Biologik faol moddalar texnologiyasi



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

MEVALAR (FRUKTUS) 
Farmatsevtik amaliyotda mevalar deb oddiy va murakkab mevalarga, sohta mevalarga, meva 
oldi mevalariga va ularning qismlariga aytiladi. Ba‘zi bir suvli mevalar quritilmagan xolda qayta
ishlanadi. 
Tashqi beliglari:
Mevalar quruq xolatda tadqiq etiladi, bunda qurollanmagan ko‗z bilan yoki 
lupa yordamida ko‗zdan kechiriladi (10X). 
Quritish jarayoni natijasida o‗z rangini o‗zgartirgan suvli mevalar avval quruq holda, so‗ng issiq 
suvda bo‗ktirib yoki 510 daqiqa davomida qaynatib olingan xolda ko‗zdan kechiriladi.
Mevaning meva oldi qismi (perekarpiy) va uning ichida joylashgan mevalardan iborat. 
Perekarpiy quruq (quritilgan mevalar) yoki go‗shtdor (suvli mevalarda) bo‗lishi mumkin. Mevaning 
rangi, meva oldi qismining yuzasi, o‗lchamlari (uzunligi, qalinligi, kengligi), xidi va ta‘mi meva sifatini 
belgilashda muhim ahamiyatga ega. Suvli mevalar uchun ular yumshatilganda so‗ng shakli, meva oldi 
qismining o‗ziga xos tuzilishi aniqlanadi, shu bilan birga urug‗lari ajratib olinib ularning soni, shakli, 
xajmlari, yuzasining tuzilishi va h.k.lar aniqlanadi.
RADICES, RHIZOMATA, BULBI, TUBERA, BULBOTUBERA. 
ILDIZLAR, KRNEVISHE, PIYOZCHALAR, TUGANAKLAR, TUGANAKPIYOZLILAR. 
Farmatsevtik amaliyotda quritilgan, kam xollarda kuzda yoki erta baxorda terib olingan, 
tozalangan yoki yuvilgan, o‗lgan qismlardan, qolgan poyalardan va barglardan xalos etilgan ko‗p yillik 
o‗simliklarning yangi uzilgan er ostki qismlari qo‗llaniladi. Yirik er ostki organlari quritishdan oldin 
ma‘lum qismlarga kesib olinadi (uzunasiga yoki eniga). 
Xom ashyo quyidagilar shakillarda taqdim etilgan bo‗lishi mumkin ildiz radices, ildizpoya
rhizomata, ildizlar va ildizpoyalar rhizomata et radices, ildizpoya bilan birga ildizlar rhizomata cum 
radicibus, piyozchalar bulbi, tuganaklar tubera va tuganak piyozchalar bulbotubera. 
Tashqi belgilari.
Er ostki qismlarda asosan shakli, tashqi yuzasining va egriliklarining o‗ziga 
xosliklari, xajmi, tashqi yuzaning va sindirilgan xolatidagi rangi, xidi va ta‘mi aniqlanadi. 
Ildizlar silindrsimon, kam xollarda konussimon, oddiy yoki shoxlangan xolatda bo‗ladi. YOn 
ildizlar oddiy yoki shoxlangan, ko‗p boshli, silindrsimon yoki ovalsimon, aniq rivojlangan, ichi tuliq va 
po‗k, qayilgan va h.k. bo‗lishi mumkin. 
Piyozchalari yoki tugunak piyozchalari sharsimon, tuxumsimon, uzunchoq, yassi va h.q.. 
Tuganaklar sharsimon, ovalsimon, ba‘zida yassi, ipsimon a h.k. shaklida bo‗ladi. Tozalanmagan er ostki 
qismlarining yuzasi tekis yoki (ko‗pincha) burishgan holda bo‗ladi. Ildizlar uchun odatda uzunasiga 
burishgan yuza xos bo‗lib, yon ildizlar uchun uzunasiga va ko‗ndalangiga burishganlik xos bo‗ladi. 
Egriliklari tekis, donador, tikanli va tolasimon bo‗lishi mumkin. Yirik ildizlarning, yon ildizlarning va 


125 
tuganaklarning bukriliklarida yoki ko‗ndalang kesimida qurollanmagan ko‗z yordamida, lupa ostida 
(10X) yoki stereomikroskop ostida o‗tkazuvchi elementlarning joylashuvi ko‗riladi. 
Ildizlar birlamchi va ikkilamchi tuzilishga ega bo‗lishi mumkin. Birlamchi tuzilishda markazda 
markaziy asos silindri ko‗rinib turadi, ikkilamchi tuzilishda markazda yog‗och asosi turadi. 
YOn ildizlari tutamsimon yoki tutamsiz tuzilishga ega bo‗lishi mumkin. Bir pallali 
o‗simliklarning yon ildizlarining po‗stlog‗ida va markaziy silindrda o‗tkazuvchi tutamlar tartibsiz har 
tomonga yoyilgan bo‗ladi. Ikki pallali o‗simliklarda tutamsimon tuzilishda o‗tkazuvchi puchoklari 
xalqasimon tuzilishda bo‗lib yon ildizlarining yuzasiga yaqin joylashgan bo‗ladi. Tutamsiz tuzilishga 
ega bo‗lgan yon ildizlar ildizdan markazida asosi boligi bilan ajralib turadi. 
Piyozchalar u yoki bu darajada qalinlashgan suvli tangachalardan tuzilgan bo‗lib, ular kalta 
poyalarda joylashagan bo‗ladi, va odatda bir necha tashqi quruq tangachalardan iborat bo‗ladi. 
Tuganaklar ko‗pincha burishgan va tutamsimon tuzilishga ega.
Tuganakpiyozlilar faqatgina tashqi quruq tangchachlargaa ega. 
Uzunligi, diametri va qalinligi o‗lchov lineykasi yordamida yoki millimetr qog‗ozi yordamida 
o‗lchanadi. Diametr va qalinligi nisbatan kengroq joyda o‗lchanadi. Hom ashyo rangi kun yorug‗ida 
aniqlanadi, xidi xom ashyoni sindirib yoki ezib ko‗rib aniqlanadi, ta‘mi esa quruq xom ashyoning bir 
bo‗lagini yoki uning damlamasini ta‘tib ko‗rish orqali aniqlanadi (faqat zaxarli bo‗lmagan xom 
ashyolarda).

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish