Ta’sir etish mexanizmiga ko‘ra gormonlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Membrana orqali ta’sir etuvchi gormonlar. Ular nishon hujayralar
membranasi bilan bog‘lanib, o‘z ta’sirini hujayra ichiga o‘tkazadi. Peptid
gormonlar va adrenalin bunday ta’sirga ega. Bunday gormonlar hujayra
ichiga axborotni ikkinchi xabarchi vositasida (messenger) o‘tkazadi.
Bu vazifani sAMF bajaradi. sAMF o‘z navbatida proteinkinazani
faollaydi. Proteinkinaza ATF ishtirokida oqsillarni (fermentlar) faollashi
natijasida hujayrada metabolik jarayoni o‘zgaradi (84-rasm).
2. Sitozol mexanizmiga ega bo‘lgan gormonlar. Steroid gormonlar
(yodtironinlar ham) membrananing lipid qo‘sh qavati orqali o‘tib
sitoplazmada steroid retseptor kompleksini hosil qiladi. Kompleks
o‘zgarishga uchragandan so‘ng yadroga o‘tadi va xromatin bilan
birikadi. Mazkur jarayonda xromatinning kislotali tabiatga ega oqsillari
va bevosita DNK ishtirok etadi (84,85 rasmlar).
84-rasm. Gormonlar axborotini nishon hujayralarga o‘kazish mexanizmi
330
Do'stlaringiz bilan baham: |