Bino va inshootlar qurilishi


Guruhli konduktorlar qo„llanilganda konstruksiyalar montaji



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Guruhli konduktorlar qo„llanilganda konstruksiyalar montaji 
Guruhli konduktorlar mavjud bo‗lganda montaj kompleks sxema bo‗yicha bajariladi (9.2-
rasm). Har bir yacheykada karkasning barcha elementlari ketma-ket o‗rnatilib, to‗g‗rilanib va 
mahkamlanib bo‗lgach konduktorlar keyingi turib-to‗xtash joyiga o‗tkaziladi. 


9.2- rasm. To‗rtta ustun uchun guruhli konduktor: 
1 – orayopmalar; 2, 3 – konduktor xomutlari; 4, 7 – ustunlar; 5 – konduktor; 6 – ehtiyotlik 
to‗sig‗i; 8 – pastki ustunning kallagi (boshi); 9 – ishchilar uchun to‗shama. 
Ustunlarni o‗rnatilgandan so‗ng xomutlar bilan mahkamlanib, oldin nuqtaviy payvandlanadi, 
rigellar o‗rnatilib ularni ustun bilan tutashuvlari payvandlanadi, tirgovich plitalar o‗rnatilib rigelning
qo‗yma detallari bilan payvandlanadi, ustunlarni balandligi bo‗yicha tutashuv joylari payvandlanadi, 
asosiy orayopma plitalar o‗rnatiladi va payvandlanadi (konduktorsiz yacheykada). Bu ishlarni 
hammasini guruhli konduktorni to‗shamasidan turib bajariladi. 
Ko‗p qavatli ustunlarni vaqtinchalik mahkamlash va to‗g‗rilash uchun eng oddiy uskuna 
sifatida tirgak (podkos) va qisqich (strubnitsa) lardan iborat bo‗lgan konstruksiya asosida xomutlar 
bilan sharnirli bog‗langan 
yotiq-bog‘lovchi
sistema xizmat qiladi. Uzaro perpendikulyar tekisliklarda 
joylashgan bunaqa sistemalar konstruksiyalarni to‗g‗rilashni juda yuqori aniqlikda bajarilishini 
ta‘minlaydi. 
Ko‗p qavatli binolarni temirbeton konstruksiyalarini montaj qilish uchun tekis va fazoviy 
konduktorlar ko‗rinishidagi fazoviy konduktor-bog‗lovchili sistemalar qo‗llaniladi. Tekis ramalar 
ramalar montajida qo‗llaniladi. Qo‗llaniladigan konduktor juda aniq (qat‘iy) ravishda loyiha holatiga 
o‗rnatilib va rama o‗rnatilishi uchun asos bo‗lib xizmat qiladigan fazoviy konstruksiyadir. 
Guruhli konduktorlar karkasda 6x6 m to‗rda joylashgan, uzunligi 18 m gacha bo‗lgan 
ustunlarni, yig‗ish uchun mo‗ljallangan. U to‗rtta poyadan iborat bo‗lib ular bir-biri bilan to‗rt sathda 
ferma shaklidagi kamarlar bilan bog‗langan. Konduktor aylanma maydonchalar, shuningdek 
halqasimon so‗rilarga bilan jihozlangan bo‗lib, ular ikki qavat rigellarini o‗rnatish va payvandlanish 
ishlarini qulay va xavfsiz bajarilishini ta‘minlaydi. Bundan tashqari konduktor poyalarida ikki qator 
xomutlar mahkamlangan. Pastki va yuqorigi qatorlar o‗rnatiladigan ustunni pasti va yuqorisini 
to‗g‗rilash va vaqtinchalik mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ustunni yuqori qismi taxminan ikkinchi 
qavatda mahkamlanadi. Konduktorda shuningdek tirgaklar bo‗lib u bilan oldingi montaj qilingan 
konstruksiyalarga mahkamlash uchun, xamda qisqichlar bo‗lib pardadevorlarni to‗g‗rilash va 
vaqtincha mahkamlash uchun xizmat qiladi. Konduktorning massasi 5 t atrofida.


Bir qavat balandlikka ega ustunlarni tutashuv joylarini oxirgi payvandlangandan keyin, 
guruhli konduktor orayopma yuzasi bo‗ylab keyingi yacheykaga ko‗chiriladi; qavat chegarasida 
konduktorni ko‗chirish chig‗ir yordamida bajariladi. Qavatdan-qavatga konduktor yig‗ilgan holatda 
minorali kran bilan ko‗tarib olib o‗tkaziladi. Agar ustunlar ikki qavatga loyihalangan bo‗lsa, bunda 
ham montaj guruhli konduktorlar yordamida kompleks sxema bo‗yicha bajariladi. 
Ishlarni uzluksiz oqimini ta‘minlash uchun montaj uskunalari komplekti to‗rtta guruhli 
konduktordan iborat bo‗lishi kerak. Bu holatda konstruksiyalarni o‗rnatish tartibi RSHI 
qo‗llanilganidek. Guruhli konduktorlarni qo‗llab karkasni montaj qilish quyidagi ketma-ketlikda: kran 
yordamida konduktor montaj qilinayotgan qavat orayopmasiga ustiga qo‗yiladi, yog‗och qistirmalarga 
o‗rnatilib, oldingi o‗rnatilgan konstruksiyalarga har birini oxirida ilgak va muftalarga ega to‗rtta 
tirgovich-tortqilar bilan mahkamlanadi. Ustunlar stakan poydevorlarga o‗rnatilganda, konduktorlar 
poydevorlarning montaj ilmog‗iga, agar orayopma ustiga o‗rnatilganda rigellarni montaj ilmog‗iga 
mahkamlanadi. 
Ustunlarni o‗rnatishdan avval ishchi maydonchalarni ish holatiga burib va pastki va yuqori 
xomutlar bilan birgalikda mahkamlab qotiriladi. Ustunni kran bilan pastdagi montaj qilish zonasiga 
uzatiladi, konduktorning ochiq xomutlari orasiga kirgiziladi, pastki ustunni ustiga yoki stakan 
poydevoriga tushiradilar va keyin xomutlar yopiladi. Ustun xomutning vintli qisqichlari bilan 
vaqtincha mahkamlanib, ilgaklardan bo‗shatiladi. Uni to‗g‗rilash ikki uzaro perpedikulyar o‗qlarda 
joylashgan teodolit yordamida bajariladi. Ustunlarni holati to‗g‗rilash jarayonida xomutdagi vintlar 
yordamida rostlanadi. Yuqori yarus rigel va orayopma plitalarini montaji, montaj qilingan qavatni 
konstruksiyalaridan, maxsus ko‗chma maydon-narvonlarda joylashgan ishchilar bilan bajariladi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish