susayadi. Ichakdan so‘riladigan glyukozaning qonda konsentratsiyasi
346
ortib borib, unda uzoq ushlanib qoladi. Adrenalin, kortizol, glyukagon
qondagi glyukoza konsentratsiyasiga ko‘rsatadigan ta’siri jihatidan
insulinning antogonistlaridir. Qandli diabetda bu gormonlarning ta’sir
etishi davom etib, giperglyukozemiyani yanada kuchaytiradi. Ovqat
yeyilgandan keyin qondagi glyukoza konsentratsiyasi normal alimentar
giperglyukozemiyaga xarakterli bo‘lgan miqdordan ancha ortib ketadi
va 500mg/dl yetishi ham mumkin. Giperglyukozemiya postabsorbtiv
holatda ham saqlanib qoladi. Diabetning eng yengil shakllari ovqat qabul
qilgandan keyin boshlanadigan giperglyukozemiya bilan, yani
glyukozaga tolerantlik pasayib ketishi bilan, namoyon bo‘ladi. Yashirin
qandli diabet deb shunga aytiladi.
Qondagi glyukoza konsentratsiyasi buyrak bo‘sag‘asi (180mg/dl)
dan ortib ketganida glyukoza siydik bilan birga chiqa boshlaydi.
Me’yorda siydikdagi glyukoza konsentratsiyasi 10-20 mg/dl bo‘ladi:
diabetda u bir necha 10 baravar ortib ketadi. Me’yorda bir kecha-
kunduzda siydik bilan 0,5 grammdan kamroq glyukoza chiqadi: diabetda
100gr dan ko‘p chiqib turishi mumkin. Bu kasallikka diabetes mellitus
deb nom berilishiga xuddi shu glyukozuriya sabab bo‘lgan (diabetis –
orqali o‘taman, melle – asal degan so‘zlardan olingan). Kasallikning
bu nomi shifokorlar siydikni tahlil qilib turib, mazasini tatib korishadigan
vaqtlarda qoyilgan.
2. Ketonemiya va ketonuriya. Insulin yetishmasligi tufayli insulin
bilan glyukagon nisbati kamayib qoladi, yani glyukagon nisbatan
ortiqcha bo‘ladi. Shu sababdan, jigar doimo sog‘lom odamda
postabsortiv holat uchun xarakterli bo‘lgan tartibda ishlab boradi, yani
yog‘ kislotalarni zo‘r berib oksidlab, keton tanalari hosil qilib turadi.
Insulin yetishmovchiligida glyukozani hujayralar yaxshi
o‘zlashtirmaydi. Energiyaga bo‘lgan organizmning ehtiyojlarining
ma’lum qismi keton tanachalaridan foydalanish hisobiga boradi. Biroq,
keton tanachalari sintezining tezligi ularning to‘qimalar tomonidan ana
shunday sharoitlarida ortiqcha iste’mol qilishdan ham ustun kelishi
mumkin. Keton tanachalarining qondagi konsentratsiyasi me’yorda
2mg/dl dan kam, ochlik davrida 30mg/dl gacha bo‘lishi mumkin.
Diabetda ketonemiya ko‘pincha 100mg/dl atrofida bo‘ladi, ba’zan
350mg/dl gacha yetishi mumkin. To‘qimalarda atsetosirka kislota
dekarboksillanadi, shuning uchun kasallardan atseton hidi kelib turadi.
Bu hid hattoki birmuncha masofadan ham sezilarli bo‘ladi.
Keton tanalari qon pHni pasaytiradi, natijada atsidoz vujudga keladi.
Atsidoz miya funksiyasiga ta’sir etib odamning hushidan ketishiga sabab
bo‘ladi.
347
3. Azotemiya va azoturiya. Insulin yetishmovchiligida oqsillar
sintezi susayib, aminokislotalar katabolizmi kuchayadi. Kasallar
qonidagi siydikchil konsentratsiyasi ortib, siydik bilan birga chiqib
turishi ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: