45
tebranishlar chastotasi, gavdaning yotgan holatida 3 Gs, qorin bo’shlig’i uchun 3 –
4 Gs, turgan holda 5 -12 Gs, ko’krak qafasiniki 5 – 8 Gs bo’lib, bu infratovush
chastotalariga mos keladi. Normal faoliyat ko’rsatish uchun shovqin ma’lum
darajagacha bo’lishi kerak. Masalan: normal uxlash va aqliy mehnat uchun shovqin
30 dB dan past, ko’pchilik korxonalarda 55 dB dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Qishloq xo’jaligida mexanizasiya darajasining oshishi bilan shovqin ham ko’paydi.
Masalan: MTZ – 50 traktori 5 m masofada 80 – 90 dB, KTU – 10 bilan birga 100
dB dan oshadi. Chorva binolarida ventilyatorlar ham kuchli shovqin chiqaradi.
Masalan: SCh – 70 ventilyator 5 m masofada 85 dB shovqin hosil qiladi.
Shovqinlar ko’plab jonivorlarning to’planishida ham yuzaga keladi. Masalan:
parrandachilik fermalarida 95 dB gacha normadagi shovqin foydali hamdir, chunki
juda sukunatda odam hatto o’zining yurak urishini ham eshitishi mumkin
(kosmonavtlar). 110 dB shovqin vaqtincha eshitishni 10 – 15 % ga pasaytiradi.
Infratovush, ultratovush va tovush intensivligi darajasini yashash joylarida,
ishlab chiqarish va transportda kamaytirish gigiyenaning asosiy vazifasidir.
Ba’zi moddalarda tovush tezligi quyidagicha; havoda 331m/s, suvda 1497
m/s, silliq to’qimada 1550 m/s, yog’ to’qimasida 1460 m/s, miyada 1520 m/s,
suyagida 3660 m/s, jigar 1570 m/s, shishasimon jism 1530 m/s. Chastota qancha
katta bo’lsa, tovush shuncha yuqori tonlarda qabul qilinadi. Masalan, ho’kizning
marashi 50 Gs bo’lsa, pashshaning tovushi 10 kGs chastotaga mos keladi.
Tovush to’lqinlari ikki muhit chegarasiga tushganda uning bir qismi qaytadi,
ikkinchi qismi esa sinib, ikkinchi muhitga o’tadi. Masalan, suvga tushgan tovush
to’lqinning atiga 0,12 foiz intensivligi suvga o’tadi, qolgan 99,88% esa qaytadi.
Ilgarilari dengiz hayvonlari akustik signalizasiyaga ega emas deb qaralar edi.
Keyingi tadqiqotlar dengiz hayvonlari o’zidan tovush to’lqinlari chiqarishi
aniqlandi. Masalan, ular ov payti, xavf to’g’ilganda, urchish paytlarida akustik
signallar chiqarishadi. Hozirgi davrda dengiz hayvonlari tovushlarning fonetikasi
tuzilgan. Bu fonetika yordamida dengiz hayvonlari biologiyasini o’rganishda,
baliqlar to’plamini topishda foydalaniladi. Demak, dengiz ham hayvonlarning
tovush to’lqinlari bilan to’lgan, lekin odam uning tubiga tushib ham bu tovushlarni
eshita olmaydi. Chunki odam qulog’i havoda eshitishga muljallangan. Suvning
zichligi havonikidan 750 marta katta. Shunga qaramasdan baliqlar tovushlarni
yaxshi eshitishadi. Bunga sabab suv zichligining va unda tovush tezligining
kattaligidir.
To’lqin moddada tarqalishida uning energiyasi modda zarralarini tebratishga
sarf bo’ladi. Shu sababli to’lqin energiyasi masofa o’tishi bilan kamayadi, ya’ni
so’nadi. Bu esa
Do'stlaringiz bilan baham: