135
qarshiligi 10
3
Om.m. Sog’lom teri quruq bo’lsa, bir qo’l uchlaridan ikkinchi qo’l
uchlarigacha bo’lgan tananing qarshiligi 15000 Om ni tashkil qiladi. Tajribalarning
ko’rsatishicha, sitoplazma,
tirik hujayra, ayrim to’qimalarning o’zgarmas tokka
qarshiligi ancha kattadir. Turli to’qimalar elektr o’tkazuvchanligi bir-biridan ancha
farq qiladi. Orqa miya suyuqligi, qon, limfa tokni yaxshi o’tkazadi,
muskullar,
jigar, yurak, o’pka muskullari esa yomon o’tkazadi. Yog’, suyak to’qimalari va
teri ulardan ham yomon o’tkazadi. Hujayraning elektr xossalari ham ancha
murakkabdir. Sitoplazmaning solishtirma qarshiligi 0,1 dan 300 Om.m.
chegarasida yotadi. Hujayra membranasi 1 sm
2
yuzining qarshiligi 10
3
–10
4
Om.m.gacha bo’ladi. Biologik tizimlaridan tok o’tishiga hujayrada ro’y beradigan
qutblanish hodisalari ancha ta’sir qiladi.
7.4-rasm.
Hujayra elektr maydonida. M-membrana, Ya-yadro
Elektr maydon ta’sirida hujayra sirtida qarama-qarshi yo’nalishda turli
ishorali ionlar to’planadi. Bu ionlar konsentrasiyasi ma’lum
bir miqdorga teng
bo’lgach, dielektrik qatlam «teshiladi», ya’ni hujayra membranasi orqali tok o’ta
boshlaydi. Kuchsiz toklarda membrana umuman «teshilmaydi», chunki bunda
hujayraning ikki uchida to’planayotgan ionlar issiqlik harakati tufayli sochiladi.
Demak, to’qimalarning elektr toki tomonidan ta’sirlanish bo’sag’asi mavjud bo’lib,
undan past tokda tirik organizm tok ta’sirini sezmaydi. Elektr tokining ta’siri
sezilarli bo’lishi uchun hujayra sirtida ma’lum miqdorda zaryad to’planishi shart,
buning uchun ma’lum bir vaqt kerak bo’ladi. Bo’sag’a tokining vaqtga bog’lanishi
Veyss formulasi orqali ifodalanadi.
в
t
a
J
+
=
(7.18)
Tok kuchi kuchlanishiga proporsional bo’lgani uchun Veyss formulasini
quyidagicha yozish mumkin (7.5-rasm).
B
t
A
U
+
=
(7.19)
Bunda, A,V,a,b –tajribadan topiladigan o’zgarmas kattaliklar.
v yoki V - konstanta bo’sag’a tokining ko’p vaqt davomida ta’sir
etuvchi
minimal kuchini ko’rsatadi va u reobaza deb yuritiladi. Ikki reobazaga teng tok
kuchida organizmni ta’sirlashtirishga ketadigan vaqtga xronaksiya
deyiladi.
Xronaksiya kattaligi to’qimaning qo’zg’aluvchanligini ko’rsatadi va
hayvonlar patalogik holatini aniqlashga imkon beradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
136
7.5-rasm.
Tovuq uchun doimiy tokning ta’sir etish vaqti.
Qishloq xo’jaligida parrandalarga 60 DBdan yuqori shovqin bilan ta’sir etilsa
qushlarning xronaksiyasida o’zgarish ro’y beradi, shu bilan birga ularning
fiziologik holati yomonlashadi va tuxum tug’uvchanligi pasayadi.
Shu sababli
xronaksiyani o’lchash orqali ayrim kasalliklarni aniqlash mumkin. Kuchsiz toklar
terapevtik ta’sirga ega, kuchsiz o’zgarmas toklar bilan davollash usuliga
galvanizasiya deyiladi. Bu usuldan XIX asr boshlarida foydalanila boshlaganlar.
Elektrodlar joylashishi o’rniga qarab ta’sir teridan nerv hujayralari orqali u yoki bu
ichki organga uzatiladi. Natijada tok ta’sirida almashish
va funksional xossalarda
o’zgarishlar ro’y beradi. Teri va ichki organlarning tok ta’siriga javob reaksiyasi
tufayli kapillyarlar reflektor tarzda kengayadi,
hujayra membranalarning
o’tkazuvchanligi o’zgaradi.
7.6-rasm.
Elektr maydoni yordamida tirik organizmga dori moddalar kiritish.
Veterinariya klinikasida elektr toki yordamida tirik organizmga dori
moddalarni kiritish usuli elektrofarez keng qo’llanilmoqda. Bunda hayvon tanasiga
kiritilayotgan dorilar ta’siri o’zgarmas tok ta’siri bilan birga bo’ladi. Bunda
elektrod bilan teri orasiga dori eritmasiga ho’llangan mato qo’yiladi. Tok o’tishi
paytida matodagi dori ionlari teri orqali orga-nizmga o’tadi. Shu vaqtning o’zida
teridan matoga hujayralardan K
+
, Na
+
,Cl
-
va boshqa ionlar o’tadi
Do'stlaringiz bilan baham: