11.1-rasm.Xolesterin biosintezining umumiy sxemasi
Xolesterinni asosiy qismi – taxminan 80% jigarda, ikkinchi o`rinda - 10% ga yaqini ingichka ichak to`qimalarida, qolgan taxminan 5% xolesterin teri hujayralarida sintezlanadi. Xolesterin biosintezi amalga oshishi uchun kerak bo`lgan fermentlar organizmning barcha hujayralarida mavjud. Bir kecha – kunduzda sintezlanadigan xolesterin miqdori taxminan 1 g ni tashkil qiladi.
Xolesterinning ahamiyati quyidagilardan iborat. 1. Biologik membranalar tarkibiga kiradi. 2. Jigarda xolesterindan o`t kislotalari hosil bo`ladi. 3. Buyrak usti bezining po`stloq qavatida va jinsiy bezlarda xolesterindan steroid gormonlar sintezlanadi. 4. Terida xolesterindan xolikaltsiferol, yani vitamin D3 hosil bo`ladi.
Ateroskleroz xolesterin almashinuvini buzilishi oqibati bo`lib, tomir devorida xolesterin to`planadi, va atrofida biriktiruvchi to`qima hosil bo`ladi. Tomirning ana shu qismida kaltsiy tuzlari yig`ilishi natijasida tomir elastikligi yo`qolib,
qalinlashadi, toqimalarni qon bilan ta`minlanishi kamayadi. Xolesterin to`plangan joyda tromblar – qonni ivib qolishi yuzaga kelishi mumkin.
11.6. Lipidlar almashinuvining boshqarilishi
Organizm to`qimalarida lipidlar almashinuvi nеyrogumoral yo`l bilan va organizmga kiritilayotgan ovqat tarkibidagi lipidlar miqdori bilan boshqariladi. Katta miqdorda uglevod va triatsilglitserinlar iste`mol qilinganda yog` to`qimasida endogen triatsilglitserinlarni sarflanishi kamayadi. Bundan tashqari uglevodlardan turli xil lipidlar hosil bo`lishi mumkin. Organizmda endogen xolesterin sintezi ovqat tarkibidagi ekzogen xolesterin miqdori bilan boshqariladi. Qanchalik xolesteringa boy oziqa iste`mol qilinsa, jigarda xolesterin hosil bo`lishi shunchacha kamayadi. Chunki endogen xolesterin mevalon kislotasidan hosil bo`lgan skvalenni lanosteringa o`tishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Organizimda lipidlar almashinuviga ovqat tarkibidagi to`yinmagan yog` kislotalarining ta`siri ham katta. Odam och qolganda yog` to`qimasidagi TG lar parchalanishi oshadi, xolesterin biosintezi esa kamayadi.
Lipidlar almashinuvini nеrv–gumoral boshqarilishi yog` to`qimasidagi TG larni parchalanishi va sintezi orqali namoyon bo`ladi. TG lar parchalanishini quyidagilar kuchaytiradi:
Simpatik nerv sistemasining mediatorlari – noradrenalin va adrenalin ta`sirida triglitseridlipaza faolligini ortishida. Adrenalin ta`sirida yog` depolaridan yog`larni chiqishi kuchayadi va plazmada lipidlar miqdori ortadi, keyinchalik ularni oksidlanishi kuchayadi.
Gormonlar: AKTG va glyukokortikoidlar jigarda yog`lar parchalanishini tezlashtiradi va yog`larni yog` depolaridan mobilizatsiya qiladi. Qalqonsimon bez gormoni – tiroksin qondagi yog`larni metabolizmini tezlashtirib, lipidlar konsentratsiyasini pasaytiradi.
Jinsiy bez gormonlari ham yog` almashinuviga ta`sir etadi. Estrogenlar jigarda va yog` to`qimalarida yog` sintezini tezlashtirsa, insulin yog` kislotalari parchalanishini tormozlab, sintezini oshiradi
356
Hujayrada
|
yog`larni
|
gormonal boshqaruviga misol
|
tariqasida
|
–
|
hayajonlanish gormoni
|
adrenalin hujayrayuza qismidagi
|
retseptor
|
bilan
|
bog`lanib, gormon – retseptor
|
kompleksini hosil qilishi va membrana ichidagi
|
ferment adenilatsiklazani
|
faollanishiga olib kelishini ko`rsatsa bo`ladi. Hujayra
|
ichida faol adenilatsiklaza ATF molekulasini parchalab, siklik AMF /sAMF/ hosil qiladi, sAMF esa hujayra ichidagi faol bo`lmagan proteinkinazani faollaydi. O`z
navbatida faol proteinkinaza hujayra ichidagi triglitseridlipaza fermentini
fosforlash orqali, barcha ma`lum yog`larni katabolizmini stimullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |