Bino va inshootlar


-Amalyot mavzu: Konstruktivelementlarning montaj



Download 24,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/153
Sana16.04.2022
Hajmi24,05 Mb.
#555953
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153
Bog'liq
УМК ГЕДРОТЕХНИКА

7-Amalyot mavzu: Konstruktivelementlarning montaj
tarxlarini ishlab chiqish.
Reja:
1.
To‘sinli qavatlararo yopmalarning konstruktiv echimlari.
2.
YOg‘och to‘sinli qavatlararo ora yopmalar.
Tayanch iboralar:
YOg‘och to‘sinli qavatlararo ora yopma, To‘sinlar,
parketli pol, to‘sinning chirishga qarshi ishlov berilgan qismi, ikki qavat
tol,po‘lat nakladka.
Qavatlararo ora yopmalarda yuklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri devor va xariga
uzatuvchi ko‘taruvchi elementlar temir-beton, yog‘och va po‘lat to‘sinli
bo‘lishi mumkin. Po‘lat to‘sinli qavatlararo yopmalar ishlatish hozirgi
qurilishlarda juda ham cheklangan.
YOg‘och to‘sinli qavatlararo ora yopmalar
YOg‘och mahalliy qurilish materiali hisoblangan rayonlarda kam qavatli
bino qurilishida yog‘ochli qavatlararo ora yopmalar ishlatiladi. Ora yopmaning
bu turi oddiy va arzon hisoblanadi. Bunday ora yopmalarning kamchiligi
yonuvchanligi, chirishga moyilligi va unchalik mustahkam emasligidadir.


152
1-rasm. YOg‘och to‘sinli qavatlararo ora yopma konstruksiyasi:
1 – 40x50 mm kesimli yog‘och g‘o‘la; 2 – to‘sin; 3 – parket; 4 – ostki pol; 5 –
laga; 6 – quruq suvoq;
7– nakat (yonma-yon qoqilgan taxta); 8 – loy
qatlam; 9 – izolyasiya qumi.
YOg‘och ora yopmalar ko‘taruvchi yog‘och konsturksiya – to‘sindan, to‘sin
oralig‘i to‘ldirgichlaridan, pol konstruksiyasidan va ship pardoz qatlamidan
iborat bo‘ladi. To‘sinlar ko‘pincha kesimi to‘g‘ri burchakli g‘o‘la shaklida
tayyorlanadi. Ko‘pincha to‘sin qalinligi 180, 150, 180 va 200 mm, eni 75 va
100 mm ga teng qilib olinadi. YOg‘och to‘sinlar oralig‘i odatda 600 mm dan
1000 mm gacha olinadi (1-rasm).
To‘sinlar orasi to‘ldirgichlarining tayanishi uchun to‘sinning yon tomonlariga
ko‘ndalang kesimi 40x50 mm bo‘lgan yog‘och g‘o‘lalar qoqiladi. To‘sin
uchlari g‘isht devorlardagi maxsus qoldirilgan tokchalarga 150-180 mm
uzunlikda ilintiriladi. Bunda to‘sin uchi g‘isht devorlarga tegib turmasligi va
namligi qurishi uchun 30 mm kenglikga tirqish qoldiriladi. To‘sin uchiga
chirishga qarshi 3% li natriy ftorid eritmasi shimdiriladi va yon tomoniga issiq
bitum yordamida 2 qavat tol elimlanadi. Bikirlik va ustivorlikni oshirish
maqsadida to‘sin uchlari tashqi ko‘taruvchi devorga ankerlar yordamida
mahkamlanadi. Bunday po‘lat anker bir uchi bilan to‘singa maxkamlanib,
ikkinchi uchi esa devorni terishda g‘isht orasida qoldirib yuboriladi (2-rasm).


153
2-rasm. YOg‘och to‘sinlarni g‘ishtin devorga ilintirish.
1 – to‘sinning chirishga qarshi ishlov berilgan qismi;
2 – anker;
3 – loy bilan to‘ldirilgan qismi;
4 – saqich (bitum) bilan 2 qavat rubroid yopishtirilgan qismi;
5 –mix;
6 – ikki qavat tol;
7 – po‘lat nakladka (50-60mm).
Ichki devorga ilingan to‘sinlar orasidagi tirqish yong‘inga qarshi va tovush
o‘tkazmaydigan bo‘lishi uchun qorishma bilan to‘ldiriladi.
To‘sinlar oralig‘idagi yonma-yon qoqilgan taxta (nakat) ustidan 20-30
mm qalinlikda qum-tuproq qorishmasi yozib chiqiladi va ustidan tovush
o‘tkazmaydigan shlak qumi bilan to‘ldiriladi. CHordov va podval usti qavatlar
ora yopmasi ustidan issiqlik o‘tkazmaydigan shag‘al (keramzit, shlak va b.)
to‘kiladi. Uning qalinligi teplotexnik hisoblar yordamida aniqlanadi.
YOg‘och qavatlararo ora yopma ustidan o‘rnatilgan pol konstruksiyasi
(laga) oraliqlari 600-700 mm bo‘lib, to‘singa ko‘ndalang yotqiziladi va ularga
randalab tekislangan shpuntli taxtalardan to‘shama mixlar yordamida qotiriladi.
Agar pol parketli bo‘lsa, u xolda taxta to‘shama randalanmagan
taxtalardan iborat bo‘ladi. Laga xonaning pol osti qismida xavo qatlami hosil
qilib, u xona burchagida joylashgan ventilyasiya teshigi orqali xona xavosi
bilan qo‘shilib turadi. Ko‘pchilik xollarda qavatlararo yopma qalinligini
kamaytirish uchun lagalar qo‘yilmasdan, pol to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘taruvchi
to‘sinlarga qo‘yiladi, ammo bunday xollarda tovush izolyasiyasi yomonlashadi.


154

Download 24,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish