Jigar glikogenozlari
Organizmda irsiy kasallik natijasida jigarda fermentativ
jarayonlarning buzilishi hisobiga ortiqcha miqdorda glikogen to‘planishi
mumkin. Bu kasalliklar glikogenozlar deb nomlanadi. Glikogen
to‘planishida jigarning hajmi ortadi va gepatomegaliya kelib chiqadi.
Glikogenozlarning asosida bir qancha o‘zgarishlar yotadi.
Girke kasalligi – bunda glyukozo-6-fosfataza yetishmasligi
kuzatilib, glyukoza-6-fosfatning parchalanib, erkin glyukozaning hosil
bo‘lishi susayadi. Nahorda qondagi qand miqdori aniqlanganda, uning
miqdorini kamayishi kuzatiladi. Bu holat tirishishga, organizm
o‘sishining susayishiga, insulin ajralishini kamayishiga olib keladi.
Kori kasalligi – bunda jigarda glikogenning miqdori oshib uning
molekulasida qisqa zanjiri 1,4-glikozid bog‘i bilan glikogen ko‘payadi.
1,6-glikozid bog‘larini sintezlovchi ferment esa yetishmaydi. Jigarning
vazni ortadi, o‘limga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |