Xlorid kislotasining hosil bo‘lish mexanizmi va ahamiyati
Me’dada HCl hosil bo‘lishining mexanizmi hozirgacha
aniqlanmagan bo‘lsa-da, ammo mavjud ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki,
qonda NaCl dissotsiatsiyasidan hosil bo‘ladigan Cl
-
hujayra
membranasidan otib, o‘z navbatida, almashinuvining oxirgi mahsulotlari
H
2
O va CO
2
dan qoplovchi hujayralarda sintezlanadigan karbonat
kislotaning dissotsiatsiyasi natijasida ajralib chiqadigan H
+
bilan
birikadi. Hosil bo‘lgan HCl so‘ngra qoplovchi hujayralarning me’da
boshligiga ajralib chiqadi. Ionlarning qon bilan qoplovchi hujayralar
o‘rtasidagi muvozanati hujayralardan qonga otuvchi manfiy
zaryadlangan HCO
3
-
qondan hujayralarga otuvchi Cl
-
orniga almashinib
o‘tishi bilan erishiladi. Ushbu jarayonda ATF ning ishtirok qilishi taxmin
qilinadi, chunki xlorid kislota sintezi energiya bo‘lishini talab etadi.
Xlorid kislotaning quyidagi biologik funksiyalari mavjud:
1. Pepsinogenni faollashtirish;
2. Me’da shirasining kislotali muhitini ta’minlash;
3. Ovqat oqsillarini denaturatsiyalash;
4. Bakteritsid ta’siri.
Me’da shirasi tarkibida to‘rt xil kislotalilik tafovut qilinadi:
1) hech qaysi birikma bilan bog‘lanmagan xlorid kislota (erkin HCl);
2) oqsil bilan bog‘langan xlorid kislota (bog‘langan HCl);
3) erkin va bog‘langan xlorid kislotaning yigindisi (umumiy HCl);
4) erkin, bog‘langan va umumiy HClning yigindisi hamda meva
shirasidan kislotali muhit yaratadigan boshqa nordon moddalarning
yigindisi (umumiy kislotalilik).
Me’da shirasining ushbu kislotaliliklari indikator ishtirokida NaOH
ning 0,1 mol/l eritmasi bilan titrlash yoli orqali aniqlanadi. Umumiy
kislotalilik fenolftalein indikatori ishtirokida (pH ning o‘tish chegarasi
8,2-10) 100 ml me’da shirasini titrlash uchun (HCl va boshqa kislotalik
xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarning neytrallash uchun) sarflangan
0,1 mol/l NaOH miqdori bilan olchanadi. Umumiy kislotalililkning
ortacha miqdori 40-60 mol/l ga teng. Erkin xlorid kislota
262
dimitilaminoazobenzol indikatori ishtirokida (pH 1,0-3,0) 100 ml me’da
shirasini neytrallash uchun sarflangan 0,1 mol/l NaOH miqdori bilan
olchanadi. Uning ortacha miqdori 20-40 mol/l ga teng. Boglangan xlorid
kislota yuqoridagidek alizaringidrosulfonat NaOH ishtirokida (pH 4,3-
6,3) yoki fenolftalein va dimetilaminoazobenzol indikatori yordamida
aniqlangan umumiy kislotalilikni erkin kislotalilikdan ayirish yoli bilan
topiladi. Uning ortacha miqdori 10-20 mol/l.
Me’da shirasida kislotalilikni oshishiga
Do'stlaringiz bilan baham: |