Bino va inshootlar qurilishi


 – ilova  Konstruktiv sxemali binolar montaji



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

3 – ilova 
Konstruktiv sxemali binolar montaji 
Ko‗p qavatli sanoat binolari karkaslarini montajini karkasda P, N yoki SH shaklidagi 
ramalarini qo‗llash bilan osonlashtirish mumkin. U fazoviyelementlarbo‗lib, 2…3 ustuni, ular orasida 
rigel va rigelni konsollari bor. Karkas elementlarinibutariqaechimgaegaligitutashuv joylarini vamontaj 
elementlari soninikamaytiradi. Yig‗ma fazoviy konstruksiyalar bir yoki ikki qavatga tayyorlanadi, 
ularni tutashuv joylari qavatning 1/3 balandligi sathida, bir-biriga qulay birlashtiriladigan zonada 
joylashtiriladi. Ko‗rsatilgan konstruksiyalarni qo‗llanilganda bino karkasini montaj qilish qavatma-
qavat bajarilib, quyidagi ketma-ketlikda olib boriladi: temir-beton karkasni rama elementlari, 
pardadevor panellari, ventilyasiya bloklari, tirgovich elementlari, orayopma plitalari, va to‗suvchi 
konstruksiyalar montaj qilinadi. 
Balkasiz orayopmali binolarni montaj qilishda boshqa karkasli binolar montaji texnologiyasi 
kabi texnologiya qo‗llaniladi. Ammo karkasni ba‘zi konstruktiv xususiyatlari bo‗lgani uchun ishlarni 
olib borishda ma‘lum ketma-ketlikka rioya qilishni talab qiladi. 
Balkasiz karkasda ustunlar tagiga yaxlit betondan, ustun qadamlari 6 x 6 m stakan 
tipidagi poydevorlarqabul qilingan. Karkasning asosiy elementlari – kvadrat kesimga ega bir yoki ikki 
qavatga mo‗ljallangan ustunlar, ustunni yuqorisiga o‗rnatiladigan o‗rtasida teshigi bor kapitel, ikki 
yo‗nalish bo‗yicha kapitel ustiga o‗rnatiladigan ustun usti plitalari va oraliq plitalari. 
Karkas baquvvat kapitellar hisobiga katta bikirlikka egaligi bilan ajralib turadi. O‗z vaqtida 
yaxlit qilib betonlanganda bunday karkaslarni tashqi devorni g‗isht terish ishlaridan, ichki devorni 
terishdan va zina xonasidan tashqari yarus bo‗yicha yoki binoni butun balandligi bo‗yicha seksiyalab 
alohida montaj qilish mumkin bo‗ladi. 
Birinchi qavat 
ustunlari
stakanli poydevorlarga ponasimon tiqinlar yordamida o‗rnatiladi. 
Kesim yuzasi 400 x 400 va 500 x 500 mm bo‗lgan ustunlar uchun to‗rtta ponasimon tiqin, bundan 
katta ko‗ndalang kesimli ustunlarda oltita ponasimon tiqin ishlatiladi. Ustun bilan poydevor tutashuv 
joyimayda shag‗al yoki shcheben qo‗shib tayyorlangan 
markasi 300
ga teng beton quyilib, ichki 
vibratorlar bilan zichlanadi.


9.5 –rasm. To‗sinsiz orayopmalibinokarkasinimontajiningtexnologik 
ketma-ketligi: 
a – ustunlarni o‗rnatish; b – kapitellarni o‗rnatish; v – ustunlar oralig‗idagi va oraliq plitalarni 
o‗rnatish; g – konstruksiyalarni montaj qilish zonasi. 
Kapitellarni montaj qilish, poydevor va ustun tutashuv joylaridagi beton yozda 70%, qishda 
100% loyihaviy mutahkamlikka erishgandan so‗ng boshlanadi. Kapitellarni o‗rnatishdan oldin ustunni 
ikkala tomonidan (balandligi 4,8m gacha) ko‗chirma montaj maydonchalari o‗rnatiladi yoki qavatni 
balandligi katta bo‗lsa tayanib turadigan maydonchali narvonlar qo‗yib chiqiladi. Keyin kapitel to‗rt 
tarmoqlik stroplarga ilinadi, unga ikkita arqonli tortqilar ulanadi va kapitel kran bilan montaj qilish 
joyiga uzatiladi. Kapitel ustunni ustki tomonida 20…30sm balandlikda ushlab turilib kerakli joyga
arqon tortqilar yordamida yo‗naltiriladi va to‗g‗rilanib konsolga tegmaydigan qilib tushiriladi.
Keyinchalik kapitel ustun konsoliga chizilgan reja o‗qlar bo‗yicha yo‗naltirilib to‗g‗rilanib 
pastga tushiriladi va ilmoqlar bo‗shatiladi. Vaterpas(shayton, obtarozi) yoki nivelir yordamida 
kapitelni holati gorizontal bo‗ylab tekshiriladi. Loyihaviy holatga keltirilgandan keyin kapitel va ustun 
konsollari tutashuv joylari payvandlanadi, qo‗shimcha ravishda kapitelni va ustunni bog‗lovchi to‗rtta 
armaturali qoplama qo‗yib payvandlanadi. 
Ustun ustidagi plitalarni
o‗rnatishni, kapitelga chiqib, o‗q belgilarini kapitelga va plitalarga 
chizish va kerakli holatda armaturalarni chiqib turgan qismlarini to‗g‗rilab chiqish uchun narvon 
o‗rnatilishdan boshlanadi. Ustun ustidagi plitalar to‗rt ilmoqli strop bilan ilinadi va kapitel ustiga 
tayanish yuzasi uzunligini ta‘minlagan holda o‗rnatiladi. Keyin ilmoqlar ustun ustidagi plitalardan 
bo‗shatiladi va armaturalarni chiqib turgan qismlari payvandlanadi. Xudi shunday boshqa ustun 
ustidagi plitalar montaj zonasi chegarasida o‗rnatiladi. 
Oraliq plitalarni montaji barcha ustun tepasidagi orayopma plitalar montaj zonasida o‗rnatilib
bo‗lingandan va ularning tutashuvlari payvandlangandan keyin boshlanadi. Oraliq plitalarni ham to‗rt 
tarmoqli ilmoqlar bilan (strop bilan) ilintirib, oraliq va ustun ustidagi plitalar orasidagi tirqishlar bir 
xil bo‗lishini ta‘minlagan holda ustun ustidagi plitalarni qo‗yma detalini ustiga qo‗yiladi. Ilmoqlar 
bo‗shatilib tutashayotgan plitalarni armaturalarini chiqqan qismlari payvandlanadi. 
plastinkalar payvandlanadi.Keyin tayanch balkalari o‗rnatilib mahkamlanadi, ustun ilintirilib, 
o‗rnatish joyiga o‗zatiladi, pastda to‗rgan ustunni boshiga to‗shiriladi. CHizilgan chiziqlar 
birlashtiriladi, podkoslarni uchlari tayanch to‗sinlarga mahkamlanadi va ustunlarni vertikalligi (tikligi) 
podkoslar yordamida to‗g‗rilanadi. To‗g‗rilangandan so‗ng ustunni osti rixtalangan plastinkaga 
payvandlanadi va ustun ilmoqdan bo‗shatiladi. 
Ikkinchi qavatni qolgan konstruktiv elementlari, xuddi birinchi qavatni elementlari kabi 
montaj qilinadi.


To‗rtta ustunga muljallangan guruhli konduktorlar qo‗llanilganda ustunlar konduktorda plan
va vertikal bo‗ylab to‗g‗rilanadi. (9.6-rasm). O‗q belgi-chiziqlari bo‗yicha to‗g‗rilangan ustunni pastda 
turgan ustunni bosh qismiga qo‗ymaqismlari bilan payvandlanadi va kontur bo‗ylab tutashuv joylari 
beton bilan yaxlitlanadi. 
9.6 –rasm. To‗sinsiz orayopmalarni montaj qilish uchun konduktor: 
1 – kapitellarni to‗g‗rilash uchun vintlarning ishchi holatlari; 2 – ishchi maydonchalar; 3 – 
vintlarni bo‗sh holatlari; 4 – ustunlarni ko‗tarish uchun traversa; 5 – qaytarib (ko‗tarib) qo‗yiladigan 
maydoncha; 6 – mahkamlanmagan xomut; 7 – konduktor ramasi; 8 – mahkamlangan xomut. 
9.7 –rasm. Ko‗p qavatli balkasiz karkasli sanoat binosini montajini 
tashkil etish sxemasi: 
a – montaj maydonchasining plani; b – karkas montaji; 1 – avtomobil yo‗li; 2 – omborga 
joylashtirish zonasi; 3 – KB-674 rusumli kran; 4 – binoning karkasi; 5 – kran bilan yukni tashish 
zonasi; 6 – KB-573 krani; 7 – kotlovanga tushish yo‗li; 8 – guruhli konduktor. 
So‗ngra ustunga kapitel o‗rnatilib konduktor domkratlari yordamida to‗g‗rilanadi. Kapitelni 
va ustunni tutashuv joylari payvandlangandan so‗ng, konduktorni ishchi maydonchalaridan turib 
ustunni ustidagi plitalar o‗rnatilib qo‗yma detallari payvandlanadi. Konduktor kran 
bilanko‗taribko‗chirilgandan so‗ng, oraliqplitalari montaj qilinadi. Kapitelnitutashuv joylari 
keyingiyarusdagiustunlaro‗rnatilgandanva payvandlangandan so‗ng beton bilanyaxlitlanadi.
Ko‗pqavatlibalkasiz karkasli sanoatbinosinimontajini tashkil etish sxemasi 9.7 -
rasmdakeltirilgan. 
Ko‗pqavatlisanoatbinolarining
metall 
konstruksiyalarini
ham 
vertikal 
va 
hamdagorizontaloqimlarda 
montaj 
qilishmumkin. 
Birinchiholatdakranniko‗chirish 
keskin 
kamayadivauko‗proq qo‗llaniladi.

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish