Vertikal proeksiyalash usuli yuqori qavatli (16 qavatdan yuqori) yoki qurilishni tor sharoitlarida
qo‗llaniladi. Uning uchun vertikal proeksiyalashni maxsus priborlari ishlatiladi. O‗qlarni qavatlarga
ko‗chiriladigan tayanch nuqtalari kolonna yoki panellar qatorining o‗qlarida emas, parallel siljitilgan bo‗ylama
va ko‗ndalang chiziqlarda joylashtiriladi.
Ko‗chiriladigan asosiy o‗qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‗liq. Yirik panelli binolar
uchun qamrovlar chegarasidagi ko‗ndalang o‗qlar va bir chetki bo‗ylama o‗q ko‗chiriladi. Karkasli binolarda
hamma bo‗ylama va ko‗ndalang o‗qlar ko‗chiriladi.
Har bir qavatda montaj gorizonti nivelir yordamida aniqlanadi. Karkasli binolarda kolonna bosh
qismini tayanch yuzasi, kran osti to‗sinlari o‗rnatiladigan konsollar, yirik panelli va monolit binolarda – ichki va
tashqi devor panellari o‗rnatiladigan erdagi panellar va qavatlararo yopmalarni yuzalari nivelirlanadi. Montaj
gorizonti sifatida eng baland no‗qtani raqamiy belgisi olinadi.Montaj gorizonti sathi mayaklar yordamida
tayyorlanadi.
Montaj gorizonti qo‗yidagi tartibda aniqlanadi. Panel (kolonna, bloklar) o‗rnatilish joylari
belgilangandan so‗ng mel yoki rangli qalam bilan mayaklar o‗rni belgilanadi ( kolonnalar uchun – nivelir
reykasini o‗rnatilish joyi) . Keyin nivelir qamrov tashqarisiga o‗rnatilib mayaklar uchun belgilangan joylar
nivelirlanadi va reykadagi sanoqlar yoziladi. Aniqlangan eng baland nuqta va montaj chokini minimal
qalinligini e‘tiborga olgan holda montaj gorizontini amaldagi sathini raqami aniqlanadi.
Uzunligi 100 m dan kam bo‗lgan binolarda bitta montaj gorizonti, bundan ham uzun bo‗lganda
umumiy gorizont sifatida deformatsion choklar orasidagi uchastka qabul qilinadi.
Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo‗lgan ustunlarni, kran osti to‗sinlarini va stropila
fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik nazorati reyka-shoqul yordamida amalga oshiriladi. YAnada
uzunroq kolonnalarni vertikalligi bir-biriga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda joylashgan ikkita teodolit
yordamida yuqori o‗q chizig‗i kolonnani pastki qismiga proeksiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna
pastki qismini o‗rnatishda rejalashtirish o‗qlaridagi chiziqlarga yoki montaj qilingan pastdagi kolonnalarning
o‗qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini vertikalligi tekshirilgandan so‗ng rigel, to‗sin va
fermalarga tayanch bo‗lib xizmat qiluvchi ularning konsoli va ko‗ndalang yuza qismi nivelirlanadi.
Kolonnalarni montaji va nivelirlashlari tugagandan so‗ng rigel , to‗sin va fermalar o‗rnatiladigan yuzalardagi
belgilarni o‗rni aniqlanadi. Nivelirlashni bajarishni soddaroq yo‗li qo‗yidagicha. Montaj qilishdan oldin erda
turgan kolonnani baland qismidan yoki konsolidan pastki qismiga qarab butun songa teng o‗lchov o‗lchanadi va
shu sathda bo‗yoq bilan gorizontal chiziq chizilib belgilanadi , undan kolonnani pastki qismiga qadar bo‗lgan
masofa 1.5 m dan ortiq bo‗lmasligi kerak.Kolonnalar o‗rnatilib bo‗lgandan so‗ng nivelirlashni shu pastgi
gorizont bo‗yicha oborish mumkin.
Montaj ishlarini har bir bosqichida montaj qilingan konstruksiyalarni rejalash o‗qlariga nisbatan
holatini hujjatli qayd qiladigan geodezik ijro etish sxemasi bajariladi. Bu yig‗ilib qolgan xatolarni e‘tiborga
olishni va yuqori qavatlar konstruksiyalari montajini holatini korrektirovka qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: