Hazmlanish jarayonlarini boshqarilishi
Oziq mahsulotlarni hazmlanishi me’da-ichak yollarida
sintezlanuvchi gormonxos moddalar tizimi bilan boshqariladi (jadval).
Shulardan gista’min gistidinni dekarboksillanishidan hosil bo‘ladi,
gastrin, sekretin va xolesistokinin peptidlardir. Qolganlarining kimyoviy
tuzilishi aniqlanmagan (23-jadval).
Ularning hosil bo‘lishi ovqatga va uning tarkibiga bog‘liq. Me’daga
ovqat tushganda gista’min va gastrin sintezlanib, o‘z navbatida HCl va
pepsinni ajralishiga olib keladi. Ximusni o‘n ikki barmoqli ichakka
o‘tishi me’da suyuqligi ajralishini tormozlovchi enterogastronni qonga
ajralishiga turtki bo‘ladi. Ximusni ichakka o‘tishi sekretin,
xolesistokinin-pankreozimin, ximodenin, enterokrinin ishlab
chiqilishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon esa hazmlanish uchun kerak
bo‘ladigan pankreatik va ichak shirasini ajralishiga olib keladi.
23-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |