96-rasm.
Qonning shakliy elementlari
Retikulotsitlarda gemoglobin peptid zanjirlari uyg‘unlashgan holda
sintezlanadi, shuningdek gemoglobinning gem qismi ham
retikulotsitlarda sintezlanadi. Gem sintezini birinchi va ikkinchi
fermentlari idora etiladigan fermentlar bo‘lib ularni gem va
gemoglobinlarning ortiqcha miqdorlari tormozlaydi. Ikkinchi tomondan
gemoglobinning peptid zanjirlari faqat gem ishtirokida sintezlanadi.
Demak, gemoglobinning gem va polipeptid qismlari bir-biri sintezini
nazorat qiladi. Shu tufayli sog‘ odamda gemoglobinni miqdori me’yorda
saqlanadi. Gem sintezida ishtirok etuvchi fermentlarni irsiy
yetishmovchilik kasalliklari ma’lum, bunda gem o‘tmishdoshlari
364
ko‘pincha ortiqcha miqdorda hosil bo‘lib, siydik bilan tashqariga chiqib
turadi. Gem almashuvining kam qonlikka olib keluvchi bunday
kamchiliklari porfiriyalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |