13.7.2. Steroid gormonlar metabolizmi
Steroid gormonlari metabolizmi steroid skeletining o`zgarmasdan A halqadagi qo`shbog`ini qaytarilishi (estrogenlardan tashqari), uglerod atomlarini gidroksillanishi yo`llari bilan boradi. Birinchi bosqichda ∆4 - qo`shbog` qaytarilib, steroidlarning degidrounumlari hosil bo`ladi. Reaktsiya NADF H2 ga bog`liq bo`lgan 5 α - va 5 β - reduktaza fermentlari ishtirokida amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda 3-ketoguruhlarni gidrirlanishi natijasida steroid gormonlarning 3 α - va 3 β - oksiunumlari hosil bo`ladi. Reaktsiyani katalizlovchi fermentlar 3 α - va 3 β - oksisteroiddegidrogenazalar (oksidoreduktazalar), ular NADF H2 yoki NAD H2 ishtirokida 3 - ketoguruhni 3 - oksiguruhgacha qaytaradi, bunda steroid
gormonlarning tetragidroshakllari hosil bo`ladi.
Steroidlarning tetragidrometabolitlari ko`pchilik hollarda biologik faollikka ega bo`lmagan gormonlar metabolizmining oxirgi mahsulotlaridir.
Ular suvda yomon eriydi va jigarda – sulfat kislota, glyukuron kislota va ba`zi bosha kislotalar konyugatlariga aylanib, ekskretsiyalanadi. Ko`pchilik steroid gormonlar katabolizmining oxirgi bosqichi -glyukuron kislotali oddiy efirlar va sulfat kislotali murakkab efirlar (sulfatlar) hisoblanadi. Eterifikatsiyalangan
437
steroidlarni suvdagi eruvchanligi ortadi va buyrak burma kanalchalarida, ichak shilliq qavatida reabsorbtsiya darajasi oshadi.
13.8. Aminokislota unumlari gormonlari
Ushbu sinf gormonlari aminokislotalar L - tirozin va L - triptofan unumlaridir. Tirozin unumlari– katexolaminlar va tireoid gormonlari; triptofan unumlari– melatonin.
Katexolaminlar – adrenalin (epinefrin), noradrenalin (norepinefrin) - buyrak usti bezlari mag`iz qismida, dofamin esa gipotalamik - gipofizatrop yadrolarda ishlab chiqariladi. Mazkur birikmalar L - tirozin molekulasi unumlari bo`lib, halqa qismining 3 – holatiga qo`shimcha gidroksil guruhi kiritilgan (dioksifenilalanin), yon zanjiri esa dekarboksillangan:
– adenergik ta`sirining tezkor effektlari – qon tomirini torayishiga (vazokonstriktsiya); me`da, ichak va qovuq silliq mushaklarini tormozlanishga (qisqarishga) olib keladi.
- adrenergik ta`sir nisbatan sekin rivojlanadi. Bularga yurak-tomir sistemasini regulyatsiyasi, bronxlar va ba`zi tomirlarni bo`shashishi (relaksatsiyasi), giperglikemiya va giperlipoatsidemiya sabab bo`ladi.
Adrenalin β - adrenergik ta`sirga ega, noradrenalinda – α - adrenergik ta`sir ko`proq ifodalangani aniqlangan. Ikkala katexolaminlar effektidagi a –adrenergik ta`sir a - adrenoblokatorlar bilan (fentolamin, ergotamin), β – effekti esa β - blokator (propranolol) bilan to`xtatiladi.
Dofamin - gipofizda prolaktin, kamroq miqdorda STG sekretsiyasini kamaytiradi.
uglevod, lipidlar almashinuviga ta`siri glikogenoliz va lipoliz jarayonlarini stimullashida ko`rinadi. Fosforilaza va lipaza fermentlari faolligini oshirib, energiya hosil bo`lishida (adenilattsiklaza-proteinkinaza - sAMF yo`li orqali) qatnashadi.
Sel`e effekti — adaptatsiya, ya`ni organizmni muhit sharoitiga moslashish imkoniyatlarini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |