Anilin bilan boradigan reaksiya
2-metil1,4-naftoxinon anilin bilan reaksiyaga kirishib, 2-metil-3-fenilamino-1,4-naftoxinonni hosil qiladi va bu qizil rangli bo’ladi.
Reaktivlar: a) vikasol (0,1% li suvli eritmasi yoki metionin), 0,2% li etil spirtidagi eritmasi, b) anilin.
Ishning bajarilishi: 1 ml vikasol yoki metionin eritmasiga 6-8 tomchi anilin qo’shiladi va chayqatiladi. Natijada probirkadagi aralashma qizil rangga bo’yaladi.
Sistein bilan boradigan reaksiya.
Reaktivlar: a) vikasol 0,1% li suvli eritmasi, b) sisteinning 0,03% li eritmasi, v) 5% li natriy ishqori
1 ml vikasol eritmasiga shuncha miqdorda sistein eritmasidan va 5-6 tomchi natriy ishqori eritmasidan solinadi. Natijada sariq yoki limon rang hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |