osti va stropila fermalari o‗rnatilganda fermalarga plitalarini o‗rnatish uchun montaj kranidan
foydalanish qiyin bo‗ladi yoki imkoni bo‗lmaydi.
Kompleks usulda
barcha konstruksiyalarni o‗rnatish
bir oqimda olib boriladi, natijada
binoning to‗liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo‗ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun
front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi.
Montaj qilishning kompleks usuli konstruksiyalarni binoning har bir yacheykasida
kompleks o‗rnatishdan iborat va karkasining konstruksiyalari metalldan bo‗lgan binolar uchun
xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval to‗rtta
ustun montaj qilinadi, ularga darxol loyihaviy
holat ta‘minlanadi va ular orasida zarur bo‗ylama bog‗lanishlar o‗rnatiladi. Keyin ikkita kranosti
to‗sini o‗rnatiladi, stropilaosti fermasi montaj qilinadi. YAcheykani montaj qilish stropila
fermalarini progonlar va bog‗lanishlar bilan o‗rnatish, yopma elementlarni qo‗yish orqali
tugallanadi. Keyin konstruktiv elementlarni o‗rnatish ketma – ketligi saqlanadi,
lekin montaj
qilinadigan elementlar soni o‗zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli
konstruksiyalarning massalaridagi farq katta bo‗lganda qo‗llanish maqsadga muvofiq emas.
O‗z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan
aralash usulda
elementlarni o‗rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo‗l qo‗yiladi.
Yig‗ma temirbetonli bir qavatli sanoat binolari uchun xos bo‗lgan bu usul poydevorlar
stakanlarini, ustunlarini, kranosti to‗sinlarini,
devor panellarini, pardadevorlarini, deraza
panjarasini
alohida
o‗rnatishga va stropilaosti, stropila konstruksiyalarini, ustyopma panellarini
va ba‘zida kranosti to‗sinlarini
kompleks
usulda, yagona oqimda montaj qilishga imkon beradi.
6.1-rasm. Bino karkasini bo‗ylama (a) va ko‗ndalang (b) montaj qilish sxemasi
Usul asosan faqat yopma elementlarini montaj qilish uchun asosiy ikki sababga ko‗ra
aniqlanadi– strelasining qulochi ancha katta bo‗lganda mavjud montaj kranining yuk ko‗tarish
qobiliyati etarlicha bo‗lmaganda va bir qator ko‗ndalang yacheykalarni navbatdagi texnologik
jihozlarni montaj qilish va pardozlash ishlarini bajarish uchun tezda bo‗shatish zarurligi sababli
(8.2.-rasm).
Bo‘ylama
usulda bino alohida oraliqlar bo‗yicha ketma –
ket montaj qilinadi, bu esa
qisqa muddatlarda ularni texnologik uskunalarni montaj qilishga topshirishga imkon beradi.
Montaj qiluvchi kran montaj amalga oshirilayotgan yacheykadan tashqarida joylash adi va
ustyopma plitalarini montaj qilish montaj qilingan stropila konstruksiya ustidan olib boriladi.
Tomyopma plitasining fazoda kran strelasi bo‗ylab joylashganligi, nihoyatda ma‘qul emasdir.
6.2-rasm. Bir qavatli binolar ustyopmasielementlarini montaj qilishning turli
yo‗nalishlarida montaj qilish:
a - montaj qilishning ko‗ndalang usuli; b - montaj qilishning bo‗ylamausuli; 1 - ferma,
2 - tortqi (elementni montaj qilishdan oldin kuchaytirish); 3 – traversa; 4 – montaj qilinuvchi
element; 5 – montaj qiluvchi kran.
Ko‘ndalang
usulda kran oraliqlarda ko‗ndalang ravishda xarakatlanadi.
Bunday usul
asosan kransiz tizim binolarida ustunlar qadami 9 va 12 m bo‗lganda qo‗llanilishi afzaldir.
Montaj qiluvchi kran montaj yacheykasi ichida bo‗ladi, strela montaj qilinayotgan ustyopma
plitasiga ko‗ndalang joylanadi, demak, plitani osish nuqtasi streladan 6...9 m masofada emas,
balki bor yo‗g‗i 1...1,6 m masofada bo‗ladi. Ko‗ndalang montaj konstruksiyalarini bir vaqtda
turli yuk ko‗tarish qobiliyatiga ega ikkita kran bilan o‗rnatish imkoniyatini beradi.
Katta yuk
ko‗tarish imkoniyatiga ega birinchi kran ketma – ket fermalarni montaj qiladi. Kichik yuk
ko‗tarish qobiliyatiga ega boshqa kran ham oraliqlarga ko‗ndalang holda xarakatlanib,
plitalarni joylashtirishni amalga oshiradi. Montaj qilishni bunday tashkil etishda ishlarning
qiymati va davomiyligi ancha pasayadi.
Bu usul bino karkasida kranosti to‗sinlari mavjud bo‗lganda ham konstruksiyalarini
montaj qilishga imkon beradi.Montaj qilishning texnologik
kartasida bayon qilingan
elementlarni o‗rnatish ketma – ketligi bo‗yicha tavsiyalarga (fermalar, kranosti to‗sinlari,
ustyopma plitalari) qat‘iy amal qilish zarur.
6.3-rasm. Montaj qilish yo‗nalishlari har xil bo‗lganda elementlarni o‗rnatish ketm a –
ketligi:
a – bo‗ylama montaj; b – ko‗ndalang montaj.
Montaj qilishning ko‗ndalang usuli quyidagi hollarda qo‗llaniladi:
• binoni, uning barcha oraliqlarini o‗z ichiga qamrab oluvchi alohida seksiyalar tarzida
foydalanishga topshirishda;
• amal qilish radiusi katta bo‗lgan kranlar bilan montaj qilishda, shuning uchunkim har
bir to‗xtash joyidan to‗laroq foydalanish uchun;
• montaj kranlarini faqat ko‗ndalang yo‗nalishda xarakatlanishi zarur bo‗lganda yoki
maqsadga muvofiq bo‗lganda.
Kombinatsiyalangan
, ya‘ni bo‗ylama – ko‗ndalang usul ustunlarni bo‗ylama usulda
o‗rnatishga va tomyopmani kranning ko‗ndalang yurishida montaj qilishga asoslangan.
Ko‗ndalang montaj qilish ayniqsa 12 x 3 m va 24 x 3 m o‗lchamdagi ustyopma plitalarini va
montaj kranini tanlashga massasi hamda qulochi jiddiy ta‘sir ko‗rsatuvchi ―2T‖ uzun o‗lchovli
to‗shamalardan foydalanganda yanada tejamliroq bo‗lishi mumkin. Kranni ikkita montaj qilingan
fermalar orasiga joylashtirish hisobiga u strelasining kam qulochi bilan ishlaydi. Montaj qilish
yo‗nalishini tanlash ko‗p jihatdan barpo etilayotgan sanoat binosining texnologik
xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: