Vitamin E ga xos sifat reaksiyalari
Vitamin E (tokoferol) yuqori haroratga chidamli bo’lib, nitrat kislota bilan oson oksidlanish xususiyatiga ega. U ultrabinafsha nurlari ta’sirida buziladi. Tokoferollar antioksidant hisoblangan A vitaminini va karotinoidlarni oksidlanishdan saqlaydi. Tokoferollar o’simlik moylarida (soya, kungaboqar, kunjut, zig`ir va paxta moylarida) ko’p bo’ladi. Undan tashqari ko’pgina hayvon va o’simlik maxsulotlari: tuxum, jigar, sut, sariyog`, mol go’shti, karam, yeryong`oq, na’matak va oq smorodina tarkibida bo’ladi. Odamning tokoferolga bo’lgan sutkalik extiyoji 10 mg dan 30 mg gachani tashkil etadi.
- Tokoferol
Do'stlaringiz bilan baham: |