Bog'liq Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Bir seksiyali taxlama tunnel qolip. Bunday ko‗rinishdagi tunnel qoliplarni ishlab
chiqarishdan maqsad, barcha rostlash (to‗g‗rilash) operatsiyalarini mexanizatsiyalash evaziga qo‗l
mehnati hissasini kelgusida qisqartirishdan iboratdir. Umuman olganda, bu qolipdan foydalanish
shunga asoslangan gorizontal panelning elastik deformatsiyasi qiymati hisobiga vertikal panelni
qolipdan ko‗chirish imkoniyatiga Yaqinlashtirishdir.
Qalinligi 3 mm bo‗lgan metall list bilan qoplangan vertikal shchitlar vertikal va gorizontal
qirralari (qobirg‗a) bo‗yicha bikirlikka ega, bunday bikir struktura vertikal shchitni yon qo‗shni
shchitlar bilan mahkamlashda balandligi bo‗yicha o‗rnatilgan ikkita vintli tortqi bilan chegaralanishga
imkoniyat beradi. SHchitlarning yuqorigi bikir qobirg‗asiga gorizontal yarim to‗sin mahkamlanadi,
qaysikim, u o‗z navbatida o‗zaro sharnirlar yordamida biriktirilgan bo‗lib, tunnel bo‗ylama o‗qi
bo‗yicha to‗g‗rilangan. Tunnelni butun oralig‗i bo‗yicha yopgan qolipning gorizontal paneli
tirgaklarga emas, shu yarim to‗sinlarga tayanadi.
Gorizontal panel vertikal panellar bilan paz (o‗yiq)larida tutashtiriladi va muayyan holatda
boltlar bilan mahkamlanadi. Bu holatda u betonlashda va beton boshlang‗ich mustahkamligini
olgunicha turadi. Qolipni ajratishda ikki gorizontal yarim to‗sinlarni tutashtiruvchi markaziy sharnir
tirgaklarni cho‗zilishi ta‘sirida tushiriladi, bu vaqtda gorizontal shchitda sinusoidal deformatsiya ro‗y
beradi. Vertikal shchitlar ham o‗zaro shatundagi tortqilar bilan birlashtirilgan, shuningdek, qolipni
ajratuvchi va kerakli sathga ko‗taruvchi rolik hamda rolikli g‗ildirak bilan jihozlangan. Bir seksiyali
tunnel qolip gidravlik uzatma orqali avtomatik ravishda qoliplash jarayonlarini bajarish uchun ish
holatiga keltiriladi. Qolipdan ajratish jarayoni ham bitta umumiy elektrik nasos bilan boshqariladigan,
bir vaqtda ishlaydigan domkratlar yordamida avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Domkratlar bir
vaqtning o‗zida tirgaklarni shatunlariga, tortqilarga va ko‗taruvchi roliklarni halqalariga ta‘sir etuvchi
qattiq val orqali harakatga keladi.
Oralig‗i 6 m va uzunligi 5 m bo‗lgan tunnellar uchun tunnelning har bir tomonidagi hamma
to‗rtta tirgaklarni va ikkita tortqihamda to‗rtta ko‗taruvchi qurilmalarni harakatga keltirish uchun ikkita
(har tomoniga bittadan) gidravlik domkrat etarli. Seksiyalarni bitta qolip to‗plamida birlashtirish faqat
ajratilgan holatdagina bajariladi. Ketma-ket quyidagi operatsiyalar bajariladi:
• kerakli uzunlikdagi tirgak va tortqilarvintli domkratlar yordamida o‗rnatiladi;
• qolip kerakli balandlikka domkratlar yordamida chiqariladi;
• gorizontal shchitni qoliplash sirti gorizontal yarim to‗sinlar orasida joylashgan zulfin
qurilma bilan tortiladi.
Tunnel qolip rolikli g‗ildirakda yoki maxsus rulda boshqariladigan qurilma yordamida
suriladi.
Taxlama tunnel qolip ortki panel va sharnirga qo‗yilgan qo‗shimcha chiqarma bilan
jihozlanishi mumkin. SHu konstruksiyaning devor shchiti yoki tunnelni vertikal paneli yordamida
binoning yon tomonidagi va fasadidagi tashqi devorni, shuningdek, lift shaxtasi devorini ham bir
vaqtda betonlash mumkin.
Tunnel qolip betonlangan yacheykadan stroplarga yoki balansirga ilintirib chiqarib olinadi.
Tunnel qolip kichik o‗lchamli tashqi vibrator (titratkich)lar va inventar isitish qurilmalari bilan
jihozlanishi mumkin, bu esa har qanday ob-havo sharoitida beton ishlarini bajarishga imkon yaratadi.
Tunnel inshootinimexanik yoki noto‗liq avtomatlashtirilgan variantda barpo etish ko‗p qo‗l
mehnatini talab qiladi. Bunday hollarda, tunnel qolipni ajratishdagi ko‗tarish va tushirish jarayonlari
vertikal panelning asosiga o‗rnatilgan dastaki vintli domkratlar yordamida amalga oshiriladi.