142
ketma – ket ulanib oshiriladi. Masalan, Janubiy Amerika suvlarida yashovchi
ugrida 8000 tagacha plastinka bo’lib, kuchlanishi 500 voltgacha yetishi mumkin.
Suvning o’tkazuvchanligi katta bo’lganligi sababli, bu baliq o’z
zaryadi bilan ot
yoki sigirni o’ldirishi mumkin.
Biopotensialni o’lchash uchun mikroelektrodlar kerak. Agarda organning
hamma hujayralari bir vaqtda uyg’onsa uni bevosita usul bilan o’lchash mumkin.
Bunday organlarga yurak, muskullar, miyalar kiradi.
Tibbiyot va veterinariyada yurak biopotensiali (EKG) to’qimalar biopotensiali
(EMG–elektromiografiya), miya biopotensial EEG (elektroensafalografiya)da keng
qo’llaniladi. Biopotensialni o’lchash uchun kerakli organga elektrodlarni qo’yish
bilan aniqlanadi. Lekin klinik amaliyotda hayvon va odam tanasi sirtida hosil
bo’ladigan kuchlanish o’lchash yordamida aniqlanadi.
Veterinariyada muskullar aktivligini tekshirish muhim rol o’ynaydi. Masalan,
oshqozon va ichaklardagi hosil bo’ladigan biopotensiallarni o’lchash.
§ 7.6. Biologik tizimlarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok
Elektr toki deb zaryadlangan zarrachalarning tashqi maydon ta’sirida bir
tomonga tartibli harakatiga aytiladi. Bunday
zarrachalarga elektronlar, musbat va
manfiy ionlar kiradi.
Elektron o’tkazuvchanlik metallarga xos bo’lsa, eritmalar uchun ionli
o’tkazuvchanlik xarakterlidir. Real holda esa har qanday o’tkazuvchanlikda ionlar
ham, elektronlar ham qatnashishi mumkin.
Biologik tizimlarda sof elektron o’tkazuvchanlik bo’lmaydi.
Chunki ular yo
dielektrik yoki elektrolitlar eritmasidan iborat bo’ladi. Masalan, qon, qon plazmasi,
to’qima suyuqliklari shularga kiradi. Qon plazmasi tarkibida 0,32% osh tuzi va
boshqa tuzlar, 6 – 7% oqsil bor. Bunday ko’plab erkin ionlarga ega bo’lgan tizim
solishtirma qarshiligi kichik bo’lishi kerak, lekin sitoplazmaning o’zgarmas tokka
solishtirma qarshiligi katta, ya’ni
3
1
÷
om.m. ko’plab to’qimalar
solishtirma
qarshiligi
⋅
÷
100
10
kom.m atrofida bo’ladi. Bunga sabab sitoplazma tarkibiga
elektrolitlardan tashqari yog’lar va oqsillar ham bo’lib, hujayradagi membrana ham
elektr xossalarga katta ta’sir ko’rsatadi. Turli to’qimalar solishtirma qarshiligi
turlichadir. Tirik obyektlarda elektr o’lchashlar
olib borish ancha murakkab,
chunki vaqt o’tishi bilan organizm fizik o’lchamlari o’zgarib turadi. Ularning
o’zgarishiga undan tok o’tishi ham, fiziologik jarayonlar ham sabab bo’lishi
mumkin.
Organizmdagi alohida to’qimalarda o’lchashlar olib borishda o’tkazuv-
chanlikning ion xarakterda ekanini e’tiborga olish zarur va ularda doimiy namlikni
ta’minlash zarur. Buning uchun to’qima maxsus nam kameraga joylashtiriladi.
Lekin bu holda hosil bo’ladigan yuza namligi hajmiy qarshilik bilan
shuntlanganligi
sababli natija noto’g’ri bo’lishi mumkin.
Shuni unutmaslik
kerakki, har bir keyingi o’lchash oldingi o’lchash natijasiga ta’sir qilishi mumkin,
shu sababli keyingi o’lchashlarda olingan natijalar tajriba qiymatlariga mos
kelmasligi mumkin. Alohida hujayra elektr parametrlari o’lchash bundan ham
murakkabdir. Hujayraga mikroelementni qo’yish unga ma’lum ta’sir ko’rsatadi va
natijada uning elektr o’tkazuvchanligi o’zgaradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
143
Doimiy tok o’tishida sitoplazmada dissosiasiya
yuz beradi va u ancha katta
bo’lsa hujayraning halokatiga olib keladi. Shu sababli hujayra yoki tirik organizm
elektr o’tkazuvchanligini o’lchashda kichik toklardan foydalanish tavsiya qilinadi,
lekin bu holda aniqlik darajaga kamayadi.
Ba’zi to’qimalarning solishtirma elektr qarshiligi quyidagi jadvalda
keltirilgan.
7.2-jadval
№
Modda
Do'stlaringiz bilan baham: