«Биохилма-хилликни сақлаш ва ривожлантириш» Республика онлайн илмий-амалий анжумани
Гулистон 2020 й. 17-18 апрель
363
hujayralarning defferensiyalanish fazasi boshlanadi. Organik moddalarning sintez
jarayoni faollashadi, natijada yangi hujayralar, to’qimalar va organlarning hosil
bo’lishi uchun sharoit yaratiladi. Bunday o’simliklarda generativ organlarning hosil
bo’lishi ham tezlashadi.
Gazlarning miqdori. Tuproq va havo tarkibi, ayniqsa, kislorod va karbonat
angidridning miqdori ham ta’sir etadi. Ammo havo tarkibidagi kislorod ikki
martagacha kamaytirilsa ham o’simliklarning o’sishiga ta’sir etmaydi. Tuproq
tarkibidagi kislorodning kamayib ketishi esa ildizlarning o’sishiga ta’sir etishi
mumkin. O’sish tezligiga sezilarli darajada karbonat angidrid miqdori ham ta’sir
etadi. Havo tarkibida karbonat angidrid ko’payganda hujayra po’stining
cho’ziluvchanligi ortadi va qisqa muddatga to’qimalarning o’sishi tezlashadi. Bu
hujayra po’stida pH ning pasayishi bilan bog’liq deb tushuntiriladi. Ekinzorlarda tup
soni juda qalin bo’lganda o’simliklarning o’sib ketishi ham shunga bog’liq degan
tushunchalar ham bor.
Suv miqdori. Tuproq va havo tarkibidagi nam miqdori o’simlikka ham ta’sir
etadi. Hujayraning, ayniqsa, sitoplazmaning me’yoriy tuzilmasi va faoliyati, demak,
o’sish suv bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq. Buni urug’ misolida ko’rish
mumkin. Tarkibida 10-12 foiz suvi bo’lgan urug’lar ko’p yillar davomida unmasdan
saqlanish qobiliyatiga ega. Urug’lar ekish oldidan namlanganda, o’z og’irligining 50
foizigacha bo’lgan suvni shimib oladi va faol o’sish boshlanadi. O’simliklarning ildiz
tizimi ham namlik sharoitida yaxshi o’sadi. Yani tuproq eritmasining osmotik bosimi
1-1.5 MП dan yuqori bo’lganda ildizlar suv bilan yaxshi ta’minlanadi. Tuproqda suv
miqdori juda kam bo’lganda hujayralarning cho’zilish fazasi tez o’tadi va natijada
hujayralar kichik bo’ladi, poya va ildizlar qisqaradi, barglarning hajmi ham
kamayadi. Suvning kam bo’lishi hosildorlikning ham keskin pasayishiga ham olib
keladi. [1]
Biotik omillar-muhitning bu omillari bir yoki har xil turga mansub bo’lgan
o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar hayot faoliyatining organizmlarga ta’sir
majmui. Ayniqsa biotsenoz organizmlari orasidagi munosabatlar juda yaqin bo’ladi.
Biotik omillar har xil turdagi tirik organizmlarning o’zaro ta’siridan iboratligi bilan
muhitning abiotik omillaridan farq qiladi. Masalan, tuproqda bakteriyalar,
zamburug’lar va suv o’tlari singari ko’pgina mikroorganizmlar yashab, ular o’simlik
va hayvon qoldiqlarini parchalaydi. Havodagi erkin azotni to’plab, yuksak o’simliklar
o’zlashtiradigan holatga keltiradi (azot to’plovchi azotobakteriyalar). Shuningdek
tuproqdagi yomg’ir chuvalchangi ham tuproq strukturasini yaxshilashda ishtirok etadi
va o’simliklar hayotiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Tuproqda o’simliklar
hayotiga zarar keltiruvchi hasharotlar va sut emizuvchi hayvonlarning vakillari ham
uchraydi. Masalan, may qo’ng’izi va kemiruvchilar o’simliklar ildizini hamda yer
Do'stlaringiz bilan baham: |