BIOLOGIK ATAMALARNI INGLIZZ TILIDA O’QITISH USULLARI
Ch.Turdiyeva – O’zMU talabasi
Turdiyeva Charos Sodiq qizi O'zbekiston Milliy Universiteti biologiya fakulteti 2-bosqich talabasi
Annotatsiya
Ushbu qo'llanma barcha maktablardagi o'qituvchi va o'quvchilar, hamda mustaqil o'rganuvchilar va biologiyaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan .Bunda ingliz tili va biologiya fan o'qituvchilarini hamkorligini ta'minlab,darslarda fan bilan birgalikda ingliz tili ham o'qitish hamda darslarda o'quvchi rolini oshirish maqsadi ko'zda tutilgan. Ushbu maqolada biologik atamalarni ingliz tilida o'qitish usullari keltirib o'tilgan.
KALIT SO'ZLAR
Biologiya o'qitish metodikasi,ingliz tilini o'qitish usullari,darslarda subyekt-subyekt munosabati,Venn diagrammasi,Klaster usuli.
XXI asr fan-texnika, texnologiya asri demakdir. Kelajak yoshlar qo’lida ekan, vatanimizni dunyoga tanitishda, rivojlangan mamkalatlar bilan ham hamkorlikda ishlashda, ta’lim tizimining o’rni beqiyosdir. Biz yoshlarni har tamonlama yetuk kadr qilib yetishtirishda, chet tillarini o’rniga alohida va asosiy e’tibor qaratishimiz lozim. Buning uchun maktabdagi ta’lim tizimiga e’tibor qaratilishi zarur. Quyida biologiya fanida o’quvchilarni ham ingliz tiliga, ham biologiyaga qiziqishini oshirish maqsad qilib olingan.Darslar oddiy mavzu tushuntirish va uni keyingi darsda so’rash bilan emas, balki o’zgacha metodlar bilan olib borilishi darsda o’quvchining ishtirokini oshirilishi katta ahamiyatga egadir. Afsuski, hozirgi ko’pgina darslarimizda subyekt-obyekt munosabati mavjud. Shu o’rinda aytish kerakki, darslarda subyekt-subyekt munosabatini o’rnatilishiga ahamiyat berilishi lozim. Har bir topshiriqdan ko’zlangan maqsad bo’lishi darkor. Quyida biologik atamalarni ingliz tilida o’rgatish usullari borasida fikr yuritiladi.
Har bir mavzu ko’rgazmalilik asosida tushuntiriladi, mavzuga oid rasmlarga ham o’zbek ham ingliz tilida nomlari yoziladi.O’quvchilarga TSI lar ya’ni [tayanch so’z iboralar] ingliz va o’zbek tilida tarqatiladi. Masalan: ovqat hazm qilish sistemasi - digestive system, og’iz bo’shlig’i- rictus, qizilo’ngach- gullet, oshqazon- stomach, jigar- liver ichaklar-intestine.
Klaster usuli yoki Venn-diagrammasi. Klaster ingliz tilida shajara degan ma’noni beradi. Bu biologik qonuniyatlarni o’rganish taqqoslashda qo’l keladi. Masalan: Odam anatomiyasi darsida ovqat qilish sistemasini klaster orqali o’rganamiz; teeth, stomach va boshqa bilgan so’zlarini bilan to’ldiradi.
Venn diagrammasini esa biogeografik viloyatlarda qo’llashimiz mumkin. Masalan: Neatropik va Hindomalay biogeografik viloyatlarida uchraydigan sut emuzuvchi, qushlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, o’simliklarni qay darajada yodlaganini tekshiramiz. Har bitta aylana alohida hududga tegishli, o’rtasiga esa ikkala hududda ham uchraydiganlarini yozamiz.
Charades usuli. Bu usulda ikkita savatcha va qog’ozchalar bo’ladi, qog’ozchalardagi ingliz tilidagi so’zlar qaysi savatchadagi mavzuga tegishli bo’lsa o’sha savatga solinadi. Masalan;
1.Parasimparik nerv sistemasi
2.Simpatik nerv sistemasi
Savatchalarda shunday yozilgan bo’ladi, qog’ozchalarda esa ular bajaradigan va boshqaradigan funksiyalar yozilgan bo’ladi.
“Qani topchi” usuli. What I’m thinking? O’qituvchi qaysidir hayvon yoki organga o’zbekcha ta’rif beradi o’quvchilar esa u nima ekanini ingliz tilida topadi.
Kategoriya usuli. Bunda har bir kichik guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqadi va shu mavzu’ga oid ingliz tilida kim ko’proq so’z yoza olishi aniqlanadi.
Bulardan tashqari atamalarni o’rganganimizni krassvord va jadval ko’rinishida mustahkamlashimiz mumkin bo’ladi.
№
|
Oila vakillari haqida ma’lumotlar
|
Bite
(Na’matak)
|
Beet
(Lavlagi)
|
Tulip
(Lola)
|
Cotton
(Go’za)
|
1.
|
Family
(oila,qaysi oilaga mansubligi haqida)
|
|
|
|
|
2.
|
Root
(ildiz,ildiz tuzulishi)
|
|
|
|
|
3.
|
Stem
(poya,poya ko’rinishi)
|
|
|
|
|
4.
|
Life formless
(hayot shakli)
|
|
|
|
|
5.
|
Leaf
(barg,bargining tuzulishi)
|
|
|
|
|
Izoh: o’quvchilar to’ldirishi kerak bo’lgan katakchalar o’zbek tilida yoziladi, qavs ichidagi so’zlar yozilmaydi, chunki bularni dars davomida berilgan TSI orqali yod olgan bo’ladi.
№
|
Organs system
(organlar sistemasi)
|
Amyoboes
(oddiy amyoba)
|
Worn
(chuvalchang)
|
Snail
(shilliq qurt)
|
Fish dog
(baliq) (it)
|
1.
|
Tana va nerv tuzilishi.
|
|
|
|
|
2.
|
Hazm qilish va nafas olish sistemasi
|
|
|
|
|
3.
|
Qon aylanish va ayrish sistemasi
|
|
|
|
|
Xulosa qilib aytganda, biz o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib shug’ullanganimizda samaraliroq natijaga erishishimiz mumkin bo’ladi. Bunda biz har o’quvchi bilan individual shug’ullanib ularning qiziqishlarini, mahoratini, iqtidorini aniqlab ularning fanga va ingliz tiliga nisbatan qiziqishini oshiramiz. Kichik guruhlarda shug’ullanib har bir o’quvchi bandligini ta’minlaymiz natijada har bir kichik guruh a’zosi darsda qatnashadi mavzuga oid atamalarni o’zbek va ingliz tilida bilib oladi. Bu esa ta’limning asosiy vazifasi bo’lgan malakali kadrni tayyorlashga qo’yilgan asosiy qadamlar bo’lib, bunday qadamlar bora-bora ta’limning maqsadini yanada kengroq yoritib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
J.Jalolov. Chet tillarini o’qitish metodikasi.- Toshkent-2012
O’.Hoshimov. I.Yoqubov. Ingliz tili o’qitish metodikasi.- Toshkent-2003.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |