Biologik faol moddalar texnologiyasi



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/292
Sana01.06.2022
Hajmi7,22 Mb.
#626408
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   292
Bog'liq
biologik faol moddalar texnologiyasi oquv-uslubiy majmua

KAZEIN 
 
Kazein barcha sut emizuvchilar sutining asosiy oqsili hisoblanadi. Kazein sutda erkin 
xolatda bulmay, balki kalsiy bilan birikkan xolda bo‗ladi, ya‘ni kalsiy kazeinat shaklida bo‗ladi. 
YAngi sut tarkibida kazein, suyuqlikda suspenziyalangan, uncha katta bo‗lmagan zarrachalar 
shaklida bo‗ladi; kazeinning bu shakli, ba‘zida kazeinogen deb ataladi. Sutni achish vaqtida sut 
chiriydi va kazein tvorog shaklida cho‗kmaga tushadi. Sigir sutida 3% ga yaqin (hajmi bo‗yicha) 
kazein bo‗ladi; shu hajmga sutning barcha oqsillarining 80% to‗g‗ri keladi. 
Kazein fosfoprotein deb nomlanadigan oqsillar guruhiga mansubdir. Barcha oqsillar kabi
kazein ham ko‗pgina turli aminokislotalardan hosil bo‗lib, bir biri bilan peptid bog‗i orqali birikadi. 
SHu bilan birga tarkibida ko‗p miqdorda fosfat guruxlarini saqlaydi, ular o‗z navbatida kalsiya bilan 
bog‗lanishni amalga oshiradi. 
Kazeinnni turli eritmalarda erish hususiyati muhim omillardan biridir, bu hususiyati kazeinni 
sanoat miqyosida olinishini belgilab beradi. Kazein suyultirilgan ishqor eritmalarida va kuchli 
kislotali eritmalarda yaxshi eriydi, biroq suyultirilgan kislota eritmalarida erimaydi, balki 
cho‗kmaga tushib qoladi. 
Kazein turli usullar yordamida olinadi. Bu usullardan birining mohiyati shundaki, bunda 
sutga oz miqdorda kislota qo‗shiladi. Bunda kazein kalsiydan holos bo‗ladi, shundan so‗ng kuchsiz 
qizdirish orqali cho‗kmaga tushiriladi. Ikkinchi usul sutga shirdon fermentini qo‗shish orqali sutni 
chiritish amalga oshiriladi. Bu jarayonda hosil bo‗lgan tvorog massasi pishloq ishlab chiqarishda 
qo‗llaniladi.
 
Sanoat miqyosida kazeinni olish uchun sut avval yog‗sizlantiriladi, buning uchun sut 
sentrifugalanadi, so‗ng kuchsiz ishqoriy eritma qo‗shiladi. SHundan so‗ng yanayam kichik 
miqdordagi yog‗ zarrachalarini ajratib olish uchun sentrifugalanadi va kazeinni maksimal darajada 
cho‗kmaga tushishi uchun suyultirilgan kislota eritmasi qo‗shiladi. Hosil bo‗lgan tvorog massasi 
tarkibidan kislotani olib tashlash maqsadida yuviladi va past haroratda quritiladi, chunki kazein 
yuqori haroratlarga chidamsizdir. 
Kazein – muhim oziqa mahsuloti hisoblanadi. Kazeinni eng yaxshi manbai bu sut va 
pishloqdir. Ba‘zida kazein ratsionni oqsil bilan boyitishda oziqa qo‗shimchalariga qo‗shiladi. 


166 
Bunday qo‗shimchalar ko‗pincha turli patologik xolatlarda, masalan og‗ir kuyishlarda, harorat 
ko‗tarilganda va uzoq davom etgan kasalliklarda qo‗llaniladi. 
Kazein sanoatda turli maqsadlarda o‗z tadbig‗ini topib kelmoqda. Uni suvga chidamli 
modda sifatida yopishqoq yuzalarda elimni yopishishini (adgeziyasini) ta‘minlab beruvchi modda 
sifatida, shu bilan birga elimli bo‗yoqlarni ishlab chiqarishda bog‗lovchi vosita sifatida va qog‗ozni 
elimlashda, hamda turli emulsiyalarda turg‗unlashtiruvchilar (stabilizatorlar) sifatida qo‗llaniladi. 
Kazeinni formaldegid bilan ishlov berish orqali plastik olish mumkin, avallari bunday plastikdan 
tugmalar va shyotkalar ishlab chiqilar edi.

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish