suyuqligi o‘rtasidagi farqidir. Alveolalar havosida O
371
100 mm ga teng (simob ustun hisobida). Hujayralararo suyuqlikda bu
ko‘rsatgich 35 mm ga teng.
29-jadval
Organizmda kislorod va uglerod dioksidi konsentratsiyalarining farqi
gradiyenti
Havo, organizm Parsial bosimi, sim.us.mm Gemoglobinni O
2
bilan
suyuqligi O
2
CO
2
to‘yinish darajasi
Atmosfera havosi 157 0,3 —
Alveolalar havosi 100 40 —
Arterial qon 93
40 97
Hujayralararo suyuqlik 35 50 —
Venoz qon
40 46 64
102-rasm.
Gemoglobindagi allosferik effektorlar
Organizmda CO
2
ni bir qismi qonda erigan holda, bir qismi
gemoglobinga birikib, karbgemoglobin holda, asosiy qismi esa KHCO
3
holatida o‘pkaga tashib keltiriladi (102-rasm). Kislorodni qondan
372
to‘qima suyuqligiga o‘tilishida ularni konsentratsiyalar gradiyentidan
tashqari hujayralardan qo‘shimcha miqdorda qonga o‘tgan CO
2
ham
rol o‘ynaydi. Karbonat angidrid gemoglobinning
kislorodga yaqinligini
kamaytiradi. Bu hodisada eritrotsitga kirgan CO
2
undagi H
2
O bilan
karboangidraza fermenti ta’sirida H
2
CO
3
ga aylanishi bilan bog‘liq
bo‘lib, H
2
CO
3
kuchsiz turg‘un kislota bo‘lmaganligi uchun u H
+
+ HCO
3
-
ionlariga parchalanadi. Hosil bo‘lgan H
+
protonlar gemoglobinni oqsilli
qismidagi ba’zi kislotali guruhlariga birikadi, bu jarayon
oksigemoglobinni kislorodga yaqinligini pasaytiradi. Buning natijasida
oksigemoglobinni kislorodi undan ajralib, to‘qimalarga o‘tadi.
Ana shu 65 mm ni tashkil etuvchi farq kislorodni alveolalardan
qonga va qondan to‘qimalarga o‘tishini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Mitoxondriyalarda kislorod sarflanib suvga aylanib turadi, shu bois
mitoxondriyalar hujayrada go‘yo kislorod vakuumini hosil qiladi va
eritrotsitlar vositasida havodan olingan kislorod go‘yo shu «vakuum»ga
so‘rilib turadi.
Alveolalarda 97% kislorod bilan to‘yingan gemoglobin to‘qimalarda
dissotsiatsiyalanib, kislorodni to‘qima suyuqliklari orqali hujayralarga
beradi. Hujayralardan ajralib chiqayotgan CO
2
oksigemoglobin
dissotsiatsiyasiga yordamchi omil bo‘ladi. To‘qimalarda CO
2
hujayralararo suyuqlikdan qonga tez diffuziyalanib o‘tadi. Eritrotsitlarda
ÑO
2
karboangidraza ta’sirida H
2
CO
3
ga aylanadi. Uning
dissotsiatsiyalanishi natijasida H
+
va HCO
3
-
ioni hosil bo‘ladi. H
+
protoni
gemoglobin bilan birikib O
2
ajralib chiqishini osonlashtiradi. O‘pkada
to‘qimalarda bo‘lib o‘tadigan jarayonlarga teskari jarayon kechadi:
o‘pkada HSO
3
-
hosil qiladi, u o‘z navbatida H
2
O va CO
2
ga parchalanadi,
CO
2
o‘pka alveolalariga chiqadi; HHb esa HbO
2
ga aylanadi. Shunday
qilib, to‘qimalarda CO
2
oksigemoglobindan O
2
ni siqib chiqaradi,
aksincha o‘pkada O
2
CO
2
ni qondan alveolalarga siqib chiqaradi. Bu
hodisa Bor effekti degan nom bilan ataladi. Bor effekti to‘qimalardan
o‘pkaga 80% CO
2
ni tashib berilishini ta’minlaydi, CO
2
ning qolgan
qismi plazmada erigan holda hamda karbogemoglobin shaklida tashiladi:
Hb-NH
2
+ CO
2
→
Hb-NH - COOH
→
Hb-NH
- COO
-
+ H
+
Bu reaksiya eritrotsitlarda, to‘qimalarda chapdan o‘ngga, o‘pkada
esa teskari yo‘nalishda boradi.
Xulosa qilib aytganda, to‘qimalarda CO
2
oksigemoglobindan O
2
ni,
o‘pkada esa O
2
qondan CO
2
ni alveolalar havosiga siqib chiqaradi. Buni
Bor effekti deyiladi.