Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik



Download 4,86 Mb.
bet10/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

Ketma-ket usulda alohida binoni barpo etishda ishchilar brigadasi har bir keyingi ishni oldingi ish to‘gagandan so‘ng boshlaydi. Demak, bino qurilishining umumiy davomiyligi alohida ishlar bajarilish davomiyliklarining yig‘indisidan iborat, ya’ni bu holatda ob’yektdagi ishlarni bajarish uchun kam miqdordagi ishchilar yetarlidir. Bir tipdagi binolar ketma-ket qurilganda, ya’ni har bir keyingi bino oldingisi qurilgandan so‘ng boshlansa, binolarni qurayotgan yagona brigada ketma-ket qurilgan binodan yangi qurilishi boshlangan binoga o‘tadi. Bu usulda, binolar kompleksi (majmuasi)ning umumiy qurilish davomiyligi bir bino qurilishi davomiyligini binolar sonini ko‘paytmasiga teng bo‘ladi, ammo bu holatda, bir bino qurilishidagidek o‘zoq vaqt bir yerda harakatda bo‘lganiga nisbatan kam ishchilar soni kerak bo‘ladi .
Parallel usulda bir paytning o‘zida alohida binoda turli ishlar bajariladi yoki bir tipli binolar bir paytda barpo etiladi. Har bir ko‘rilayotgan ob’yektda mustaqil ish yuritadigan brigada ishlaydi. Ideal holatda brigadalar bir paytda ishni boshlab va bir paytda binolarni barpo etishni to‘gatadilar. Parallel usulda, alohida binoni barpo etish muddati jami ishlarni bajarish muddatiga teng, ammo bu usulda bir paytda ishlaydigan ishchilarga bo‘lgan talab m martaga (shu turdagi ishlar va ishchilar brigadasi soni) oshadi. Bir xil tipdagi binolar kompleksini parallel usulda barpo etganda, inson resurslarini jalb etish va qurilish muddati yuqorida keltirilgan sxemaga o‘xshash bo‘ladi.
Qurilishning oqim usuli o‘zida ketma-ket va parallel usullarining yutuqlarini aks ettirib ularning kamchiliklarini bartaraf etadi. Bu usulda qurilishni umumiy davomiyligi ketma-ket usuldagidan ancha kam, shuningdek, ishchilardan foydalanish intensivligi parallel usuldagidan kamroq.
Ko‘rsatilgan qurilish usullarni beshta bir xil binolar qurilishi misolida kerakli hisoblar va diagrammalar yordamida namoyish etamiz. Bir binoga sarf bo‘ladigan mehnat xarajati q = 300 odam-kun, brigada n = 10 odam sonidan iborat, binoni qurilish davomiyligi (bir qamrovdagi ishlar) t= 30 ish kuni, N ‒ ishchilar soniga bo‘lgan kundalik maksimal talab.
2.1-rasmda binolarni ketma-ketlik usulida barpo etishni kalendar grafigi berilgan. Ishlarni bajarish davomiyligi T= mt = 5 • 30 = 150 kun. Inson resurslari (ishchilarga bo‘lgan talab) p = N (har kuni 10 odam). Umumiy mehnat sarfi Q = Tp = 150 • 10 = 1500 odam-kun. Binolarni parallel usulda barpo etish 2.2-rasmda keltirilgan. Ishlarni umumiy bajarish davomiyligi T = t =30 kun. Ishchilarga bo‘lgan talab N = mn = 5 • 10 = 50 odam (ishchi ) bir kunda. Umumiy mehnat sarfi o‘zgarmaydi Q = NT= 50 • 30 = 1500 odamkun.
Ishlarni oqim usulida bajarishning o‘ziga xos tomoni qurilish ishlari va ularning kompleks (majmua)larini bosqichlarga yanada kichikroq tashkil etuvchilarga bo‘lishdir.

Qamrovlar













Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda










10

20

30

40

50

60

70

80

90

100

110

120

130

140

150

1

























2

























3

























4

























5

























2.1-rasm. Binolarni ketma-ket usulda barpo etishning kalendar grafigi

2.2-rasm. Binolarni qamrovlarda parallel usulda barpo etishning kalendar grafigi.

2.3-rasm. Binolarni qamrovlarda oqim usulida barpo etishning kalendar grafigi.
Bino qurilishini boshlagan hamma brigada a’zolarini kerakli qurilish kasblarini mukammal o‘zlashtirgan, yer ishlaridan boshlab binoni pardozlash ishlariga qadar barcha ishlarni sifatli bajaradi deb tasavvur qilish qiyin. Shu boisdan, qurilish ishlarini ketma-ket bajariladigan uch siklga bo‘lish ma’quldir: binoni yer osti qismini barpo etish − yer ishlari, poydevorlarni va yerto‘lani qurish, gidroizolyatsiya va boshqa ishlarni bajarish; yer usti qismini barpo etish – ichki devorlar bilan birgalikda binoni karkasi, pardevorlar, deraza va eshiklarni o‘rnatishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish hamda maxsus ishlarni bajarish va oxirgi sikl − binoning ichkari va tashqarisini pardozlash. Shartli ravishda qabul qilgan holda, har bir sikldagi ishlarni bajarishda mustaqil, ixtisoslashtirilgan, yuqori malakali 10 odamdan iborat bo‘lgan brigada ishlaydi va ular har bir binoda o‘zining ishini 9 kunda bajaradi. Ishlarni oqim usulida olib borishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ixtisoslashtirilgan brigada bir binoda o‘z siklini to‘gatib ikkinchi binoga o‘tadi va o‘z o‘rnini keyingi sikl ishlarini bajaruvchi brigadaga bo‘shatib beradi (2.3-rasm). Shuningdek, ketmaket ravishda ikkinchi brigada birinchi ob’yektdan ikkinchi ob’yektga ( bir qamrovdan ikkinchi qamrovga) ko‘chadi. SHunga o‘xshash uchinchi brigada ishlaydi, agar sakllar soni ko‘p bo‘lsa , u holatda to‘rtinchi va hokazo. Bu yerda ixtisoslashgan va tajribaga ega har bir brigada o‘zining ishini 10 kunda emas 9 kunda bajaradi.

2.4-rasm. Ishlarni oqim usulida ishchi kuchi harakati grafigi.
Har bir vaqt intervalida ishlaydigan ishchilar soni 2.4-rasmda keltirilgan.
Ishlarni umumiy davomiyligi T= 63 kun. Umumiy mehnat sarfi Q= 10*9*2 + 20*9*2 + 30*93 = 1350 odam-kun.
Ishlarning davomiyligi (vaqt), kunlarda
2.5-rasm. Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‘yicha kalendar grafigi.
Ishlarni oqim usulida bajariladigan ish turlari bo‘yicha kalendar grafigi 2.5- rasmda ko‘rsatilgan. Ishlarni bajarish usullarini solishtirish 2.1-jadvalda keltirilgan. Brigadalarni ixtisoslashtirilishi oqim usulida maksimal darajada mehnatni mexanizatsiyalashtirishga, tashkil etishni yaxshi ta’minlashga, yuqori mehnat unumdorligiga erishishga imkon beradi. Muddatlarni qisqartirish bir turli ishlarni ketma-ket va har turli ishlarni parallel bajarish hisobiga erishiladi.
2.1-jadval Ishlarni bajarishning turli usullarini solishtirish

Usullar

Ishlarning davomiyligi, kunlar

Ishchilarning minimal soni

Kompleks brigadalar soni

Umumiy mehnat sarfi, odam-kun

Ketma-ket

150

10

1

1500

Parallel

30

50

5

1500

Oqim

63

30

3
(ixtisoslashtirilgan)

1350

Bino va inshootlar qurilishida oqim usuli asosiy usul bo‘lib, chunki uni qo‘llaganda qurilish – montaj ishlarining uzluksizligi va bir maromda bajarilishi ta’minlanadi.

III BOB. QURILISH BOSH PLANI, MATERIAL VA KONSTRUKSIYALARNI OMBORLARGA JOYLASHTIRISH


Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish