11-12
MAVZU
DEVORI G„ISHTLI BINOLARNI BARPO ETISH
Ma‟ruzani olib borish texnologiyasi (mashg„ulot modeli)
O‘quv soati – 4 soat
Talabalar soni: 70-90 ta
O‘quv mashg‘ulot shakli
Ma‘ruza
Ma’ruza rejasi
1. Devori g‗ishtli binolarni barpo etish va umumiy qoidalar.
2. G‗ishtli devorlarni barpo etishni tashkil etish.
3. Montaj va g‗isht-tosh ishlarini oqim usulida bajarish, qish
sharoitida g‗ishtli konstruksiyalarni barpo etish
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
Devori g‗ishtli binolarni barpo etish va umumiy qoidalar,g‗ishtli
devorlarni barpo etishni tashkil etish,montaj va g‗isht-tosh ishlarini oqim usulida bajarish, qish
sharoitida g‗ishtli konstruksiyalarni barpo etish to‗g‗risida bilimga ega bo‗lishdan iborat.
Tayanch iboralar:
To‗suvchi devor, g‗ishtli devor, yuk ko‗taruvchi, o‗zini-o‗zi ko‗taradigan,
osma
devorlar,
differensial
(
aloxida)
usul,
majmuali
(birgalikdagi)
usul,
aralash
(kombinatsiyalashgan) usul, majmuali brigada, qamrov, bo‗linma,
yarus, bir qamrovli sistemasi, ikki qamrovli sistema, uch qamrovli sistema
oqim-xalqali usul.
2-ilova
1.Baland binolarni barpo etish. Umumiy qoidalar.
To‗suvchi devor sifatida sun‘iy va tabiiy toshlar keng qo‗llaniladi. Bu xom ashyolar
zaxirasini ko‗pligi va tosh konstruksiyalarni bir qator quyidagi ijobiy ekspluatatsion xususiyatlari bilan
bog‗liqdir: chidamlilik, mustaxkamlik tavsifi, ob-xavo ta‘siriga va olovga chidamliligi, amalda turli
ko‗rinishdagi bino va inshootlarni barpo eta olish mumkinligi.
G‗ishtli devorlar xonalarning yuqori darajada germetizatsiyasini issiqdan asrash va tovushdan
izolyasiya qilishni ta‘minlaydi. G‗isht me‘moriy nuqtai nazardan shahar massivlarini umumiy
ko‗rinishini yanada ko‗rkamlashtiradi. Bundan tashqari, g‗ishtli uylar issiq, yozda esa eng shinamdir.
G‗ishtlar, ichki va tashqi yuk ko‗taruvchi devorlarni va pardevorlarni, lift shaxtalari, ustunlarni, zina
xona devorlari va hokazolarni barpo etishda keng foydalaniladi.
Ko‗p qavatli karkasli binolarda g‗ishtli tashqi devorlar
yuk ko‘taruvchi
– ora yopmalardan
gorizontal kuchlanishlarni qabul qiladigan;
o‘zini-o‘zi ko‘taradigan(to‘suvchi)
– temir yoki temirbeton
karkasga maxkamlangan va faqat o‗zini massasini ko‗taradigan va
osma
– o‗rama to‗singa yoki lentali
oynalarni ustiga tayanadigan bo‗lishi mumkin. Osma devorlarda g‗isht terimi faqat me‘moriy
maqsadga ega bo‗lib, original va ko‗rimlili
fasad yaratishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |