Destruktiv-modifikatsion reaktsiyalarda nur substrat molekulasini zararlab, normal fiziologik holatga xarakterli bo’lmagan fotokimyoviy reaktsiyalar kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Fotobiologik reaktsiyalar quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1) fotofizikaviy bosqich (yorug’likning yutilishi, elektron qo’zg’algan holatning sodir bo’lishi, energiyaning molekula ichida qayta taqsimlanishi)
2) Birlamchi fotokimyoviy bosqich (dastlabki fotomahsulotning hosil bo’lishi)
3) Ikkilamchi fotokimyoviy bosqich (birlamchi fotomahmulotning barqaror mahsulotga aylanishi)
4) Qorong’ida o’zgarish bosqichi (barqaror mahsulotlarning navbatdagi o’zgarishi)
5) Oxirgi biologik makroeffekt.
Do'stlaringiz bilan baham: |