Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Qurilish bosh planlarini loyihalash uchun qo’shimcha tavsiyalar



Download 4,86 Mb.
bet13/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

Qurilish bosh planlarini loyihalash uchun qo’shimcha tavsiyalar:

  • vaqtinchalik binolar va omborxonalarni sanitar holatini e’tiborga olgan holda va ularning o‘zaro yomon ta’siriga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlab joylashtirish kerak;

  • vaqtinchalik binolar, inshootlar va konstruksiyalar qurilish maydonidagi doimiy muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalariga yaqin joylashtiriladi;

  • yordamchi-xo‘jalik ob’yektlarni joylashtirish uchun joy tanlaganda, ularga kerakli vaqtinchalik injener tarmoqlari, vaqtinchalik yo‘llar va yayov yurish yo‘lkalariga xarajat kam sarf bo‘lishiga erishish kerak;

  • konstruksiyalar, materiallar va uskunalarni ochiq omborlari montaj kranining harakat zonasida joylashtiriladi;

  • yoqilg‘i va yonuvchi materiallarning ombori boshqa ob’yektlardan kamida 20...30 m narida joylashtiriladi;

  • konstruksiya va jihozlarni yiriklashtirish maydoni, yiriklashtirilgan bloklarni montaj zonasiga xavfsiz yetkazilishini ta’minlaydigan joylarda quriladi;

  • xizmatchilar binosi, xonalar, vagonchalar – ish yurituvchi, dispetchr, dam olish xonalari, sanitar-xizmat binolari qurilish maydonining kirish qismiga yaqinroq joylashtiriladi;

  • qurilish maydonidagi yo‘llar, aylanma yo‘llar , avtomobillarni burilishi va to‘xtab turishi uchun maydonchalar bilan quriladi;

  • doimiy muhandislik tarmoqlarini umumiy kollektorda, yo‘lni

yuradigan qismidan va kranosti yo‘llaridan chetda joylashtirish tavsiya etiladi;

  • yer ustida yoki yerdan bir oz balandlikda joylashtirilgan vaqtinchalik tarmoqlar doimiy tarmoqlar trassasi chegarasida joylashmasligi kerak.

3.2. Konstruksiyalar omborini loyihalash


Yig‘ma konstruksiyalar omborlarda shtabellarda yoki kassetalarda vertikal holda ishlovchi konstruksiyalar – devor panellari, fermalar va boshqalar joylashtiriladi.
Shtabellar orasidagi o‘tish joylari 0.4 dan 1 m gacha kenglikda ko‘ndalangiga har 20...30 m da va bo‘ylamasiga har 2 shtabeldan keyin tashkil qilinadi.
Transport vositalari va ortuvchi-tushiruvchi mexanizmlar harakati uchun
3...4 m kenglikdagi tor yo‘llar kamida har 100 m da barpo etiladi.
Omborlar kengligi shunday hisob bilan olinadikim, elementlar qushimcha ko‘tarish va siljitishlarsiz bir marta ko‘tarilishi, ya’ni ular xizmat qilayotgan kranning harakat zonasida bo‘lishi kerak.
Yig‘ma elementlar omborda, transport vositalarida tashilgan holatidagidek joylashtiriladi. Gorizontal taxlanadigan konstruksiyalar orasiga yog‘och tagliklar va ular orasidagi masofa konstruksiyalarni ishlash sharoiti bilan bog‘liq holda qo‘yiladi.
Elementlarni omborda joylashtirilishi alohida, ya’ni bir tipdagi elementlar bir yerda taxlanadi va guruhli, ya’ni turli tipdagi elementlar bir yerda taxlanib, ularni montaji kranning bitta turar joyidan amalga oshiriladi.

3.2.1. Qurilish maydoni yo‘llari

Qurilish avtoyo‘llari, qurilish maydonini umumiy avtomobil yo‘llarini tarmog‘i bilan bog‘lovchi shoxobcha yo‘llar va qurilish maydoni ichra yuk tashiladigan qurilish maydon ichidagi yo‘llardan iborat. Odatda, shoxobcha yo‘llar doimiy, qurilish maydon ichidagi yo‘llar vaqtinchalik quriladi. Bu yo‘llar asosiy ob’yekt qurilishi boshlangunga qadar quriladi.
Qurilish maydonida yo‘llar berk va halqasimon bo‘lishi mumkin. Berk yo‘llarni oxirida aylanish maydonchalari, o‘rta qismida kerakli holatda raz’ezdlar bo‘lishi kerak. Avtomobilni normativ gabaritlaridan kelib chiqqan holda (kengligi 2.5 va balandligi 3.8 m bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak) bir tomonlama harakatda avtomobil yo‘lini kengligi 3.5 m dan, ikki tomonlama harakatda 6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar yo‘l bir tomonlamali qilib loyihalangan bo‘lsa , yuklarni tushirish joylarda kengaytirilgan joylar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lishi kerak va yo‘lning umumiy kengligi 6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. (3.2-rasm).
Yuk ko‘taruvchanligi 25...30 t va undan ortiq bo‘lgan og‘ir mashinalar qo‘llanilganda, yo‘lning transport yuradigan qismining kengligi 8 m gacha kengaytiriladi. Agar qurilish maydoniga yirik gabaritli va uzun o‘lchovli yuklar yetkaziladigan bo‘lsa yo‘llar kengligi qo‘shimcha oshirilishi mumkin.
Yo‘llarni qayrilish radiusi alohida mashina va avtopoyezdlarning manevr qilish imkonlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning orqaga yurmay oldinga harakat qilgandagi aylanaolishligidan kelib chiqadi. Odatda minimal qayrilish radiusi 15m qabul qilinadi, usha yerda yo‘lni yurar qismini kengligi oshiriladi – yo‘l kengligi 3.5 m bo‘lganda qayrilishida 5m bo‘ladi.
Konstruktiv jihatdan avtomobil yo‘llari yer ko‘tarmasi va yo‘l qoplamasi qismlaridan iborat. Yer usti suvlarini qochirish uchun yo‘llarni to‘g‘ri bo‘laklarida ikki taraflama nishablik, egri chiziqli bo‘laklarida bir tomonlama nishablik hosil qilinadi.
Yo‘l qoplamasi bir necha qatlamlardan iborat – to‘shaladigan qo‘mli qatlam, yuk ko‘taruvchi zamin (shebenkali, betonli, temirbetonli) va qoplama. Qurilish maydonida qurilish davrida bo‘ladigan xarajatlarni kamaytirish uchun doimiy yo‘llar yuqori qoplamasiz barpo etiladi. Faqat yo‘lning pastki qatlamlari barpo etilib temir betonli yo‘l plitalaridan vaqtinchalik qoplama hosil qilinadi. Asosiy qoplama bu holatda ob’yekt topshirilishidan oldin qoplanadi.
Temirbeton yo‘l plitalari sifatida plandagi ko‘rinishi to‘g‘riburchakli yoki ponasimon plitalar qo‘llaniladi.( 3.3-rasm).

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish