Paleoarktik biogeografi k viloyati butun Yevropa, Osiyoning shimoliy,
markaziy qismini, Afrikaning shimoliy qismini egallagan. Nihoyatda katta
hududga ega bo‘lishiga qaramay, bu viloyatda sutemizuvchi hayvonlarning
boshqa viloyatlarda uchramaydigan birorta ham turkumi yo‘q. Bu viloyatda
tuyoqli hayvonlardan ot, sayg‘oq, yelik, kabarga, tog‘ echkisi, los, yovvoyi qo‘y,
yirtqichlardan – qo‘ng‘ir ayiq, bo‘ri, tulki, qunduz, hasharotxo‘rlardan vixuxol,
qalqonqanotlilardan – ko‘rshapalaklar, qushlardan kar, tustovuq, chittaklar
uchraydi. O‘simliklardan ignabarglilar– archalar, pixta, qora qarag‘ay, qarag‘ay,
yopiq urug‘lilardan – eman, terak, tol, akatsiya, gledichiy kabi o‘simliklar uchradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |