116
6.2-rasm.
Termodinamik tizimda bajarilgan ishni hisoblash chizmasi.Bunda P-
bosim, V-xajm
Jarayon yoki ko’chishga bog’liq bo’lmagan fizik harakteristikalar odatda
tizimning vaziyatiga yoki boshlang’ich va oxirgi holatiga mos keluvchi biror
funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalanadi.
Qaytuvchi jarayon uchun
keltirilgan issiqlik miqdorining yig’indisini tizim holatining entropiyasi deb
ataluvchi biror funksiya ikki qiymatining ayirmasi kabi ifodalash mumkin:
∫
=
−
=
∆
T
dQ
S
S
S
2
1
1
2
(6.8)
Bu yerda
2
S
va
1
S
tizimning oxirgi va boshlang’ich holatlariga mos keluvchi
entropiyasi. Shunday qilib, entropiya tizimning holat funksiyasi bo’lib, ikki holat
uchun entropiya kiymatlarining ayirmasi tizimning bir
holatidan boshqa holatiga
qaytuvchi o’tishlaridagi keltirilgan issiqlik miqdorlarining yig’indisiga teng.
Molekulyar-kinetik nazariya bo’yicha entropiya tizim zarralari tartibsizligining
o’lchovi deb olish mumkin. Tizimdagi tartibsizlik miqdoran termodinamikaviy
extimollik
тар
W
bilan harakterlanadi.
Bolsman entropiyaning termodinamikaviy ehtimollikning logarif-miga
proporsional ekanini aniqladi:
тар
W
k
S
ln
=
(6.9)
k – Bolsman doimiysi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni birinchi qonunni to’ldirgani kabi,
entropiya ham energiya tushunchasini to’ldiradi.
Ochiq tizimning holati
termodinamik muvozanatda tekshiriladi. Agarda termodinamik tizimning holati
muvozanat holatidan ozgina farq qilsa, uni xuddi muvozanat holatidagiday
parametrlar bilan xarakterlash mumkin. Bunday tizimning
tartibsizlik darajasi
entropiya bilan aniqlanadi. Ochiq tizimning entropiyasi muvozanat bo’lmagan
holatda tizimga energiya va modda kelishi munosabati bilan entropiyasi oshadi.
Termodinamikaning ikkinchi asosiga binoan yopiq izolyasiyalangan tizim
entropiyasi oshib boradi va o’zining maksimumiga intiladi. Ochiq tizimda esa
doimiy entropiyali turg’un holat bo’lishi mumkin. Organizm – turg’un tizim uchun
O
dS
=
,
const
S
=
,
0
⋅〉
i
dS
,
0
〈
dSe
deb yozish mumkin. Bunda
dSi
- tizimdagi qaytmas
jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan entropiyaning o’zgarishi
dSe
- tizimning tashqi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
117
muhit jismlari bilan ta’sirlashuvi tufayli yuzaga kelgan entropiyaning o’zgarishi
quyidagicha hisoblanadi.
dSe
dSi
dS
+
=
yoki
O
dSi
dS
dSe
〈
−
=
(6.10)
Bu esa tizimga o’tayotgan mahsulotdagi (modda va energiya)
entropiya
tizimdan chiqayotgan mahsulotdagi entropiyadan kichik ekanligini bildiradi.
Prigojin turg’un holat uchun entropiyaning minimumi hosil bo’lish prinsipini
tariflab, ayrim funksiyalarning ekstremal qiymatlarini ko’rsatdi.
Organizm atrof-muhit entropiyasi izolyasiyalangan tizimdagi kabi ortib
boradi, ammo bunda organizmning entropiyasi o’zgarmas saqlanib qoladi.
Entropiya tizim tartibsizligining o’lchovidir. Shu sababli organizmning tartibliligi
atrof-muhit tartibliligining kamayishi hisobiga saqlanadi.
Ayrim kasalliklar holatlarida biologik tizimlar entropiyasi oshishi mumkin
(
O
dS
〉
), bu turg’un holatning bo’lmasligi tartibsizlikning yo’qligi bilan bog’liq.
Masalan, rak kasalliklarida hujayralarning tartibsiz ravishda ko’payib
ketishi yuz
beradi.
(6.10) ifodani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin.
dt
dSe
dt
dSi
dt
dS
+
=
(6.11)
turg’un holat uchun esa
dt
dSe
dt
dSi
−
=
(
0
=
=
dt
dS
const
S
) (6.12)
Prigojin prinsipiga muvofiq
0
〉
dt
dSi
va minimaldir, demak
dt
dS
ham
minimal
qiymatga ega bo’ladi.
Bundan quyidagi xulosa chiqadi; atrof-muhit entropiyasining o’zgarishi
organizmning turg’un holati saqlanib qolgan holda ham minimumga ega. Tirik
tizimlar (hujayra, a’zolar, organizm) ishlab turishiing asosi – diffuzion jarayonlar
biokimyoviy
reaksiyalar, osmotik hodisalarning va hokazo shunga o’xshash
jarayonlarning yuz berishi sharoitida turg’un holatini quvvatlab turishidan
iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: