III omil (to‘qima tromboplastini) – lipoprotein, to‘qima
jarohatlanganda hosil bo‘ladi, molekula massasi 167 000 000.
IV omil (kalsiy ionlari) – qon ivishining ko‘p fazalarida ishtirok
etadi; jumladan, X omilning faollashuvida, to‘qima tromboplastin
faollashuvida, prokonvertin faollashuvida, trombin hosil bo‘lishida
ishtirok etadi.
V omil (proakselerin) – akselerin o‘tmishdoshi globulinlar
fraksiyasiga mansub, jigarda sintezlanadi, tug‘ma yetishmovchiligida
paragemofiliya kasalligi kuzatiladi.
VII omil (antifibrinolizin, prokonvertin) – konvertin o‘tmishdoshi
jigarda sintezlanadi.
VIII omil (gemofiliyaga qarshi A globulin) – uning tug‘ma
yetishmasligi gemofiliya A ning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
IX omil (gemofiliyaga qarshi V globulin, Kristmas omili) – faol
X omil hosil bo‘lishida qatnashadi. Tug‘ma yetishmovchiligida
gemofiliya V kasalligi kuzatiladi.
376
Do'stlaringiz bilan baham: |