206
foydalanilgan spektrga nisbatan uzunroq to’lqinlar tomonga birmuncha siljigan
bo’ladi. Bunga Stoks qoidasi deyiladi. Buni kvant nazariyasiga asosan tushuntirish
mumkin. Yutilayotgan h
υ
0
kvant energiyasining bir qismi boshqa energiyaga
aylanadi. Masalan, issiqlik energiyasiga. Shuning
uchun lyuminessensiya
energiyasi h
υ
<
h
υ
0
bo’ladi. Bunda
υ
0
>
υ
yoki
λ
o
<
λ
9.9-rasm.
Stoks qonunini ifodalovchi chizma.
Ba’zida antistoks lyuminessensiya ham bo’ladi.
λ
o
>
λ
Avval uyg’ongan
molekula yorug’lik kvantini yutgan xolda ro’y beradi. Bu holda lyuminessensiya
kvantiga yutilgan foton energiyasining bir qismidan tashqari yana molekulaning
uyg’onish energiyasi kiradi. Demak, h
υ
> h
υ
0
va
λ
o
>
λ
Suyuq
va
qattiq
lyuminoforlarning
muhim
xususiyati,
ularning
lyuminessensiya spektrining yorug’lik to’lqinlarining uzunligiga bog’liq
bo’lmasligidan iborat. Shu tufayli fotolyuminessensiya spektriga qarab suyuq va
kattik lyuminoforlarning tabiati to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Atom yoki molekula ketma-ket oraliq nurlanishlardan asosiy holga o’tadi.
Lyuminessent
analiz
–
bunda
ultrabinafsha
nurlar
bilan
uyg’otilgan
fotolyuminesensiya spektriga qarab modda tarkibi aniqlanadi. Bu juda sezgir usul
bo’lib 10
-10
gramm moddani aniqlash mumkin. Lyuminessensiya usuli bilan qishloq
xo’jalik mahsulotlarining buzila boshlanishini aniqlanadi.
Farmakologik
mahsulotlarni saralashda va kasalliklarga tashxis qilishda qo’llaniladi. Maxsus
mikroskoplar yordamida obyektlarning lyuminessent tahlili olib boriladi. Bu
mikroskoplarda yorug’lik manbai sifatida yuqori bosimli simob lampalari va 2 ta
svetofiltrlar ishlatiladi. Bulardan bittasi kondensor oldida joylashtiriladi va u
lyuminessensiya uyg’otuvchi nurni ajratadi.
Fotolyuminessensiya yordamida mashinalar detallari va boshqa buyumlar
sirtidagi yoriqlarni ham payqash mumkin. Buning uchun detal sirti lyuminofor
modda bilan moylanib 15-20 minutdan so’ng yuviladi.
Yoriqlarda qolgan
lyuminofor shula’lanishi tasvirga olinadi.. Fotolyuminessensiya yashirin yoritish
va dekorativ maksadlarda (buyoq ranglar) foydalanilmoqda.
Lyuminessent analiz deb, ultrabinafsha nurlar ta’sirida moddalarning
shulalanishiga qarab, ularning tarkibini aniqlash usuliga aytiladi. Bu holda
tekshirilayotgan moddaning xususiy lyuminissensiyasi
yoki unga kiritilgan
lyuminoforning nurlanishi kuzatiladi. Bu usulda moddaning buzilishisiz tahlil
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
207
o’tkazishga imkon beradi. Lyuminessent analiz fan va amaliyotning turli
sohalarida ishlatiladi. Masalan, kriminalistikada ultrabinafsha nur bilan nurlantirish
yordamida qonning ko’rinmaydigan izlarini aniqlash mumkin. Odamlar, hayvonlar
va qushlar qonining nurlashi bir-biridan farq qiladi. Xuddi shunday haqiqiy va
qalbaki pullar ham turlicha nurlaydi. Lyuminessent analiz yordamida suratlarning
haqiqiy yoki nusxa ekanligini aniqlash mumkin.
Veterinariya-sanitariya ekspertizasida ham bu usuldan keng qo’llaniladi.
Masalan go’sht-sut
stansiyalarida, bozorlardagi veterinariya laboratoriyalarda
mahsulot sifatini nazorat qilishda ekspres analiz uchun mahsulotlar ultrabinafsha
nurlar bilan nurlantirilganda uning buzilish darajasining ko’payishiga qarab qizil
binafsha rangdan, zangori-ko’k rang ko’rinishida, baliqlar – sariq rangdan sarg’ish-
zangori rang ko’rinishida, sut – zangor sarg’ish rangdan ko’k rang ko’rinishiga
qarab o’zgaradi. Lyuminessent analiz bir necha minut ichida mahsulotlarning
boshlang’ich buzilishini aniqlab berishi mumkin.
Bundan tashqari, lyuminessent
mikroskoplar yordamida ham mahsulotlar sifatini, mikropreparatlar nurlanishiga
qarab infeksion kasalliklarni uyg’otuvchilarni, immunofluoressent usul yordamida
hayvonlarda infeksion kasalliklarning boshlanishini aniqlash mumkin.
Biokimyoviy
lyuminessensiya
deb
tirik
to’qimalarning
kuchsiz
shu’lalanishiga aytiladi.
Biolyuminessensiyada ba’zi tirik organizmlarning nurlanishning ko’rinadigan
sohasida lyuminessent nurlanishiga aytiladi. Bu holda kimyoviy energiyaning
yorug’lik energiyasiga o’tish darajasi ancha yuqori bo’ladi.
Buning mexanizmi
ancha murakkab va to’la o’rganilgani yo’q. Ko’p tirik organizmlarda vodorod bilan
boy organik birikmalarda fermentativ oksidlanish, ya’ni lyusiferinoz yuz beradi.
Oksidlanishni tezlatuvchi fermentlarga lyusiferedlar deyiladi.
Alohida olingan lyusiferin oksidlanishi va nurlashi uncha katta emas, lekin
lyusiferin ta’sirida lyuminessensiya intensivligi 10000 marta oshishi mumkin.
Biolyuminessensiya bo’lishi uchun, lyusiferin molekulalari bo’lishi zarurdir.
Uning tarkibida atigi 10
-9
gramm bo’lsa lyuminissensiya yuz beradi. Ba’zi hollarda
fermentlar bo’lmasa ham nurlanish bo’lishi mumkin.
Biolyuminessensiya ko’plab har xil jonivorlar uchun xos bo’lgan
xususiyatdir. Masalan, bakteriyalar,
hashoratlar baliqlar, malyuskalar va hokazo.
Taxminan 250 turga yaqin jonzodlarda bu hol kuzatiladi. Ko’plari bu xususiyatdan
o’ljasini ushlashda, ba’zilari dushmanini qo’rqitishda qo’llaydi. Bunday hollarda
nurlanish energiyasi 0,02 kJ bo’lishi mumkin. Ko’plab o’simlik va jonzodlarda
nurlanish intensivligi kuchsiz bo’lib, ularni fotokuchaytirgichlar yordamida qayd
qilish mumkin. Bu lyuminessensiya hujayradagi bo’linishlar bilan bog’liq
bo’lganligi sababli tirik organizmdagi o’zgarishlar haqida qo’shimcha
axborotlar
berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: