4.2. Territoriyani tozalash va tekislash
Territoriyani tozalash ishlari majmuasiga kiradi:
• yashil ko‗chatlarni ko‗chirish yoki himoya qilish;
• maydonni keraksiz daraxtlardan, butalardan tozalash, tunkalarni qazib olish;
• erni unumdor qatlamini ajratish;
• kerakmas binolarni buzish yoki ajratish;
• mavjud muhandislik tarmoqlarini o‗chirish (uzib qo‗yish) yoki maydondan ko‗chirish;
• qurilish maydonini birinchi bor tekislash.
Qurilish maydoni territoriyasini tayyorlash davrida ishlarni bajarishga xalaqit beruvchi aloqa va
elektruzatuv liniyalarini, erosti kommunikatsiyalari va boshqa inshootlarni ko‗chirish zaruriyati paydo bo‗ladi.
Bunday ko‗chirish oldin kelishilib keyin loyiha hujjatlariga kiritiladi, ko‗chirish jarayoni o‗zi ma‘sul tashkilotlar
bilan kelishilgan holda va ularning nazorati ostida amalga oshiriladi.
Yashil ko„chatlarni qayta ko„chirib ekish.
Atrof-mo‗hitni himoya qiladigan qonun quruvchilardan
tabiatni avaylab, o‗simliklarni asrashni talab qiladi. Ishlarga halaqit beruvchi bebaho daraxtlar va butalar qazib
olinib yangi joyga yoki qurilish maydoni territoriyasidagi himoya zonasiga ko‗chiriladi. Kesilmaydigan yoki
ko‗chirib bo‗lmaydigan yashil ko‗chatlar(daraxtlar) to‗siq bilan o‗rab olinadi, daraxtlar tanasi pilomaterial
chiqindilari bilan mumkin bo‗ladigan shikastlanishdan asranadi.
Maydonni kerakmas daraxtlardan tozalash
mexanik yoki elektr arralar, traktorlar yordamida
amalga oshiriladi. Sudrab-qazib oluvchi chig‗irli traktor yoki ag‗dargichi baland ko‗tarilgan buldozer
yordamida daraxtlar yiqitiladi va tunkasi qazib olinadi. Diametri 50 sm gacha bo‗lgan tunkalarni qazish uchun
usha chig‗irli traktorlar, buldozerlar, maxsus qazuvchi-yig‗uvchilar qo‗llaniladi. Ildiz tizimi ko‗chli rivojlangan
tunkalarni qazib olish uchun portlatish usulini qo‗llash mumkin.
Butaqirqqich gusenitsali traktorda osma va almashadigan asbob bo‗lib, uning yordamida territoriya
butalardan tozalanadi. Butaqirqqich ag‗dargich va pichoqdan iborat ramaga ega bo‗lib, ular yordamida butalar
va diametri 20 sm dan oshmagan kichik daraxtlarni kesadi.. Bu operatsiyalar uchun shuningdek ag‗dargichida
tish-yumshatgichi bor buldozer va qazuvchi-yig‗uvchilar qo‗llaniladi.
Territoriya tunka va daraxt tanalaridan tozalangandan so‗ng, tunka qazuvchi mashinalarni parallel
yurishi bilan o‗simlik qatlamidagi ildizlarni bo‗laklaridan tozalanadi. Ildizlar va daraxtlarni qoldiqlari
tozalangan territoriyadan yoqish yoki olib ketilishi uchun olib chiqiladi.
Qurilish maydoni yirik yumaloq toshlardan tozalangan bo‗lishi kerak. Kichik toshlar ekskavator
cho‗michiga (kovsh) sig‗adigan bo‗lsa transport vositalariga ortiladi, yiriklari buldozer yordamida ish
zonasidan tashqariga olib chiqiladi. Yirik toshlar joyida zaryadlar yordamida portlash usuli bilan bo‗laklarga
bo‗linishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |