Ayrim restriktazalar tanib kesadigan nukleotidlar ketma-ketligi
XULOSA.
Har qanday tirik hujayrada uning metabolizmini belgilovchi va nazorat qilivchi genetic dastur joylashgan. Gen injenerligining taraqqiyotiga endigina 30 yil to’lgan bo’lsada, uning bilogik tadqiqot izlanishlarida birmuncha inqilobiy yutuqlar qo’lga kiritilgan. Ushbu yo’nalishning shakllanishida vektorli molekulalarni konstruksiyalash asosida rekombinativ DNKlar gen injenerligining asosini tashkil qiladi.
Gen injenerligi jarayoni o’tkazishda juda tor doiradagi uslubiyotlar qo’llaniladi. Ularga DNKni sekvenirlash, fragmentlarga ajratish, alohida genlarni seleksiya qilish vazifasi yuklatilgan bo’lib bular genetic rejani tashkil etadi. Keyingi bosqichda gen tashuvchi vektorning genomini o’zgartirilmoqchi bo’lgan organizm DNK siga ulanadi. Jarayonda quyidagi fermentlardan foydalaniladi.
-endonukleaza yoki restriktaza;
-teskari transkriptaza yoki revertaza;
-DNK- ligaza;
-ekzonukleazalar;
-ishqoriy fosfataza;
-polinukleotidkinaza;
-dezoksinukleotidiltransferaza;
-DNK polimerazalar.
Genlarni ajratishda quyidagi usullardan foydalaniladi: kimyoviy sintez, tirik organizm genomidan genlarni ajratish va shuningdek teskari transkriptaza asosida i-RNKga komplementar kodlovchi DNK (k DNK) ni sintezlash. Birinchi va ikkinchi usullar chegaralangan. Kimyoviy sintez usuli uzoq jarayon bo’lib, birmuncha qimmatga tushadi. Bir xil fragmentli DNK bo’laklarini ajrtaib olish restriktaza ta’sirida bo’lib bu ferment DNK zanjirining muayyan nuqtalarini qaychiga o’xshab qirqadi. DNKni ajralgan joylari yopishqoqlik xususiyatiga ega bo’lib, ular o’zaro komplementar, juftli asoslarni hosil qiladilar. Genlarni ajratishda keng qo’llaniladigan usul fermentativ hisoblanadi. Hujayradagi jami i-RNK ajratilib, immunopretsipitatsiya asosida gen sintezlaydigan i-RNK cho’ktiriladi. Ferment teskari transkriptaza va magniy ionlari yordamida i-RNK molekulasida komplementar holda kDNK sintezlanadi. Revertazaning ish holati uchun zatravka( tomizg’i) zarur bo’ladi. Buning uchun i-RNK ga poli T qo’shiladi. U esa i-RNK tarkibidagi poli Aning 3-oxiriga bog’lanib, ikki zanjirli shpilka deb atalgan qism hosil qiladi.
Gen injenerligi dunyo miqyosida tan olingan bo’lib, insoniyatning eng dolzarb muammolari aynan gen injenerligining “chekiga tushgan”. Inson umrini uzaytirish, oziq- ovqat muammosi yoki turli xil kasalliklar bilan bog’liq holatlar qo’yingki deyarli barcha sohalarga gen injeneriyasi kirib bordi va asta sekin “dunyoni qo’lga olmoqda”.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Biokimyo . Yo. X.To’raqulov.
Biologiya 10- sinf uchun darslik. A. Abdukarimova . J. Tolipova.
Biokimyo M.N. Valixonov.
Bioximiya. A.Qosimov. Q.Qo’chqorov, S. Teshaboyev
Internet manbalari:
-arxiv.uz
-library.net
-mover.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |