241
usullari tibbiyotda, veterinariyada va texnikaning turli sohalariga qo’llanilishi
ikkita masalani ko’ndalang qilib qo’ydi. Birinchidan, atom nurlari bilan bevosita
shug’ullanuvchilar xavfsizligini ta’minlash bo’lsa, ikkinchidan butun yer yuzidagi
insoniyatni yoppasiga qirg’in atom qurollari zarbidan saqlashdir.
Shuning uchun ham yer yuzidagi butun progressiv insoniyat atom, vodorod va
neytron bombalari ishlab chiqarishning to’xtatilishi va mavjudlarini ham yo’q qilib
tashlashni talab etmoqdalar.
Yadro bombalarining
portlatilishi
va
atom energiyasidan
tinchlik
maqsadlarida foydalanish ma’lum bir darajada atmosferadagi radioaktivlik fonini
oshishiga olib kelmoqda. Agarda hamma joyda atom va vodorod bombalari
portlash to’xtatilganda ham faqatgina tinchlik maqsadlaridagi qo’llanilayotgan
atom energetik qurilmalaridan ruxsat etilgan me’yorda radiasiya miqdori bo’lsada
baribir oz miqdorda atrof-muhitga radioaktiv ifloslanish bo’lishi mumkin. Demak,
radioaktiv ifloslanish atom ta’sirining majburiy faktoridir. Shuning uchun ham
atrof-muhitni doimiy ravishda kontrol qilib turish kerak. Radioaktiv moddalar
bilan ifloslanish haqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib borilishi kerak.
Ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarini ehtiyotkorlik bilan radioaktiv ifloslanishdan
saqlash kerak. Atom nurlaridan tinchlik maqsadlarida
foydalanishda radiasiya
xavfsizligidan saqlash uchun maxsus xizmatchilar mavjuddir. Masalan,
atmosferaning, dengizlarning, daryolarning va havoning radioaktiv ifloslanishini
biofizik radiologlar nazorat qilib turish kerak. Aholi yashaydigan punktlarni
radioaktiv ifloslanishdan saqlash vazifasi radiologlarga topshirilgan.
Yuqoridagi keltirilgan tashkilotlar nazorat qilish bilan birga radioaktiv
ifloslanishni
kamaytirish
masalalari
ustida
ham
ishlaydilar.
Radiasion
xavfsizlikning oldini olish uchun tabiiy radioaktiv fonini aniqlashimiz kerak.
Tabiiy radioaktivlik foniga kosmik nurlar, tuproqdagi
tabiiy radioaktiv nurlar
kiradi. Hozirgi vaqtda kosmik nurlanishga asosan yuqori atmosfera qatlamiga
dunyo fazosidan kelib tushadigan protonlar 79%, alfa zarrachalar 20%, uglerod,
azot va kislorod yadrosidan tushadigani 0,7% va atom yadrosining nomerlari 10
dan oshiq bo’lganlari kiradi. Birinchidan, kosmik nurlanish zarrachasining
energiyasi 10
20
ev gacha yetadi. Birinchi kosmik nurlanish atmosferaning atom
yadrolari bilan o’zaro to’qnashib hammasi protonlar,
elektronlar, mezonlar va
neytronlar hosil qiladi. Dengiz yuzasi balandligida kosmik nurlanish asosan 80%
mezonlardan, 20% elektronlardan tashkil topadi. Faqatgina 0,05% protonlar dengiz
yuzasi balandligiga yetib keladi. Kosmik nurlanish geografik kenglikka va
balandlikka bog’liq bo’ladi. Masalan, dengiz yuzasidan 300 metr balandlikda
ancha ko’proq bo’ladi. Tabiiy radionuklidlardan asosan to’rtta radioaktiv nuklidlar
mavjuddir.
Dinamik jarayonlar yordamida biosferada doimiy ravishda modda
almashinuvi natijasida radioaktiv moddalar oilasining muvozanati buzilib turadi.
Ma’lum bo’lishicha, N va S
14
biosferada, ya’ni
vodorod bombasining
portlashigacha 15000 yil davomida radionuklidlar miqdori doimiy bo’lib turgan.
Ma’lumki yer sharining uran va toriy konlari bor ayrim nuqtalarida radionuklidlar
ko’proqdir. Masalan: Braziliyada vulkanik jinslarda radioaktivlikning quvvati 12
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
242
rad yiliga, Hindistonning ayrim yerlari qum tarkibida aholi yashaydigan joylarda
radioaktiv nurlanish 0,2-2,6 rad yiliga ekanligi aniqlangan.
Radionuklidlarning manbalari va tarqalishi bilan radioekologiya fani
shug’ullanadi. Radioekologiya fani asosan radionuklidlarni har xil yer zonalarida
migrasion mexanizmi bilan shug’ullanadi.
O’simliklar
radioaktiv
uglerodni
atmosferadan
oladilar.
Ko’pincha
atmosferadan yog’ingarchilik bilan tushadigan radionuklidlarni o’simliklar o’ziga
singdirib oladilar. Chorvachilikdagi asosiy radioaktiv zararlanish ham ozuqaviy
o’simliklarda bo’lgan radioaktiv nuklidlar sabablidir. Eng xavfli radioaktiv
ifloslanish bu reaktorlarda og’ir yadroning bo’linishidan hosil bo’ladigan
mahsulotlardir. Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor odamning ichki organlarida to’planib
qoladigan va uzoq yashovchi stronsiy-90 va seziy-137 bo’lib,
radiasiyaga eng
sezgir ichki organlarni nurlantiradi. Odamning ichki organlariga, tuproq – o’simlik
– odam yoki tuproq-o’simlik –hayvon – odam zanjir orqali insonni ichki
organlarga radionuklidlar joylashib oladi. Ma’lumki qishloq xo’jalik radiologlari
radioaktiv ifloslanishni kamaytirish choralarini ham ko’radi. Ya’ni tuproq ekinlari,
hosillarini dezaktivasiya qilish bilan ham shug’ullanadi.
Agar ifloslanish aktivligi yer yuzida 10
-3
Ki ga ortiq bo’lsa, bu holatda
aktivlik 10
-4
Ki bo’lganga qadar dala ishini to’xtatib turish kerak. Agar o’rtacha
radioaktivlik ifloslanish darajasi 10
-4
, 10
-3
Ki bo’lsa, tuproqning radioaktivligini
tushirish choralarini ko’rish kerak.
Qishloq xo’jalik ekinlarining yoki dalaning radioaktivlik bilan ifloslanishini
kamaytirish muammolari hozircha shartli bo’lib
meliorativ va gidrotexnik
metodlardan foydalaniladi. Meliorativ usul yordamida yerning ustki qismida
buldozerlar bilan tuproq to’planadi. Bu to’plangan tuproqning aktivligi tushguncha
saqlanadi. Agar kichik lokal uchastkalar radioaktiv ifloslangan bo’lsa, u holda
butun iflos tuproq karyerlarga tashlanadi.
Tuproqning ustki qismini olish metodi kelgusi hosilga zarar keltiradi, ya’ni
ko’p mineral o’g’it solish kerak bo’ladi. Gidromeliorasiya usulida esa tuproq
asosan suv bilan yuviladi, yomg’ir yog’diruvchi apparatlar
bilan esa qum tuproq
yerlarda amalga oshiriladi. Bu usul faqatgina gidromeliorativ inshootlar bor joyda
amalga oshirilishi mumkin. Radioaktivlikni kamaytirishning kimyoviy meliorasiya
usullari ham mavjuddir. Kimyoviy meliorasiya usullaridan biri tuproqning
tarkibiga kimyoviy reagentlar (kislota, tuzlar, komplekslar) yuborish bilan eritib
radionuklidlarni adsorbsiya qilish radioaktivlik bilan ifloslangan maydonlarda
amalga oshirish kerak. Agrotexnik usullardan radioaktivlik bilan ifloslangan
o’simlik maydonlarini chopiq, kultivasiya, suvlash, mineral o’g’it berish yo’li bilan
o’simliklarni radionuklidlardan oziqlanishini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: