«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
285
Shu qatorda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida 2 ming gektar maydonda
yangi anorzorlar barpo etilib, bugngi kunda 1 ming 11 gektar maydon fermer
xo`jaliklariga anorzorlar tashkil etish maqsadida ajratib berilgan. Yetishtirilgan
mahsulotlar eksportga yo`naltirildi.
Shu sohalarni rivojlantirish uchun Farg`ona davlat universitetida, Guliston
davlar universitetlarida 2017-yili Agranomiya (anorchilik) yo`nalishlari tashkil etildi.
Anor mevasini o`ziga to`xtaladigan bo`lsak, bu meva subtropik meva
hisoblanadi. Asl vatani O`rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Avg`oniston.
O`zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob tumanlarida ko`plab yetishtiriladi.
Anorning ta`mi shirin, chuchuk-nordon va nordon turlarga bo`linadi. Bu meva asosan
iste`mol qilinadi va undan tashqari qandolatchilik, tibbiyot va butasidan manzarali
o`simlik sifatida foydalaniladi. Anorning po`sti qizg`ish va oqish ranglarda bo`lib
asosan matolarni bo`yashda ishlatiladi. Yovvoyi anordan limon kislota olinadi. Anor
asosan unumdor qumoq, nam yetarlituproqlarda yaxshi o`sadi. Qurg`oqchilikka
chidamli lekin ko`proq namsevar o`simlik hisoblanadi. Yerning unumdorligiga qarab
ko`chatlar turli xil masofalarda ekiladi. O`zbekiston sharoitida kuzda xashak va
qamishlar bilan yopiladi yoki tuproqqa ko`miladi va erta bahorda ochiladi.
Vegetatsiya davri 180-215kun bo`ladi. Yozdan kuzgacha gullaydi va o`rtacha 6-10
marta sug`oriladi.
Mevasi 120-160 kunda sentyabr oyinig 2-yarmida pishadi. Anorning poyasi -
15C -17C gacha sovuqqa chidaydi. Havo harorati -20C bo`lganda yer ustki qismini
sovuq uradi. Anor 3-4 yoshdan meva tuga boshlaydi. 8-10 yoshida to`liq hosilga
kiradi. 30-40yil yaxshi meva beradi, hosildorligi 200 s\ga gacha boradi.
Kolleksiyalarda anorning 69 navbi hisobga olingan. Lekin Ozbekistonda
ixtisoslashgan xo`jaliklarda asosan achchiqdona va qozoqi anor ko`p ekiladi.
Shuningdek qayin anor, qizil anor, oq dona, ulfi kabi navlari keng tarqalgan.
Achchiqdona
navi jaydari hisoblanib, mazasi nordon, mevasi 400-600 gr
bo`ladi. Po`sti qalin 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Bir tupi 30-35- kg meva beradi.
Namlik yaxshi yerlarda o`sadi lekin qurg`oqchilikka xam juda chidamli hisoblanadi.
Farg`ona vodiysida keng tarqalgan hamda Sirdaryo viloyati sharoitida hovlidagi
tomorqalarning suv kiradigan joylariga ekish mumkin.
Qayin anor navi
. Mevasi yirik 500-700 gr gacha boradi. Tupi 35-40 kg hosil
beradi. Sharbati qizg`ish. Nordon xushho`r. tarkibida 19-20% qand moddasi bor.
Po`stning qalinligi o`rtacha, mart oylarigacha saqlash mumkin. O`zbekistonning
barcha viloyatlari tuproqlarida o`sadi.
Qozoqi anor
navi xalq seleksiyasi yo`li bilan yetishtirilgan. Mevasi 250-300
gr ayrimlari 600-700 gr gacha bo`ladi.mazasi nordon-shirin, sharbati qizil. Tarkibida
18-19% qand moddasi bor. Tupi 50-60 kg hosil beradi. Mazasi nordon-shirin, po`sti
Do'stlaringiz bilan baham: |