onasi rivojlanmagan. Ushbu ta'rif qaysi hayvonga tegishli?
A) daryo qisqichbaqasi B) sariq falanga C)ukki D) qoraqurt
12. Suv shillig'ining chig'anoq ichida halqasimon buralib joylashgan a'zosi (a) va odam askaridasining tana bo'shlig'ida buralib joylashgan a'zosini (b) ko'rsating.
A) a-nerv sistemasi; b-jinsiy sistemasi B) a-ichagi; b-nerv sistemasi
C) a-jinsiy sistemasi; b-nerv sistemasi D) a-ichagi; b-jinsiy sistemasi
13. Quyidagi qaysi qatorda bitta turkumga mansub hayvonlar keltirilgan?
A) tyin, norka, ondatra
B) qoraqurt, biy, falanga
C) latcha, oq ayiq, yenotsimon it
D) qaldirg'och, chumchuq, musicha
14. Dumsiz hayvonni ko'rsating.
A) oq peshona kaputsin
B) tolay tovushqoni
C) yashil qurbaqa
D) Berilganlaraing hammasi dumsiz hayvonlar.
15. Mollyuskalar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?
A) halqali chuvalchanglardan
B) yassi chuvalchanglardan
C) to'garak-chuvalchanglardan
D) ignaterililar
16. Quyidagi qaysi kasallikda nerv sistemasidagi o'zgarish oqibatida nerv tolalari falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga
kuchayadi, so'ngra yo'qoladi, qo'1-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi?
A) beri-beri B) tetaniya C) ensefalit D) meningit
17. Bir kecha-kunduzgi ovqat kaloriyasining necha %ini tushki ovqat tashkil etadi?
A) 25-30% B) 15-20% C) 40-45% D) 35-40%
18. Iste'mol qilingan ovqat tarkibidagi kraxmal dastlab ovqat hazm qilish kanalining qaysi qismida shakarga aylanadi?
A) o'n ikki barmoq ichakda
B) ingichka ichakda
C) me'dada
D) og'iz bo'shlig'ida
19. Jismoniy mashq bajargan odam o'pkasining minut hajmi 201 bo'lsa, uning bir minutdagi nafas olish sonini ko'rsating.
A) 20 marta B) 100 marta C) 40 marta D) 72 marta
20.Ko'z qorachig'ining o'zgarishi to'g'ri keltirilgan javobni ko'rsating.
A) yorug'lik ta'sirida kengayadi, qorong'ilik ta'sirida torayadi
B) yaqindagi buyumga qaraganimizda qalinlashadi, uzoqdagi buyumga qaraganimizda yassilashadi
C) yorug'lik ta'sirida torayadi, qorong'ilik ta'sirida torayadi
D) yaqindagi buyumga qaraganimizda qalinlashadi, uzoqdagi buyumga qaraganimizda yassilashadi
21. Lishayniklar tarkibida qanday vitaminlar uchraydi?
A)B,C,B2. B)A,C,B5. C)B6,B,2,C. D)A,C,B5.
22. Gidroliz reaksiyalarda suvning OH" va H'guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natijada ....?
A.) elektrostatik o'zaro ta'sir vujudga keladi va suvmolekulalari r 'yopishganday" bo'ladi
B) hujayra ichidagi harorat atrofdagi muhitga nisbatan juda
C) kam darajada farqlanishi mumkin yangi xususiyatga ega bo'lgan yangi modda hosil bo'ladi
23. Bo'linish natijasida 8 ta blastomer hosil bo'ldi, keyingi 16, 32, 64 ta blastomerning qanday bo'linishlardan keyin hosil bo’lishini juftlab ko'rsating?
A) meridinal -16; ekvatorial - 32; meridinal - 64
B) ekvatorial -16; meridinal - 32; ekvatorial - 64
C) meridinal -16; meridinal - 32; ekvatorial - 64
D) ekvatorial -16; ekvatorial - 32; meridinal - 64
24. N.Vavilov kolleksiyasining ……. tegishli juda katta qismi O'zbekiston o'simlikshunoslik institutida hozirgi kunda ham
saqlanmoqda va undan yangi navlarni yaratishda foydalanilmoqda?
A) tropik o'simliklariga
B) subtropik o'simliklariga
C) tropik va subtropik o'simliklariga
D) hosildorlik, tezpisharlik, kasalliklar va qurg'oqchilikka chidamli o'simliklarga
25. Anorganik moddalardan organik birikmalarni sintez qilish
qobiliyatiga ega bo'lmagan organizmlarga nimalar kiradi?
1) ko'pchilik bakteriyalar; 2) zamburugiar; 3) sianobakteriyalar; 4) barcha hayvonlar; 5) gulli o'simliklar; 6) gullamaydigan yuksak o'simliklar; 7) barcha prokariotlar
A) 1,2,3,4,7 B) 2,4,6,7 C) l, 3,4,5,7 D) l,2,4,7
26. Sutemizuvchilarga mansub hayvonni ko'rsating?
A) And kondori B) Magellan C) Ulkan chumolixo'r D) Yashil iguana
27. Pillaga o'ralib yozda uyquga ketadigan umurtqasiz hayvonni ko'rsating.
A) butli o'rgimchak B) oq planariya C) yomg'ir chuvalchangi D) daryo qisqichbaqasi
28. D.K.Belyayev kuzatish ishlarini olib borgan hayvon qaysi sinfga mansub?
A) qushlar B) sutemizuvchilar C) sudralib yuruvchilar D) hasharotlar
29. Hasharotlarning diapauza holatiga nimalar kiradi?
A) ko'payishdan vaqtincha to'xtash B) harakatsiz bo'lishi yoki kam harakatchan bo'lishi
C) ovqatlanmasligi D) barchasi
30. Markaziy Osiyo hududlarida qanday biosfera qo'riqxonalari mavjud?
A) Qizilqum, Payg'ambar orol
B) Chotqol, Hisor
C) Qoraqum, Sari-Chelak
D) Zomin tog'-o'rmin, Qizilsho'r
31. Janubiy Amerika markazidan kelib chiqqan o'simliklarni belgilang?
A) oshqovoq, makkajo'xori
B) kartoshka, ananas
C) banan, kofe daraxti
D) karam, qand lavlagi
32.Telofaza I bilan profaza II orasidagi hodisa nima deyiladi?
A) anafaza B) pauza C) interkinez D) interfaza
33.Digeterozigota organizmni aniqlang.
A)AABbCcDd B)AaBB C)aaBbCCDd D)AaBBCCdd
34. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) resssiv. Tajribada gulsimon tojli tovuqlar oddiy.tojli xo'rozlar bilan
chatishitirildi. F1 duragaylarning fenotipini toping?
A) gulsimon tojli, Aa
B) oddiy tojli, aa
C) gulsimon (50%) va oddiy tojli (50%)
D) 3 ta gulsimon tojli, 1 ta oddiy tojli
35. II qon guruhli gomozigota ayol, III qon guruhli gomozigota erkakka turmushga chiqsa, bu nikohdan qaysi qon guruhiga
ega bo'lgan bolalar tug'iladi?
A) II В) II 1 C) IV D) I
36. Quyidagi chatishtirishlarning qaysi birida fenotip jihatdan 9:7,6:1,9:3:3:1,9:3:4 nisbatlarkuzatiladi?
A) AABbxAaBb B) AaBbxAaBB
C) AaBbxAabb D)AaBbxAaBb
________________________________________ ____________________
(familiyasi, ismi, sharifi) (imzo)
__________________________ ____________________
(ish joyi) (sana)
Do'stlaringiz bilan baham: |