Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Gruntning olinadigan unumdor qatlami



Download 4,86 Mb.
bet21/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

Gruntning olinadigan unumdor qatlami qurilish maydonida buldozer va avtogreyder yordamida kesilib, maxsus ajratilgan joyga ko‘chiriladi va keyin ishlatish uchun joylashtiriladi. Ayrim payt ularni boshqa maydonlarni ko‘klamzorlashtirish uchun olib borishadi. Unumdor qatlam bilan ishlagan paytda uni pastki qatlam bilan aralashuvidan, ifloslanishidan, yuvilishidan va shamolda nurashidan asrash kerak. Qish sharoitida unumdor qatlamni faqatgina loyihada kerakli asoslanish mavjud bo‘lganda olinishi mumkin.
Binolar, inshootlar va ularning poydevorlarini buzish ularni qismlarga ajratib (keyin demontaj qilish uchun) yoki yiqitish bilan bajariladi. Yog‘och binolar qismlarga bo‘linib, keyin yaroqsizlari boshqa maqsadda foydalanish uchun ajratib tashlanadi.
Yig‘ma temirbetonli binolar (konstruksiyalar) montaj sxemasiga teskari bo‘lgan buzish sxemasi bilan ajratiladi. Demontaj boshlanishidan oldin element bog‘lamalardan ajratiladi. Qismlarga ajratilayotganda har bir yig‘ma element oldin bo‘shatilishi va to‘rg‘un holatni egallashi kerak. Elementlab qismlarga ajratilmaydigan yig‘ma elementlar monolit konstruksiya kabi bulaklarga bulinib ajratiladi.
Monolit va metall konstruksiyalar, konstruksiyani to‘rg‘unligini ta’minlovchi maxsus ishlab chiqilgan buzish sxemasi asosida ajratiladi. Ajratish bloklarini qismlarga ajratish armaturani ochishdan boshlanadi. Keyin blok mahkamlanib armaturasi kesiladi, blok otboyka bolg‘asi yoki boshqa vosita va mexanizmlar yordamida qismlarga ajratiladi. Metall elementlar bo‘shatilgandan so‘ng kesiladi. Ajratiladigan temirbetonli blokni yoki metall elementni eng katta massasi kranni eng katta qo‘lochidagi yuk ko‘taruvchanligini yarmisidan oshmasligi kerak.
Bino va inshootlarni, shuningdek, barcha g‘isht-toshlilarni buzish ekskavatorga o‘rnatilgan osma jihoz – shar-bolg‘a, qoziq-baba, otboyka bolg‘alar yordamida yiqitib bo‘ziladi. Binoni bo‘laklari buldozer yordamida chetga so‘riladi yoki transport vositasiga ortiladi. Binolarning vertikal qismlarini bo‘laklari atrofga sochilmasligi uchun binoni ichkarisiga qarab bo‘ziladi. Ayrim hollarda qulatish portlatish usuli bilan ham amalga oshiriladi.
Mavjud muhandislik tarmoqlarini o‘zib qo‘yish yoki maydondan ko‘chirish qurilish maydonini tayyorlashning eng muhim va majburiy elementidir. Ayrim hollarda tayyorlanayotgan qurilish maydonida na faqat lokal(mahalliy) tarmoqlar, hatto magistral tarmoqlariga tegishli elektrota’minot, suvquvurlari, fekal va yog‘in kanalizatsiyasi, gazquvurlar, issiqta’minot, telefonizatsiya va teleko‘rsatuv tarmoqlari joylashgan bo‘lishi mumkin. Bu hollarda qurilish boshlangunga qadar yuqorida aytib o‘tilgan tarmoqlar qurilish maydonidan tashqariga chiqarilib, magistral tarmoqlarni o‘zluksiz ishlashini ta’minlash uchun qaytadan o‘rnatilishi kerak.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish