"Biofizikadan amaliy mashg’ulotlar" o’quv qo’llanmasi umumiy biofizika kursining fizikа-kimyo va elektrobiologiya bo’limlariga taаlluqli amaliy mashg’ulotlarning nazariy va amaliy masalalarni o’z ichiga oladi



Download 1,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/64
Sana14.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#549654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64
Bog'liq
БИОФИЗИКА лаборатория машғулотлари-ЛОТИН pechatga

 
 
 
 
 
 


10 
2-Laboratoriya ishi.
Qurbaqa yuragi qisqarish ritmining harorat koeffitsienti va "aktivlanish 
energiyasini" hisoblab topish. 
 
Ish uchun zarur vositalar
: 100 ml hajmga ega konussimon kolbachalar (3 dona) va 
ularni yopishga mo`ljallangan rezina qopqoqlar, 0-50°C shkalaga ega termometrlar (3 dona), qor 
yoki muz, qurbaqalar. Qolgan vositalar ro`yxati ilovada keltirilgan. 
Dastlab uch dona kamera tayyorlab olinadi. Kamera sifatida titrlash uchun ishlatiladigan 
kolbachalar tavsiya etiladi. Kolbachalarga mos qopqoqlar tanlab olinib, ulardan qopqoq 
burg`isiyordamida ikkitadan teshik ochiladi. Teshiklarning biriga termometr joylashtiriladi, 
ikkinchisi esa kanyulya uchun mo`ljalangan bo`lib, u ochiq qoldiriladi. Kolbachalarga oz 
miqdorda suv quyiladi, termometr joylashtirilgan qopqoqlar bilan yopibqo`yiladi. Ish paytida, 
termometrning simobli rezervuari o`sha probkaga joylashtiriladigan kanyulyauchidan taxminan 
0,5 sm pastda turishi shart. Shu tarzda tayyorlangan kameralardan biri ish bajariladigan stol 
ustida qoldiriladi. Ikkinchisi iliq suv quyilgan stakanga, uchunchisi esa qor-suv aralashmasi 
solingan stakanga tushirilib qo`yiladi (
2-rasm
). So`ngra kameralarda harorat turg`unlashguncha 
Shtraube usulida qurbaqa yuragining izolirlangan preparati tayyorlanadi (ilovaga qarang).
2-rasm. Qurbaqa yuragi qisqarish kinetikasining haroratga bog`liqligini o`rganishga mo`ljallangan vositalar: 
A-shtraubekanyulyasi, Б-yurak preparati joylashtirilgan kameraning umumiy ko`rinishi, В-kameraning qor-
suv aralashmasi solingan stakanga joylashtirilgan holati. 
Ishning borishi.
Shtraube metodiga muvofiq tayyorlangan yurak preparati stol ustida 
qoldirilgan kameraga joylashtirilib, 5-6 minut o`tganidan so`ng, preparat ritmini sanashga 
kirishiladi. Buning uchun sanash boshlanishi bilan bir vaqtda, sekundomer yurg`izilib, yurak 20 
marta qisqarganidan so`ng to`xtatiladi. Shu xildagi sanash uch-to`rt marta takrorlanib, ulardan 
yurak ritmining 1minutdagi o`rtacha soni hisoblab topiladi. So`ngra, yurak preparati harorati 
xona haroratidan 10°Cga yuqori kameraga o`tkaziladi. Kamera ichidagi harorat turg`unlashgach, 
yuqorida ko`rsatilgan tarzda, yurak ritmi yana bir necha bor sanab olinadi. Sanash tamom 
bo`lgach, yurak preparati harorati xona haroratiga teng kameraga ko`chirilib, avvalroq ritm 
tiklanishi kutiladi. Dastlabki ritm tiklangach, preparat harorati xona haroratidan 10°C ga past 
kameraga o`tkaziladi va kameradagi harorat turg`unlashgach, yurak ritmi yana bir necha marta 
sanab olinadi. Sanash ishlari nihoyasiga yetkazilganidan keyin, hisoblab topilgan o`rtacha ritmlar 
asosida; yurak ritmining haroratini 10°C ga oshirish uchun mos harorat koeffitsienti Q
10
, so`ngra 
jarayonning "aktivlash energiyasi" hisoblab topiladi. Shu xildagi hisoblashlar haroratni 10°C ga 
pasaytirib o`tkazilgan tajriba ma`lumotlar asosida ham bajariladi. 
Hisoblashga, misol. Faraz etaylik: xona harorati 18°C ( T
1
= 273 + 18 = 291 K) bo`lgan 
sharoitda yurak 38 sekund davomida 20 marta qisqardi. Demak, yurak 1 minutda 20.60/38 = 31 
marta qisqardi. Harorat 10
o
C ga oshirilganda esa ya`ni 28°C (T
2
=273+28=301) da 20 sekund 
davomida 20 marta, 1 minutda esa 20.60/20=60 marta qisqardi. Demak, R
t
=31 va R
T+10
=60 teng. 
U holda, mazkur jarayonning harorat koeffitsientiga teng bo`ladi:


11 
.
9
,
1
31
60
10
10



T
T
R
R
Q
 
Yuqorida bayon etilganidek, agarda bizga jarayonning harorat koeffitsienti va tajriba 
sharoitidagi haroratlar ma`lum bo`lsa, u holda biz o`rganmoqchi bo`lgan jarayonning 
"aktivlanish energiyasini" ham hisoblab topa olamiz. Buning uchun jarayon harorat 
koeffitsientining o`nli logarifmi va haroratlar kattaliklarini tenglamaga qo`yib, hisoblash ishlarini 
bajaramiz. Yuqoridagi ma`lumotlardan foylalanib, qurbaqa yurak ritmining aktivlanish 
energiyasi uchun quyidagini hosil qilamiz: agarda Q
10
= 1,9 ga teng bo`lsa, uning o`nli logarifmi, 
ya`ni I

Q
10
= I
g
1,9 = 0,2785 bo`ladi. Tajriba sharoitidagi harorat T
1
= 291, T
2
= 301 dir. Unda 
jarayonning "aktivlanish" energiyasi 
E = 0,46(T
2

T
1
) I
g
1,9= 0,46

291

301

0,2785 = 
= 11221 kal.mol = 11,221kkal.molga teng bo`ladi. 

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish