To`qima autolizi va uning o’simlik va hayvondan olinadigan dori
xomashyolari tayyorlashdagi ahamiyati
Avtoliz yoki autoliz (grek. Autos – o`zim, lisis – erish) – to`qimaning o`z-o`zidan parchalanishi bo`lib, organizmdan ma’lum bir organ yoki to`qimani ajratib olinganda va boshqarilish jarayonlari yo`qotilganda kuzatilib, ko`proq katabolik o`zgarishlarda kuzatiladi. Avtoliz jarayonining jadalligi ferment miqdori va faolligiga bog`liq. Masalan, dorivor o`simlikni ildizi bo`lsa, u vaqtda undagi ta’sir etuvchi moddalarni sintezi va parchalanish jarayonlari davom etaveradi, ko`pincha sintez ustunlik qiladi. Agar xomashyo tayyorlashda o`simlik ildizidan ajratib olinsa, ta’sir etuvchi biologik faol moddalar parchalanishi va buning natijasida o`simlikning dorivorlik xususiyati pasayishi yoki umuman yo`qolishi mumkin. Shu sababli dorivor o`simliklardan xomashyo tayyorlashda ko`pincha o`simliklar quritiladi: bu bilan u suvsizlantiriladi, ammo bundagi fermentlarning ko`prog`i gidrolazalar sinfiga mansub bo`lganligi sababli, ularning faolligi kamayadi; xomahsyo spirt, atseton bilan ishlov beriladi va fermentlarning
suvsizlanishi hamda faolsizlanishiga erishiladi. Ushbu usullar hayvon mahsulotlari xomashyosidan preparatlar olishda keng o`rin egallagan.
Avtolizdan ba’zida o`simlik va hayvon to`qimalaridan turli xil farmakologik preparatlar, masalan, aloe preparatini olishda foydalaniladi. O`simlikdan barglari organizmdan ajratib olinib, qorong`ulikda 7-8º haroratda saqlanadi, natijada avtoliz mahsulotlari - ya’ni biogen stimulyatorlar – aminlar, amidlar, turli xil organik kislotalar, azotli asoslarning to`planishi kuzatiladi. Top`langan birikmalar modda almashinuvini ko`p tomonlama oshiradi va organizmning sog`ayishiga olib keladi.
Nazorat savollari
Fermentlar nima va nima uchun ular biologik katalizator deb nomlanadi?
Fermentlarning tasnifi nimaga asoslangan va qanday sinflari mavjud?
Fermentlar tabiatiga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Fermentlarning faollik markazini aniqlash uchun qanday sharoitlat talab etiladi?
Ferment ta’sirining o`ziga xosligi, faollik birliklari qanday ifodalanadi?
Fermentlarning substratli spetsifikligi qanday tuzilgan?
Ko`p shaklli poliferment sistemalar va ularning turlari.
Ferment faolligiga ta’sir etuvchi omillar, aktivator va ingibitorlar.
Immobilizatsiyalangan fermentlarga qaysi fermentlar kiradi va ularning
qanday ahamiyati bor?
10. Fermentlarning xalq xo`jaligida va tibbiyotda qo`llanilishi.
4-bob. Nuklein kislotalar
Do'stlaringiz bilan baham: |