Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik



Download 4,86 Mb.
bet14/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

Kirish Chiqish

3.2-rasm. Maydon ichidagi avtomobil yo‘llari:
1 – halqasimon yo‘l; 2 – berk yo‘l; 3 – raz’ezd; 4 – bo‘rilish; 5 – halqasimon yo‘lni kengaytirilgan qayriladigan qismi.
To‘g‘ri burchakli yo‘l plitalari ( uzunligi 2.5...3.0 m, kengligi 1.0...1.5 m qalinligi 0.14...0.22 m va massasi 0.63...1.8 t) tayyorlanishi va qurilish maydonida ishlatilishi oddiy, yuqori yuklarni qabul qiladi, istagan vaqtda va faslda o‘rnatilib darrov foydalanish mumkin. Yo‘llar ko‘proq izli bir va ikki yo‘l raz’yezdli qilib quriladi. Ponasimon plitalar yo‘l qoplamasini butun kengligi bo‘ylab o‘rnatilishiga imkon beradi, burilish joylarida qayrilish radiusi hohlagancha bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri chiziqli yo‘llarda plitalar navbat bilan bir marta keng qismi , bir marta tor qismi tomoni bilan o‘rnatilib boriladi. Bu turdagi plitalardan foydalanganda ayrim uchastkalarda (ayniqsa burilishda) monolit qismlarga ehtiyoj qolmaydi.

3.3-rasm. Temirbeton plitalardan vaqtinchalik yo‘llar:
a – izli, to‘g‘riburchakli plitalardan bir tomonlama; b – shuning o‘zi ikkitomonlama; c – transport raz’ezdida yo‘lni kengaytirilishi; d – ponasimon shakldagi plitalardan; 1 – bir izli uchastok; 2 – ikki izli uchastok.
Ushbu turdagi yo‘llarni qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash
xarajatlari harakat intensiv bo‘lgan qurilishlarda o‘zini 1.5...2 yilda qoplaydi. Yig‘ma va bo‘laklarga ajratiladigan plitalar qurilish tashkilotini shaxsiy mulki bo‘lib , undan ko‘p marta foydalanish imkonini beradi.
3.2.2. Qurilish yuklarini ortish va tushirish
Qurilish yuklarini ob’yektga ko‘chirishda junatiladigan yerda ularni
ortish va kelgan yerda ularni tushirish ehtiyoji bo‘ladi. Bu operatsiyalar to‘liq mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lib, bu ishlarni bajarishda umumqurilish va maxsus mashinalar va mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu mexanizmlar mustaqil ishlashi mumkin yoki transport vositalarini konstruktiv qismining bo‘lagi bulishi mumkin.
Birinchi guruhga maxsus ortuvchi – tushiruvchi va odatdagi montaj kranlari, siklik va uzluksiz ishlovchi yuk ortuvchilar, ko‘chuvchi lentali konveyrlar, mexanik bellar, pnevmatik yuk to‘shiruvchilar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga avtomobil-samosvallar, o‘zi yuk tushiruvchi platformali transport vositalari va avtonom yuk tushiruvchi vositalar va boshqalar kiradi.
Qurilishda kichik o‘lchamdagi donabay material va mahsulotlarni paket va konteynerda tashish keng qo‘llanilmoqda. Paket – maxsus poddonga joylashtirilgan yuk to‘pi. Paketlar shunday shakllantirilgan bo‘lishi kerakkim , uni ko‘chirish bosqichlarida shakli o‘zgarmasin.
Konteyner – ko‘p marta qo‘llaniladigan inventar qurilma yoki idish. Universal konteynerlar yopiq, ortish va tushirishni ta’minlaydigan moslamalar bilan jihozlangan turli kategoriyali yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Maxsus konteynerlar konstruksiyasi ma’lum aniq turdagi yuklarni– rulonli materiallar, pardozlash plitkalari, linoleum, bino seksiyasi uchun elektromontaj armaturasi va boshqalarni tashish uchun yaratiladi.
3.2.3. Material elementlarni joylashtirish

Qurilish maydoniga keltirilgan material elementlar vaqtinchalik asrashga − zaxira yaratishga mo‘ljallangan ob’yekt qoshidagi omborlarda joylashtiriladi.
Ishlab chiqarishga taalluqli zahirani ikki asosiy turi boryo – joriy va ehtiyot tariqasidagi. Biri-biriga bog‘liq ikki ta’minot orasida yetkazilgan material resurslar joriy zaxirani tashkil etadi. Ideal holatda joriy zaxira ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lishi kerak. Ammo, material va konstruksiyalarni yetkazishdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zilishlarni e’tiborga olgan holda va joriy zahirani bir maromda to‘lmasligini kompensatsiya qilish uchun ehtiyot tariqasidagi zaxira yaratiladi. Odatda, ombordagi yig‘ma konstruksiyalarning minimal zaxirasi 5 ish kuniga yetarli qilib qabul qilinadi.
Ishlab chiqarishga taaluqli zaxira darajasi qabul qilingan ishni tashkil etishga − montaj “transport vositalaridan”mi yoki ombordanmi, ob’yektni markaziy ta’minot bazalaridan o‘zoqligi, transport turi va boshqa faktorlarga (omillar) bog‘liq. Konstruksiya va material zaxirasi miqdori ko‘p bo‘lgan omborlar mavjudligi, bir tomondan ishlab chiqarishni uzluksiz ta’minlasa , ikkinchi tomondan qurilishga bo‘lgan investitsiyalarni “muzlashiga” ya’ni qurilishni qimmatlashuviga olib keladi. SHuning uchun bosh pudratchi ob’yekt qoshidagi omborlarni ma’qul hajmlarini topishi kerak. Ob’yekt qoshidagi omborlar yopiq, yarim yopiq va ochiq bo‘ladi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish