«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
147
Ular
Ferula
L. turkumining 90 dan ortiq turlarining tarkibida seskviterpenoidli
moddalar, shundan 55 turi terpenoidli kumarinlar (56,0 %), 34 turi murakkab efirlar
(35,0 %), 18 turi esa seskviterpenli laktonlar (20,0 %) aniqlandi. Ferula foetida
o`simligining kimyoviy tarkibida esa 70 dan ortiq biologik faol moddalar ajratib
olingan.Eng ko`p seskviterpen kumarinlar -31ta, oltingugurt birikmalari 32 ta va
bundan tashqari diterpen, arabinoza, glyukopirozid va boshqalari 9 tani tashkil qilishi
aniqlangan.
Xozirda kovrak turlaridan F.foetida o`simligining kimyoviy tarkibini o`rganib
uning insonlarga hech qanday zaxarli ta`siriyo`qligi aniqlandi ya`ni o`simlik
gormonal xususiyatga ega ekan. Yana boshqa ajoyib xususiyatlari bu o`simlik turlari
veterinariyada teri, ichak parazitlariga qarshi vosita sifatida keng ishlatiladi.
Yem – xashak
xususiyatiga ega bo`lgan o`simlik
Ferula
L. turkumining 40 ga
yaqin turlari muhim xisoblanadi. Chorva mollari o’simlikning yer ustki
qismlarini,barglari, poyalari, gul va mevalarini sevib iste’mol qiladi.
Bu o`simlikning mevasi oqsilga boy bo’lganligi uchun ulardan parrandalarni
semirtirishda xam foydalaniladi.
Nektar va perga
(mum) beruvchi o’simliklar sifatida ham
Ferula
L. Turkumi
vakillarini misol qilib kiritishmiz mimkin. U.Rahmonqulov va uning shogirdlarini
xisob-kitobiga ko’ra faqat G’arbiy Tiyan-shanda o’sadigan bu turkumi turlarining 39
turi
smola(shira) beruvchi
o’simliklar xisoblanadi.
Oziq-ovqat sifatida esa
tog’li hududlarda yashovchi aholi o`simlikning endi
o’sib chiqayotgan ko’p yillik poya va barglaridan foydalanishib, o’simlikdan somsa,
chuchvara va boshqa ovqatlar tayyorlashadi.Hattoki, qishga xar-hil konserva
maxsulotlari tayyorlaydilar.
Manzarali o‘simlik
sifatida esa, ilk bahor kunlari, bahorda insonlarni ko`zini
quvnatadigan ajoyib manzara beruvchi o`simlik bu Kovrak turlarining mayda,
chiroyli barglari va poyadagi chiroyli gullari tabiatda aloxida o`ringa ega. Shuning
uchun biz (Rahmonqulov va uning shogirdlari, 2018) Respublikamiz hududida
uchraydigan 20ga yaqin kovrak o`simligini bir qancha turlarini parklar, istirohat
bog‘lari, yo`l yoqalari va issiqxonalarda foydalanishni tavsiya qilamiz.
Dorivor, oziqabop, em-xashak, asalchil, xushta’m, manzarali va smola
beruvchi o’simliklar bo’lganligi sababli
Ferula
L. Turkumi vakillarini Kovrak
turkumi turlari muhim xisoblab ularni plantatsiyalarini tashkil qilishni yo’lga qo’yish
uchun biz quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
- Tojik va sassiq kovrak o’simliklarini smola beradigan turlarini urug’laridan
ekib plantatsiyalar tashkil qilishni davom ettirishimiz lozim; O’zbekistonning janubiy
tumanlaridan tashqari, Jizzax viloyatining Forish, Arnasoy, G’allaorol tumanlarining
lalmikor maydonlaridan ham foydalanish mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |