Oziq orqali bog‘lanish (oziq zanjiri). Avvalgisi keyingisi uchun oziq hisoblangan, o‘zaro bog‘langan bir nechta turlar yoki organizmlar oziq zanjiri deb ataladi (87-rasm). Oziq zanjiri — o‘simliklar energiyasini bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan o‘tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik bog‘lanishlardir (yunoncha trofe — oziqlanish). Ekologik sistemada har xil oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi zvenosi autotrof o‘simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayonida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog‘lar energiyasiga aylantiradi. Produtsentlarga xemosintezlovchi
87-rasm. Oziq zanjirlari.
organizmlarni ham kiritish mumkin. Ikkinchi zvenoni o‘txo‘r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go‘shtxo‘r (ikkilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. Oziq zanjirlarining uchinchi zvenosini organik moddalarni mi- ne ral moddalargacha parchalovchi mikroorganizmlar (redu- tsentlar) hosil etadi. Ikkinchi va uchinchi zveno geterotrof organizmlar hisoblanadi. Tabiatda oziq zanjiri odatda uch-to‘rt darajadan tashkil topadi. Bir darajadan ikkinchi darajaga o‘tishda energiyaning va moddaning miqdori taxminan o‘n martaga yaqin kamaya boradi, chunki qabul qilingan energiyaning 90 foizga yaqini organizmlarning hayot faoliyatini ta’minlashga sarflanadi. Qolgan 10 foizigina organizmlar tanas ining tuzilishi uchun sarf bo‘ladi. Shu tufayli har bir keyingi oziq darajasida individlar soni ham progressiv kamaya boradi. Masalan, o‘rtacha olganda 1000 kg o‘simlikni yeganda hayvon 100 kg gacha semiradi. Bunday massali o‘txo‘r hayvonni yegan yirtqichlarning biomassasi 10 kg gacha ortishi mumkin, ikki- lamchi yirtqichlarniki esa faqat 1 kg gacha ortadi.
Shunday qilib, oziq darajalarida moddalar va energiyaning progressiv kamaya borishi kuzatiladi. Bu qonuniyat ekologik piramida qoidasi deb ataladi (88-rasm). Ekologik piramidada produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardagi organizmlar soni biomassa va energiya nisbatining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Piramidaning asosini autotrof organizmlar — hosil qiluvchilar tashkil qiladi, ulardan yuqorida o‘txo‘r hayvonlar, undan ham yuqorida yirtqich hayvonlar, piramidaning eng cho‘qqisida yirik yirtqichlar joylashadi.
Suv havzalaridagi oziq zanjirining tipik misoli fitoplankton— zooplankton — mayda baliqlar — yirik baliqlar hisoblanadi. Bu oziq zanjirida ham biomassa va energiya miqdori ekologik piramida qoidasiga muvofiq tobora kamaya boradi.
Sun’iy qishloq xo‘jalik ekosistemalarida ham har bir keyingi oziq zanjiri darajasida energiya miqdori 10 martagacha kamaya boradi.
Biogeotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri o‘zo‘zini idora qilishdir. O‘z-o‘zini idora qilish — tabiiy sistema- ning qandaydir tabiiy ta’siri yoki antropogen ta’siridan keyin o‘z ichki xususiyatlarini qayta tiklash qobiliyatidir. O‘z-o‘zini idora qilishning yorqin misoli — keng bargli o‘rmondagi biogeo tsenozdir. Bu yerda o‘simliklar joy, yorug‘lik va suv uchun raqobatlashadi.
Bu xildagi biogeotsenozlarda yaruslik, ya’ni o‘simliklar jamoasining vertikal bo‘ylab bir necha qatorda joylashishi kuzatiladi.
Keng bargli o‘rmonning birinchi yarusini yorug‘sevar
88-rasm. Sonlarning soddalashtirilgan ekologik piramidasi.
daraxtlar (eman, shumtol), ikkinchi yarusini esa birmuncha kam yorug‘sevar daraxtlar (zarang, chetan), uchinchi yarusini har xil butalar (kalina) va to‘rtinchi yarusini o‘tsimon o‘simliklar (paporotniklar, gulxayri, qirqbo‘g‘in) tashkil qiladi. Yarus qancha past bo‘lsa, undagi o‘simliklar shunchalik soyaga chidamlidir. Yuqori yarusdagi o‘simliklarning ildizlari juda chuqur joylashadi.
Keng bargli o‘rmonda yoritilganlik sharoiti yil davomida keskin o‘zgarib turadi. Shu tufayli quyi yarusdagi o‘simliklar bahorda daraxtlar barg chiqarguncha tez rivojlanadi va gullaydi. Har qanday biogeotsenozlarda iqlim ritmiga bog‘liq holda o‘zga rishlar kuzaliladi. Masalan, kuzda haroratning pasayishi, kun uzunligi qisqarishi, namlikning o‘zgarishi natijasida ko‘p o‘simliklar bargini to‘kadi. Ularning jamg‘arish a’zolarida oziq moddalari to‘planadi, daraxtlarda po‘kak shakllanadi. O‘simliklar sitoplazmasida suv kamaya boshlaydi. Hayvonlar ham qishga faol tayyorlana boshlaydi Qushlar janubga uchib ketadi. Sutemizuvchilar tullaydi, qishga oziq jamg‘aradi.
Biogeotsenozlar uzoq yillar davom etadigan tabiiy jarayonlar mahsulidir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo‘lgan tog‘ jinslarida tuproq bo‘lmagani uchun hech qanday o‘simliklar o‘smaydi. Bu joylarda lishayniklar va suv o‘tlari paydo bo‘lishi tuproq hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tuproqda endi moxlar, paporotniklar, o‘tlar, butalar va daraxtlar birin-ketin o‘sa boshlaydi va barqaror holatdagi biogeotsenoz shakllanadi. Bio- geotsenoz hosil bo‘lishi yoki bir biogeotsenozning ikkinchisi bilan almashinishi jarayoni ekologik suksessiya deb ataladi (lotin cha success— o‘rin almashinish).
Quruqlikda o‘rmon hosil bo‘lishi suksessiyasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Yalang‘och yer — lishayniklar — suv o‘tlari — moxlar — paporotniklar — o‘tlar — butazorlar — daraxtlar (o‘rmon) — klimaksli biogeotsenoz.
Suksessiyalar birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi suksessiya — hayot bo‘lmagan joylarda asta-sekin biogeotsenoz rivojlanishidir. Ikkilamchi suksessiya — yong‘in, qurg‘oqchilik, o‘rmonlar kesilishi va boshqa sabablar ta’sirida buzilgan biogeotsenozlarning o‘rniga yangisining rivojlanishi.
Biogeotsenozning barqaror, o‘z-o‘zini yangilay oladigan va muhit bilan muvozanatda bo‘lgan holati klimaksli biogeotsenoz deyiladi (yunoncha climax — pog‘ona).
Muhit sharoiti o‘zgarishi natijasida bir biogeotsenoz ikkinchisiga aylanishi mumkin.
Biogeotsenozlar almashinishi ko‘pincha inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Botqoqliklarning quritilishi natijasida botqoqlik biogeotsenozi o‘tloq biogeotsenozi, agrotsenozlar bilan almashinadi.
Adabiyotlar
1. G’afurov A. T. Darvinizm Toshkent, o’qituvchi1992 yil.
2. Воронцов Н. П.,Сухорукова Л.Н. Эволюционная органического мира. М. Просвешение 1991
3. To’raqulov Yo. X. malekulyar biologiya. Toshkent, o’qituvchi1993 yil
4. Иорданскис Н. Н. Эволюция жизни. М.Издательский центр “Академия” 2001
5. Inge-Vechtomov S.G. Genetika s osnovami selektsii. Moskva., «Vsshaya shkola», 1989 g.
6. Lobashev M.Ye., Vatti K.V., Tixamirova M.M. Genetika s osnovami selektsii. Moskva, «Prosveshenie», 1979 god.
Do'stlaringiz bilan baham: |