Bino va inshootlar qurilishi


axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ulardan keng



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, ulardan keng 
foydalanish 
bo‗yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
 
Qurilish – mamlakatimiz xalq xo‗jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo‗lib, u asosiy 
fondlarning yangilarini va qayta tiklashni ta‘minlaydi. Kapital qurilishning ishlab chiqarishni barcha 
tarmoqlarining rivojlanishidagi, aholining yashash sharoitlari va moddiy farovonligini ko‗tarishdagi 
ahamiyati o‗ta muximdir. 
Xozirgi vaqtda qurilish soxasida kapital qo‗yilmalarning samaradorligini oshirish vazifasi 
turibdi. Bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirish tarmoqda ilg‗or energiya va resurs tejamkor 


texnologiyalarni olib kirish, qurilish ishlab chiqarish mexnat unumdorligini oshirish qurilish ishlarini 
bajarishning zamonaviy yangi ilg‗or va maqbul usul va uslublarini joriy qilishga bevosita bog‗liqdir.
«Bino inshootlar arxitekturasi va ularni barpo etish texnologiyasi» fani Menejment qurilishi 
yo‗nalishi bo‗yicha bakalavrlar tayyorlashda etakchi maxsus fan sifatida bilim beradi. 
Bu fanni o‗qitishdan maqsad qurilish, montaj va maxsus ishlarning ketma-ketligini bino va 
inshootlarning yuk ko‗taruvchi, to‗suvchi, pardozlash va boshqa konstruktiv elementlarini barpo 
etishni va kerakli xujjatlar va loyixalar bo‗yicha ishlay olishini o‗rgatishdir. 
Fanning nazariy, xisoblash va amaliy qonunlari ma‘ruza, hisoblash amaliy mashg‗ulotlarda 
kurs ishini (loyiha) bajarish, o‗quv va texnikaviy adabiyotlar yordamida mustaqil ta‘lim jarayonlarida 
o‗rganiladi.
« Bino inshootlar arxitekturasi va ularni barpo etish texnologiyasi » fani, «Qurilishni tashkil 
etish» va «Qurilish iqtisodiyoti» xamda maqsadli tayyorlash uchun fanlarni o‗rganishga asos bo‗lib 
xizmat qiladi. 
―Qurilish mashinalari‖ fani ―Nazariy mexanika‖, ―Materiallar qarshiligi‖, ―Suyuqlik va gaz 
mexanikasi‖, ―Elektrotexnika‖ va boshqa umumtexnika fanlariga asoslanadi. 
Bu fan ―Qurilish ishlab chiqarishi texnologiyasi‖, ―Bino va inshootlarni barpo etish 
texnologiyasi‖, ―Inson faoliyati havfsizligi‖, ―Qurilishni tashkil etish‖ va boshqa fanlarga asos bo‗lib 
xizmat qiladi. 
Jamiyat taraqqiyotida qurilish asosiy ishlab chiqarish sohalaridan biridir. Qurilish ishlab 
chiqarishining natijasida, tugallangan qurilish mahsuloti − funksional mo‗ljalga ega bo‗lgan bino va 
inshootlar yaratiladi. Bino va inshootlar konstruksiyalarining xilma-xilligi keng miqyosda qurilish 
texnologiyalarining yaratilishi va qo‗llanilishini taqoza qiladi.Har bir qurilish texnologiyasining
etakchi elementi bu − qurilish jarayonidir. 
Qurilish jarayonlarining nazariy va amaliy asoslari ―Qurilish jarayonlari texnologiyasi― fanida 
o‗rganiladi. Qurilish texnologiyalarining tarkibi va strukturasi ― Bino va inshootlarni barpo etish 
texnologiyasi‖ fanida ko‗rib chiqiladi. Bu fanni o‗rganish qurilish materiallari va buyumlari, bino va 
inshootlarning arxitektura-rejaviy echimlari, konstruktiv tizimlari, qurilishni tashkil etish va 
boshqarish, qurilish mashinalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi sohalarida 
o‗rganilgan ilmlarga asoslanadi. 
―Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi‖ fanida o‗rganiladigan qurilish 
texnologiyalari o‗z ichiga bino va inshootlarni yig‗ma, monolit, yig‗ma-monolit va g‗isht 
konstruksiyalardan 
barpo 
etishdagi 
texnologiyalarini 
oladi. 
Qurilish 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyalarining soni ko‗p, ular doimo yangilanib, taraqqiylashib rivojlanmoqda. Qurilish 
texnologiyalari 
mukammallanishining 
asosiy 
yo‗nalishlari 
resurstejamkorlik, 
qurilish 
texnologiyalarini moslashuvchanlik darajasini oshirish, ularning xavfsizligi, sifati, atrof-tabiat va 
ijtimoiy muhitga bo‗ladigan ta‘sirlarni kamaytirishdan iboratdir 
Bu darslikning o‗ziga xos xususiyatlaridan biri, unda zamonaviy bino va inshootlarni barpo 
etishning keng ko‗lamdagi sharoitlari ko‗rib chiqilgan. SHuningdek, zamonaviy qolip turlari va 
sistemalarining qo‗llanilishiga keng e‘tibor qaratilgan. 
Ushbu darslikda ―Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi‖ o‗quv kursining asosiy 
beshta bo‗limi ketma-ket ko‗rib chiqilgan: qurilish texnologiyalarining asosiy qoidalari; bino va 
inshootlarni er osti qismini barpo etishning o‗ziga xos xususiyatlari; bino va inshootlarni yig‗ma 
konstruksiyalardan barpo etish; binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning
tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish