Biologik kimyo


-rasm. Initsiatsiya kompleksining hosil bo`lishi



Download 11,71 Mb.
bet83/307
Sana09.06.2022
Hajmi11,71 Mb.
#649288
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   307
Bog'liq
BIOKIMYO KITOB

4.13.-rasm. Initsiatsiya kompleksining hosil bo`lishi.

Bu birlamchi kompleks (initsiatsiya faktorlari – kichik subbirlik – mRNK – GTF) ga katta subbirlik birikadi va shundan so`ng initsiatsiya faktorlari ribosomadan ajralib chiqadi. Subbirliklarning birikishi uchun kerak bo`lgan energiya GTF gidrolizi natijasida hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan initsiator kompleksi (mRNK, ribosoma va metionil-tRNK) elongatsiyaga tayyor. Metionil-tRNK o`zini antikodoni bilan mRNK ni AUG kodoniga o`ziga xos juftlashadi, ya’ni mRNK ga vodorod bog`lari bilan ―osilib qolgan‖ga o`xshaydi, aminokislota joylashgan aktseptor oxiri esa ribosomaning katta subbirligiga yopishgan bo`ladi.



173



4.14.-rasm. Polipeptid zanjirning elongatsiyaga tayyor bo`lishi.


Elongatsiya. Polipeptid sintezi har doim N-oxiridan boshlanadi va C-oxiri bilan tugaydi. Polipeptid zanzirining bitta aminokislotaga uzayishi uch qadamda amalga oshadi:



  1. aminoatsil-tRNK ning bog`lanishi;




  1. transpeptidatsiya (peptid bog`ining hosil bo`lishi);




  1. translokatsiya (mRNK ning bitta tripletga siljishi)



Birinchi qadam. Ribosomani chap tomonida joylashgan tRNK antikodoni bilan mRNK kodoniga, aktseptor qismi esa uzayuvchi peptidga bog`langan. Peptidil-tRNK ga kiruvchi bu peptid katta subbirlikda joylahsgan P-qism bilan bog`lanadi. Birinchi qadamda mRNK ning erkin holatdagi ikkinchi kodoni ribosomaga kirgan aminoatsil-tRNK antikodoni bilan juftlashadi. tRNK ning aminoatsilli oxiri ribosomaning katta subbirlikdagi A-qismi bilan bog`lanadi. Shu bilan birinchi davr, ya’ni bog`lanish jarayoni tugaydi. Energiya manbai sifatida GTF ning fosfat bog`lari sarflanadi.


Ikkinchi qadam – transpeptidatsiya, peptidil guruhini chapdagi tRNK dan aminoatsil-tRNK ning aminoguruhiga o`tkazilishi. Natijada ribosomaning A va P qismlarida joylashgan aminokislotalar orasida yangi peptid bog`i tuziladi. Bu jarayonni peptidiltransferaza katalizlaydi, A qismda dipeptidil tRNK hosil bo`ladi. P qismda esa bo`sh, yuklanmagan tRNK formilmetionin qoladi. Endi ribosomaning A qismi bilan yangi aminoatsil-tRNK birikadi va sikl takrorlanaveradi.

174
Elongatsiya siklining 3-qadamida ribosoma mRNK bo`ylab 3¹-oxiriga qarab bir kodonga siljiydi. Dipeptidil tRNK A qismdan P qismga ko`chib, ozod bo`lgan tRNK P-qismdan ajralib, sitoplazmaga o`tadi. Endi A-qismda mRNK dagi 3-kodon joylashadi. Ikkinchi kodon esa P-qismda bo`shab qoladi. Bunday siljishga translokatsiya deyiladi. Bu bosqich uchun yana bir elongatsiya faktori EF-G yoki translokaza fermenti ishtirok etadi. Endi ribosoma unga birikkan dipeptidil tRNK va mRNK bilan navbatdagi siklga tayyor; uchinchi aminokislota qoldig`i ham xuddi ikkinchi aminokislota qoldig`i kabi birikadi. Shunday qilib, har bir aminokislotani o`sayotgan polipeptid zanjiriga qo`shilishi uchun ikki molekula GTF sarf bo`ladi. Elongatsiya mRNK to`liq o`qib bo`linguncha davom etadi.





Download 11,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish