Hindomalay biogeografi k viloyati. Hindiston, Hindixitoy, Seylon,
Yava, Sumatra, Tayvan, Filippin orollaridan tashkil topgan. Barcha orollarda
o‘rmonlar juda ko‘p. Faqat Hindistonning g‘arbiy qismi cho‘l zonasidan iborat.
Hayvonlar orasida primatlardan – orangutan (odamsimon maymun), gibbon,
chala maymunlar – tupaylar, hind fi li, yo‘lbars, bambuk ayig‘i, antilopalar, tapir,
nosoroglar, qushlardan yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar, sudralib
yuruvchilardan – zaharli ilonlar, har xil kaltakesaklar, timsohlar ko‘zga tashlanadi.
O‘rmonlarda bambuk, banan, qora daraxtlar o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |