1-Ma’ruza: Zilzilaviy hududlarda turar-joy va jamoat binolarini loyihalash.
Reja:
1. Zilzilaviy hududlarda binolarni loyihalash asoslari.
2. Zilzilaviyligi 7,8,9 balli hududlarda quriladigan binolar.
3. Zilzilaviy hududlarda binoning poydevorlarini loyihalash.
Tayanch iboralar:
Zilzilaviy hududlarda foydalaniladigan binolar, Binolarni hajmiy-
rejalash, konstruktiv echimlarini, qurilish materiallari va konstruksiyalarini tanlash,
Zilzilaviy tumanlar uchun binolarni loyihalash.
Zilzilaviy tumanlar uchun binolarni loyihalashda shu tumanlar uchun maxsus
ishlab chiqilgan bir tipdagi yig‘ma konstruksiyalardan foydalanish zarur.Zilzilaviy
hududlarda foydalaniladigan binolar, xuddi zilzila kam bo‘ladigan hududlardagidek
zilzila bo‘lgunga qadar kuchlanish holatida turadi, shuning uchun ham ular umumiy
qurilish normasiga muvofiq ravishda foydalanishning hamma talablariga javob berishi
kerak. Faqat zilzila boshlangan paytda, ya’ni binoga qo‘shimcha tashqi kuch tasir
etayotgandagina, binoni loyihalashda mo‘ljallangan mustahkamlik zahirasi ishga
tushadi. Demak, binoning yuk ko‘tarish qobiliyati ekspluatatsiya va zilzila natijasida
paydo bo‘ladigan zo‘riqishlar tasiri holatiga mo‘ljallab loyihalangan bo‘lishi zarur.
Binolarni hajmiy-rejalash, konstruktiv echimlarini, qurilish materiallari va
konstruksiyalarini tanash, alohida konstruktiv echimlarini loyihalashda va qurishda
normativ hujjat talablariga, asosiy qurilish materiallarini tejamli ishlatish bo‘yicha
texnik qoidalar, shuningdek QMQ 2.01.03-96 ning “Zilzilaviy hududda qurilish”
meyoriy qoidasi bo‘yicha tanlash kerak.
Zilzilaviyligi 7,8,9 balli hududlarda quriladigan binolar uchun maxsus talablar
joriy qilinadi.
YUqorida qayd qilingan binolarni loyihalashda quyidagilarga amal qilish zarur:
- seysmik zo‘riqishning eng kichik qiymatlarini taminlaydigan materiallar,
konstruksiyalar, sxemalar qollash;
- odatda konstruksiyalarning mustahkamligi va og’irligi teng taqsimlangan
holda simmetrik konstruktiv sxemalarni qabul qilish kerak. Rejada to‘g‘ri burchakli
parallel joylashgan oraliqlarning balandliklarini bir xil loyihalash tavsiya etiladi;
- yig‘ma elementli binolar tutashgan joylarini kuchlanishlar mintaqasidan
tashqariroqda joylashtirish, konstruksiyalarning yaxlitliligini va bir jinsliligini yig‘ma
yirik elementlarni qo‘llagan holda taminlash kerak;
- ko‘p qavatli binolarda chiziqli elementlardan tuzilgan yig‘ma karkaslarda
to‘sinlarni ustunlar bilan birlashtirish, ularning o‘zaro ulangan joylarida
mustahkamlikni taminlash kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |